Getting the balance right: gender equality in ... - unesdoc - Unesco

2 downloads 604 Views 1MB Size Report
axborot va tahlil yo'nalishida faoliyati yetarli qadrlanmayotir, kasb-u kori orqali muayyan marralarga yetish imkoniyati
ISBN 978-9943-4447-5-1 Tashkent, 2016 Original: Uzbek

YUNESKONING O‘ZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI

YA.MAMATOVA, S.SULAYMANOVA

OLTIN O‘RTALIK SARI: O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida gender munosabatlari O‘quv qo‘llanma

Toshkent-2015 ISBN 978-9943-4447-5-1

Ya.Mamatova, S.Sulaymanova, tuzuvchilar. Oltin o‘rtalik sari: O‘zbekiston OAVda gender munosabatlari. O‘quv qo‘llanma.- T. Taqrizchilar: O‘zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirish, fuqarolik jamiyati, kuchli huquqiy davlat barpo etish jarayonida inson huquqlari va manfatlarini himoya qilish, erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalasi kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston OAV faoliyatida gender munosabatlari mazmuni, tahririyatlardagi mavjud gender vaziyati, ayol-jurnalistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, matbuot, televideniye, radio hamda Internet-jurnalistika materiallarida gender ziddiyatlar va stereotiplar, respublikamiz xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati tahliliga bag‘ishlangan. Mamlakatimiz OAVning bu boradagi faoliyatiga xorijiy OAV tajribasiga tayangan holda baho berilgan. Qo‘llanma amaliyotchi-jurnalistlar, OO‘YU jurnalistika fakultetlari magistratura va bakalavriyat talabalari, OAV va ommaviy kommunikatsiya sohasi tadqiqotchilari, jurnalist kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi tinglovchilari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma O‘zR OO‘MTVning Muvofiqlashtiruvchi kengashida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (2015-yil “___”_________ dagi ......... -sonli bayonnomasi). Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan, ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkiloti tomonidan …..-yilda nashr etildi. 7, Place de Fontenoy, 75352 Paris 07 SP,France va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi. O‘zbekiston,100037, Toshkent sh.,Ergashev ko‘chasi,9. Mazkur nashr Attribution-ShareAlike 3.0 IGO (CC-BY-SA 3.0 IGO) litsenziyasi ostida erkin (http://creativecommons.org/licenses/by-sa/3.0/igo/) foydalanish uchun mavjud. Ushbu nashrdan foydalanuvchilar YUNESKO kutubxonasidan erkin foydalanish qoidalariga rioya qilishlari shart (www.unesco.org/open-access/terms-use-ccbysa-rus). Ushbu nashr YUNESKO tomonidan 2009-yilda chop etilgan “Oltin oraliqni ko‘zlab: jurnalistikada gender tengligi” o‘quv qo‘llanmasi”ning lokallashtirilgan ko‘rinishi. Mazkur nashrda keltirilgan nomlar va berilgan ma‘lumotlar, biror bir mamlakatning huquqiy maqomi, hududi, chegaralari, shahar va tumanlari yoki ularning tegishli boshqaruv organlariga nisbatan fikr-mulohazalar YUNESKOning nuqtai nazarini ifoda etmaydi.

Ifoda etilgan fikr va qarashlarga tuzuvchilar mas’uldir. Ularning nuqtai nazari YUNESKOning rasmiy pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin hamda Tashkilotga hech qanday majburiyat yuklamaydi. Mazkur nashr YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasining “O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida Estoniya Respublikasi va Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonalari moliyaviy ko‘magida chop etildi. ISBN 978-9943-4447-5-1 © Издательство «Extremum-press», 2016 г. © Я. Маматова, С. Сулайманова, 2016 г. © UNESCO 2016

MUNDARIJA bet

SO‘ZBOSHI ………………………………………………………………… MUQADDIMA......................................................................................................

MUNDARIJA bet

SO‘ZBOSHI ………………………………………………………………… MUQADDIMA...................................................................................................... KIRISH ............................................................................................... . . . . . . . . 1-bob. Ayollar ommaviy axborot vositalari va ayol jurnalistlar: xorijiy va milliy tajriba . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . 2-bob.O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida gender stereotiplari............................................................................................. 3-bob. O‘zbekiston xotin-qizlarining turli jamoat uyushmalaridagi ishtiroki........................................................... . . . . . . . . . . . . 4- bob: Manba va manzillar................................................................ Xulosa............................................................................................................ Glossariy. . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Ilovalar .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

SO‘Z BOSHI Gender tengligi YUNESKOning 2008-2013-yillarga mo‘ljallangan O‘rta muddat Strategiyasida ikki global ustuvor maqsaddan biri sifatida belgilangach, mazkur dolzarb masala tashkilot strategik faoliyatining eng qizg‘in jabhasiga aylandi. Mazkur ustuvor maqsadga erishish uchun ikki jihatga: gender bo‘yicha dasturlar va YUNESKO vakolatiga kiruvchi ta’lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va axborot kabi barcha sohalarga – strategik taraqqiyot, xabardorlikni oshirish, himoya va tadqiqotlardan tortib, ilmiy salohiyatni o‘stirish va ta’lim jabhalariga qadar – gender tengligi strategiyasini tatbiq etishga e’tibor qaratiladi. YUNESKO ushbu dolzarb maqsadga sodiq qolib, O‘rta muddat Strategiyasiga ilova sifatida o‘zining Gender tengligi bo‘yicha 2008-2013-yillarga mo‘ljallangan ustuvor Harakatlar Rejasini ishlab chiqdi. Mazkur reja O‘rta muddat Strategiyasida ko‘zda tutilgan olti yil davomida YUNESKOning gender tengligi bo‘yicha ezgu g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda – amaliy va samarali faoliyatda yo‘l xaritasi vazifasini o‘taydi. YUNESKO odamlarni jinsiy mansubligiga ko‘ra kamsitishning har qanday shakllarini inson huquqlari buzilishi hamda tinchlik, barqaror taraqqiyot va xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan rivojlanish marralariga yetish yo‘lida ulkan g‘ov deb biladi. BMTning Ayollar ahvoli bo‘yicha IV umumjahon anjumanida (1995-yil 4-15sentabr) bir ovozdan ma’qullangan Pekin Deklaratsiyasi hamda Harakat Platformasi hamisha e’tiborimizda. Deklaratsiyada muammoli boshqa jabhalar qatori ommaviy axborot vositalari (OAV) ham xotin-qizlarning qadr-qimmatini oshirishga munosib hissa qo‘shishi mumkinligi ochiq e’tirof etilgan. Ushbu hujjatda hukumatlar hamda xalqaro taraqqiyot tashkilotlari xotin-qizlarga nisbatan nopisand va noteng munosabatga barham berish, ularning kommunikatsiya tizimlari, xususan, OAVdagi ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralarga da’vat etilgan. Mazkur qo‘llanma sodda tilda yozilib, suratlar bilan boyitilgan, OAVda chop etilgan ijodiy materiallar tahlili berilgan va jurnalistlar uchun foydali ma’lumotlarga boy. Ushbu risola jurnalistlarga gender masalalarida ko‘proq axborot taqdim etish, maxsus bilimlar yetkazish, mazkur dolzarb masala mohiyatini teran ochib berish maqsadida yaratildi. YUNESKO o‘z hamkorlari bilan birgalikda jurnalistlarni OAVda gender masalalarini yoritishda ushbu qo‘llanmadan unumli foydalanishga chorlaydi. Risola OAV xodimlariga gender tengligi bo‘yicha natijalarni baholash, muammolarni aniqlash, shuningdek, dunyo bo‘ylab xotin-qizlarning maqomini oshirish va gender tengligini ta’minlashga doir aniq siyosatni shakllantirish bo‘yicha mintaqaviy va global munozaralar uyushtirishga ko‘maklashadi. Abdul Vohid Xon, YUNESKO Bosh direktorining kommunikatsiya va axborot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

MUQADDIMA Kundalik faoliyatimizda bot-bot uchraydigan stereotiplarga qarshi kurashish erkagu-ayol jurnalistlar zimmasidagi asosiy vazifalardan sanaladi. OAVni xotin-qizlar haqidagi noto‘g‘ri fikr va siyqasi chiqqan iboralar bosib ketgan bir vaziyatda bu vazifani amalga oshirish oson emas. OAV goh yashirin, goh oshkora ayollarni erkaklarning ovunchog‘i – sarvqomat dilbar, mushfiq ona, tili achchiq “jodugar” yoki siyosiy rutba uchun har ishga tayyor sovuqqon mansabparast sifatida tasvirlaydi. Bu borada har bir mamlakat va madaniyatda odamlar qon-qoniga singib ketgan chigal tasavvur, uydirma va soxta qarashlar mavjudki, ular jurnalistlar va OAVga jiddiy g‘ov bo‘lmoqda. Ushbu risola bizni yanglish tasavvurlarga barham berish yo‘lida tahririyat va uyushmalarimiz bilan bir yoqadan bosh chiqarib jiddu jahd etmoqqa undaydi. So‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarga qaramay – ayni paytda jahon OAVda ayol xodimlar va rahbarlar soni avvalgi davrlarga nisbatan oshgan bo‘lsada, OAVda xotin-qizlarga nisbatan eskicha qarashlar saqlanib qolmoqdaki, bu jamiyatda nozik xilqat egalari huquqini hali-hamon cheklayotir. Dunyo bo‘yicha o‘tkazilgan bir tadqiqotga ko‘ra, taraqqiyot hozirgi sur’atda davom etsa, OAVda gender tengligiga 75 yildan keyingina erishilar ekan. Xotin-qizlarni kamsituvchilarni jazolash, ayollarning siyosiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlash, ularga teng maosh va ishlash huquqini berish to‘g‘risida qonunlar qabul qilinganidan 40 yil keyingi manzara bu! Yanglish tasavvurlarni qonun ahlining amr-u farmoni bilan ham yo‘qotish mushkul. Tenglik yo‘lidagi kurash har bir mamlakatda qizg‘in davom etayotir. Qanday shaklda bo‘lmasin, kamsitishga qarshi jo‘yali raddiya, sog‘lom munozara, nazariy va amaliy sa’y-harakatlar ila kurashmoq lozim. Bu ishda mazkur risola asqotadi. Bu – jurnalistika standartlari himoyasiga ko‘kragini qalqon qilib, kamsitishlarga qarshi kurashayotgan jurnalistika fidoyilari uchun qo‘shimcha ma’naviy quroldir. Ko‘plab mamlakatlar OAV tahririyatlarida ayollar soni salmoqli, ammo yuqori rahbarlik lavozimlariga hamon asosan erkaklar tayinlanmoqda. Xotin-qizlarning axborot va tahlil yo‘nalishida faoliyati yetarli qadrlanmayotir, kasb-u kori orqali muayyan marralarga yetish imkoniyati ham bir xil emas. Hatto ular manfaatlarini himoya qiluvchi uyushmalarda ham shu holni ko‘rish mumkin. Adolatli gender talqini aniqlik, xolislik va haqqoniylik kabi kasbiy va axloqiy qadriyatlar sirasiga kiradi. Bu tanganing ikkinchi tomoni deyish mumkin, ya’ni ayollarga yangiliklar biznesida – ham tahririyatlar, ham uyushmalar faoliyatida yanada yuqori mavqe berilishi kerak. Dunyo bo‘ylab muhim voqealar erkak jurnalistlar tomonidan yoritilayotgan va taqdim etilayotgan bir paytda gender tengligi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tenglikka erishishdan faqat ayollar manfaatdor emas, kamsitishga barham berishdan jamiyatning har bir a’zosi naf ko‘radi.

Ushbu risola har bir tahririyat, OAV va ijodiy uyushma qizg‘in ishtirok etishi lozim bo‘lgan jarayonni yanada jonlantiradi, unga shiddat baxsh etadi. Ezgulik, taraqqiyot va o‘zgalar haqqini himoya qilish jurnalistikaning azaliy qadriyatlaridan sanaladi. Risoladan o‘rin olgan g‘oya, maslahat va yo‘riqlarni hayotga tatbiq etish ana shu azaliy qadriyatlarga sadoqat hamda kasbga hurmat ko‘rsatish demakdir. Aidan Whayt, Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi Bosh kotibi

KIRISH Ayolni e’zozlash o‘zbek xalqining azaliy qadriyati hisoblanadi. Tariximizda buyuk sarkarda, davlat arboblari hayotida, buyuk sulolalar tarixida ayollarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan ayollardan Sitora bonu (Abu-Ali Ibn Sinoning onasi), Gavharshodbegim (Mirzo Ulug‘bekning onasi), Saroymulkxonim (Amir Temur xotini), Qutlug‘nigorxonim (Bobur Mirzoning katta onasi), Gulbadanbegim (Bobur Mirzoning qizi), Valiy Orifaxon (Bahouddin Naqshbandning onasi), Robiya Balhiy, Qurbonjon Dodho, Zebuniso, Nodirabegim, Anbar otin Uvaysiy kabi muqaddas ayollarning ma’naviy dunyosi, o‘sha davrlarning ijtimoiy, siyosiy va harbiy jarayonlarida tutgan o‘rni haqida yuzlab tadqiqot va izlanishlar qilingan. Yaqin o‘tmishimizda o‘zbek xalqi ovozini dunyoga tanitgan Zulfiyaxonim, Sora Eshonto‘rayeva, Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva, Saodat Qobulova, Fozila Sulaymonova, Muzayyana Alaviya, Bo‘ritosh Shodiyeva kabi mashhur ayollarimizni fahr va g‘urur bilan tilga olamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “.. dunyoda davlat va jamiyatning nufuzi, madaniy darajasini ko‘rsatadigan mezonlar ko‘p. Lekin har qaysi millat va xalqning ma’naviy kamolotini yaqqol aks ettiradigan shunday bir mezon borki, u ham bo‘lsa jamiyatning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati, hurmati bilan belgilanadi. Shu ma’noda, ayollarni ulug‘lab, ardoqlab, boshiga ko‘tarib yashaydigan xalq o‘zining yuksak madaniyati va olijanob qadriyatlarini amalga namoyon qiladigan va tasdiqlaydigan xalq sifatida obro‘-e’tibor qozonadi desak, yanglishmagan bo‘lamiz”1. Xotin-qizlarning erkaklar bilan tengligi ko‘pgina demokratik davlatlarning asosiy qonunlarida, shu jumladan, O‘zbekistonning Konstitutsiyasi bilan ham, ayni vaqtda inson huquqlariga dahldor bo‘lgan bir qator xalqaro hujjatlar, bitimlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar bilan ham kafolatlanadi. Bularga BMT Ustavi(1945yil 26- iyun), Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948- yil 10-dekabr), Fuqarolik va va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktlar, BMT tomonidan 1966-yilda qabul qilingan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktlar, inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tizimini tashkil etuvchi ko‘pdan-ko‘p xalqaro bitimlarni kiritish mumkin. Ularda erkak va ayollar uchun yagona bo‘lgan inson huquqlari umumiy konsepsiyasini tashkil etuvchi salkam 70 ta xalqaro standartlar qayd etilgan2. Mustaqil O‘zbekistonda ayollar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu ma’noda ayollar huquq va manfaatlari 80 dan ortiq turli huquqiy-me’yoriy hujjatlarda aks etgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 2-martdagi farmoni asosida 1

Каримов И.А. Ўзбекистон хотин-қизларига байрам табриги.2013 йил 7 март.//Мамлакатимизни янада обод этиш ва модернизация қилишни қатъият билан давом эттириш йўлида.21-том.-Т.:Ўзбекистон, 2013. – Б.218. 2 Гендер муносабатлари: назарияси ва амалиётига кириш. Илмий мақолалар тўплами.- Т.: ЎзР Х-ҚҚ, БМТРД,ШЎЭГД, 2007.-Б.407.

O’zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi raisiga Bosh vazirning o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari, Toshkent shahri va viloyatlar hamda tuman-shahar Xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga hokim o‘rinbosari maqomi berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga binoan mahalla qo‘mitalari tarkibiga diniy-ma’rifiy va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga ayollar tayinlanmoqda. O‘zbekiston 1995-yilda BMTning Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi (CEDAW), Onalikni himoya qilish to‘g‘risidagi, ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi, erkaklar va xotin-qizlarning teng qimmatdagi mehnati uchun teng rag‘batlantirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyalarni, Pekin platformasi va Harakatlar Dasturini imzolagan. Mazkur xalqaro me’yoriy hujjatlarning asosiy mazmuni milliy qonunchilik tizimiga tatbiq etilgan. Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘qrisidagi Konvensiya erkak va ayollarning siyosat sohasidagi teng huquqligini quyidagi asosiy shartlar bilan bog‘laydi. Ishtirokchi davlatlar zimmasiga erkaklar bilan teng ravishda ayollarga: 1) barcha saylovlarda va ommaviy referendumlarda ovoz berish hamda barcha ochiq saylanadigan organlarga saylanish; 2) hukumat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish hamda davlat boshqaruvining barcha darajalarida davlat fun‘iyalarini amalga oshirish; 3) nodavlat tashkilotlar va assotsiatsiyalar faoliyatida ishtirok etish, mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi masalalar bilan shug‘ullanish; 4) o‘z hukumatining halqaro darajada vakilligini amalgam oshirish hamda xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish huquqini kafolatlash majburiyati yuklanadi . Xotin-qizlarning Pekin Umumjahon konferentsiyasida qabul qilingan Pekin Deklaratsiyasi va Harakatlar Platformasida 12 ta asosiy muammoli sohalar, shu jumladan, hokimiyat bo‘linishi va barcha darajalarda direktiv qarorlar qabul qilish sohasida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlik aniq qayd etilgan. Harakatlar Platformasida ko‘plab siyosiy partiyalar va davlat tuzilmalari hali-hamon ayollarni ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishlariga to‘sqinlik qilayotgani e’tirof etilgan. Ba’zi mamlakatlarda qonun chiqaruvchi organlarda xotin-qizlar vakilligi sezilarli qisqargani kuzatilmoqda. Mazkur hujjatda xotin-qizlar holati yuzasidan quyidagilar tavsiya etildi: - ayollar va erkaklar vakilligining tengligiga erishish, bu maqsadda barcha davlat-ma’muriy lavozimlarda, zarur holatlarida kvota kiritish yo‘li bilan, ayollar sonini oshirish; - saylov tizimlari doirasida siyosiy partiyalardan saylanadigan va tayinlanadigan davlat lavozimlariga erkaklarga qo‘yiladigan shart va proportsiyalar asosida xotin-qizlarni jalb etishga qaratilgan choralarni qabul qilish;

- saylanadigan organlarda ayollarning siyosiy vakilligiga saylov tizimlarining diffrensiallashgan ta’sirini e’tiborga olish va zarur holatlarda ularni takomillashtirish yoki isloh qilish masalasini ko‘rib chiqish; - siyosiy faoliyatda ishtirok etish hamda assotsiatsiyaga, shu jumladan,siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarga a’zo bo‘lish erkinligini ta’minlashda ayollar va erkaklar teng huquqligini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash. Bundan tashqari Harakatlar Platformasida siyosiy partiyalarga o‘z siyosiy dasturlariga gender masalalarini kiritish hamda ayollarga erkaklar bilan teng ravishda siyosiy uyushmaga rahbarlik qilishda ishtirok etishini ta’minlash tavsiya qilingan. Boshqaruv tizimida erkak va ayollarning teng ravishda ishtirok etishi jamiyatni modernizatsyalashning yorqin belgilaridan biri. Bu ma’noda O‘zbekiston xotin-qizlarining siyosiy maydondagi faolligi ham kengayib bormoqda. 1992-1998yillarda xotin-qizlarning siyosatdagi ishtiroki 9,4 foizni tashkil etgandi. Keyinchalik esa saylov qonunchiligiga siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarning kamida 30 foizini xotin-qizlar tashkil etishi lozimligi to‘g‘risidagi norma kiritildi. 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar jarayonida 30 foizli kvota amaliyotga joriy etildi. 2004-2005-yillardagi saylovlar natijasida ayollar Qonunchilik palatasida 17,5%, Senatda 15 % joyga ega bo‘ldilar. 2009-yil saylovlari natijasida esa senatorlar safida 15 %, quyi palata deputatlari safida 22 % xotin-qizlar ishladi. 2014-yilgi saylovlarning nomzod ko‘rsatish jarayonlarida ushbu kvota to‘liq bajarildi. Xususan, xotin-qizlar saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlarida asosiy sub’ektlar sifatida o‘z qiziqishlarini namoyon etib, saylov komissiyalari ishida ham faol ishtirok etishdi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatdan 24 nafari xotin-qizlardir, ya’ni ular yangi saylangan deputatlarning 16 foizini tashkil etdi3. Ulardan 9 nafari fan nomzodi, 7 nafari huqushunos ayollardir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasida ayollar soni kam foizni tashkil etgan bo‘lsada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylangan ayol deputatlarga oid natijalar o‘tgan yillarga nisbatan oshishiga erishildi. Mahalliy vakillik organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarida jami deputatlar sonining 23,5 foizidan ortig‘ini, shahar va tumanlar kengashlarida esa 22 foizini tashkil etmoqda. Xalq deputatlari viloyatlar kengashi deputatligiga Samarqand viloyatida - 36,6%, Toshkent viloyatida -31,7%, Navoiy viloyatida -30%, Farg‘ona viloyatida-30% xotin-qizlar saylandi. Kvota tizimi qabul qilingandan boshlab siyosiy partiyalarning tarkibidagi xotin-qizlar soni 37 foizdan 50 foizgacha ko‘tarilgan. Barcha siyosiy partiyalarning ayollar qanoti mavjud bo‘lib, ular saylovoldi jarayonlarida xotinqizlarni saylovga tayyorlash masalasi bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga gender 3

Халқ сўзи, 2015, 6 январь.

muvozanatiga erishish g‘oyalarini o‘z ichiga olgan siyosiy platforma ishlab chiqish yoki partiya dasturlariga o‘zgartirish kiritish siyosiy partiyalar oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlash zarurki, mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning ham davlat, ham nodavlat tizimi shakllangan. Bu yo‘nalishda davlat siyosatini amalgam oshirish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha Axborot-tahlil departamenti kabi tulilmalar zimmasiga yuklatilgan. Shu bilan birga fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, 530 ta xotin-qizlar nodavlat-notijorat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini ta’kidlash lozim. 2012-yilning “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan yosh oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 100 ta oilaviy korxonani barpo etish uchun Tadbirkor ayol Assotsiyatsiyasi tomonidan katta ko‘mak ko‘rsatildi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun uchta mintaqaviy biznes-inkubator faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Respublikaning ishchi o‘rinlarga yuqori talab mavjud bo‘lgan 32 ta tumanida “O‘z tadbirkorligingni boshla” deb nomlangan turkum seminarlar o‘tkazilib, 1,3 mingdan ziyod xotin-qizlar turli tadbirkorlik faoliyati va kasbiy ko‘nikmalarni egallashga erishdilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari tadbirkor ayollariga jami 218 ming yevro miqdoridagi mikrokreditlar ajratildi4. Shunga qaramay, xotin-qizlarning huquqlarini, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda O‘zbekistonda qilinadigan ishlar hali ko‘p. Xususan, jamiyatning ba’zi vakillari fikrlashining “patriarxal usuli, ayrim rahbarlar va mansabdor shaxslarning gender bilimsizligi”, jamiyatda ba’zi “gender stereotiplarining saqlanib qolganligi kamsitish hollariga yo‘l qo‘yilayotganligining sababidir”5. Mana shunday ko‘rsatmalar, me’yorlar va stereotiplar ma’lum ma’noda xotin-qizlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, fuqarolarning tinchligi va ijtimoiy totuvligiga, demokratiyaning mustahkamlanishiga, yangi ruhiy-ma’naviy turmush tarzini qaror topishiga to‘siq bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistom halqaro munosabatlarning mustaqil sub’yekti sifatida inson huquqlariga doir asosiy halqaro shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarib, bu sohada BMTning tegishli organlari va muassasalari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. O‘tgan davr mobaynida respublikamiz BMTning konvension organlariga inson huquqlari bo‘yicha BMT konvensiyalarining asosiy qoidalarini bajarish borasida 18 ta milliy ma’ruza taqdim etgan. Jumladan, o‘z muddatida Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi 4

Равные права, равные возможности. // Правда Востока, 2013, 19 февраля.

5 Гендер муносабатлари: назарияси ва амалиётига кириши.Илмий мақолалар тўплами.- Т.: ЎзР Х-ҚҚ, БМТРД,ШЎЭГД, 2007.-Б.409.

Konvensiyaning bajarilishi xususida 2 ta milliy ma’ruza taqdim etilgan. Mazkur milliy ma’ruzalarning6 muhokamasi natijasida BMTning tegishli Qo‘mitasi o‘z Xulosalarida O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ijobiy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ayollar holatini yanada yaxshilashga qaratilgan va CEDAWda aks etgan choralarni hayotga tatbiq etish lozimligini e’tirof etgan. Bunda barcha davlat va nodavlat tizimlarining yaqindan hamkorlik qilishi talab etiladi. BMTning xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha Qo‘mitasi O‘zbekistonda erkak va ayollarning teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash, odam savdosi, shu jumladan, ayollar va bolalar savdosining, oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish to‘qrisidagi qonunlar qabul qilinishini tezlashtirish, ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida jinoyiy qonunchilikka tegishli o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritishga da’vat etadi. Qo‘mita yana mamlakatimizda erkak va ayollar o‘rni va majburiyatlariga doir stereotiplar hayotning turli jabhalarida xotin-qizlar bevosita va bilvosita kamsitilishining saqlanishiga katta ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etadi. Shu bois Qo‘mita ayollarni davlat hayotining barcha jabhalari va darajalarida saylanadigan hamda tayinlanadigan lavozimlarga tavsiya etishni kengaytirish bo‘yicha Vaqtinchalik qo‘shimcha maxsus choralarni qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilishga chaqirgan. Bunda ayol-rahbarlar uchun rahbarlik mahorati bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik dasturlarini tashkil etish, bacha darajalarda qaror qabul qilish jarayonlarida ayollarning ishtirok etishi ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha axborotma’rifiy faoliyat olib borilishi zarurligiga e’tibor qaratadi. Qo‘mita respublikamizda Oliy Majlis hamda mahalliy kengashlar deputatligiga siyosiy partiyalardan ayol-nomzod ko‘rsatishda 30-foizli kvota amaliyotga kiritilgan bo‘lsa-da, xotin-qizlarning barcha darajadagi rahbarlik lavozimlarda faoliyat yuritishi yuqori darajada emasligini hamda milliy ma’ruzalarda diplomatik xizmatda ishlayotgan ayollar xususida axborot mavjud emasligini alohida qayd etgan. Bundan tashqari, Qo‘mita hukumat tuzulmalariga samarali ta’sir etish, xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyani hayotga tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi mavqeini oshirishga da’vat qiladi. Bu borada u davlat va nohukumat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlash, ularni moliyalashtirishda ko‘mak ko‘rsatishga e’tibor qaratdi. Qo‘mita yana ayollarning bandligi, ular mehnatiga haq to‘lashdagi tafovutlarni bartaraf etish, ularning norasmiy mehnat bozoridagi holatini yaxshilash masalalariga ham o‘z e’tiborini qaratdi.

6

Cовершенствование организационно-правовых основ реализации прав женщин в Узбекистане. Авт. колл.: Асьянов Ш.М., Бакаева Ф.Х., Гасанов М.Ю., Тошбаев С. О.-Т., 2008.-С.4.

O‘zbekistonda xotin-qizlar haq-huquqlarining to‘la ta’minlanishi, salohiyatlari to‘la-to‘kis namoyon etilishi quyidagi masalalar yechimini topishi vositasida amalga oshirilishi mumkin: -hokimiyat va boshqaruv sohasida ayollar vakilligining cheklanganligi, siyosatda ishtiroki yetarlicha emasligi; - ayollarning mavqei baland bo‘lmagan sohalarda, kam ish haqi to‘lanadigan kasb va faoliyat turlarida yuqori darajada band bo‘lganligi; - ayollarning maishiy ishlarda va jamiyat tomonidan qadrlanmaydigan mehnat turlari bilan mashg‘ulligi; - ayollarning mulkchilik munosabatlariga, milliy boylik zahiralariga cheklangan tarzda jalb etilganligi, va buning natijasida, erkaklarga nisbatan kambag‘alligi; - jamiyatda gender madaniyatining yetarlicha shakllanmaganligi; - ijtimoiy ongda ”xotin-izlar masalasi” hal etib bo‘lingani xususidagi qarashning mavjudligi. Bu o‘rinda erkak va ayolni teng ko‘rish; bir xil qiymatga ega ish uchun teng maosh tayinlash; ish bilan ta’minlash, boshqaruv va vakillik organlariga saylash, pensiya, sog‘liqni saqlash, mansabga tayinlash, onalik va otalik nafaqasini berishda erkaklar bilan birdek imkoniyat yaratish nazarda tutilmoqda. Jumladan, jurnalistikada gender masalasini xolis yoritish, genderga urg‘u berilmaydigan betaraf tildan foydalanish va ayollarning faqat maishiy mavzular yoki “yengil” yangiliklar muxbiri sifatida qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik ko‘zda tutiladi. OAV ham o‘z faoliyatida hamda ayollarga munosabatda gender tengligini ta’minlashi muhimdir. OAV bu mavzuda munozaralar uyushtirishi, jamiyatni xabardor qilishi, gender bo‘yicha eskicha qarashlarga barham berish maqsadida mazkur masalani kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri sifatida talqin etishi lozim. Ushbu jarayonda jurnalistlar uyushmalari ham hal qiluvchi o‘ringa egaki, ular barcha OAV xodimlari uchun bir xil mehnat sharoiti ta’minlanishini kafolatlashi maqsadga muvofiq. Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (XJF), Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), YUNESKO va BMTning boshqa muassasalari mazkur tamoyillar ro‘yobi yo‘lida faoliyat yuritib kelmoqda, ammo hozircha dunyoning biror mintaqasida chinakam va to‘laqonli tarzda gender tengligiga erishilganicha yo‘q. “Manzilga yetish uchun hali uzoq yo‘l bosish kerak, – deydi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun. – Ayollar hali-hanuz kamsitish, iqtisodiy imkoniyat va manbalarning yo‘qligi, boshqaruv organlariga qabul qilishdagi cheklovlar va jinsiy zo‘ravonliklardan aziyat chekmoqda”. O‘zbekiston OAV tahririyatlari va jurnalistlar faoliyatini kuzatib, xotin-qizlar tengligiga erishish uchun ko‘p ishlar qilish lozimligiga amin bo‘lamiz. Ushbu qo‘llanma jurnalistlar va ijodiy uyushmalar faollariga gender tengligini kasbiy faoliyatimizning asosiy mezoniga aylantirish yo‘llari haqida saboq beradi. Qo‘llanma to‘rt bobdan iborat. “O‘zbekistonda ayollar ommaviy axborot vositalari va ayol jurnalistlar: xorijiy va milliy tajriba” deb nomlangan birinchi bobda mamlakatimizda ayol jurnalistlarning maqomi, ayollarga mo‘ljallangan OAV

faoliyati, sohada gender tengligiga erishish borasidagi chora-tadbirlar haqida so‘z yuritiladi. “O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari tizimidagi gender stereotiplari” deb nomlangan ikkinchi bobda O‘zbekiston OAVda ayol siymosi qay alfozda tasvirlanayotgani, mavjud stereotiplarni kuchaytirish yoki yo‘qotishga urinishlar tadqiq etilgan, jurnalistlar voqelikni yoritishda yo‘l qo‘yayotgan ayrim kasbiy xatolar xususida fikr yuritiladi. “O‘zbekiston xotin-qizlarining turli jamoat uyushma va tashkilotlaridagi ishtiroki” deb atalgan uchinchi bobda gender tengligini targ‘ib etish va boshqaruv tizimida ayollarning munosib ishtirokini ta’minlashda turli uyushmalar va ayollar tashkilotlarining roli haqida so‘z yuritiladi. “Manba va manzillar” deb nomlangan to‘rtinchi bobda mavzuga doir manbalar, OAV va tahririyatlarda gender tengligini ta’minlashga oid adabiyotlar, shuningdek, OAVda ayollar huquqlari va gender tengligi targ‘iboti yo‘lida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar manzillari ko‘rsatilgan. “Ilovalar” bo‘limida turli xalqaro tashkilotlar, xorijdagi taniqli xotin-qizlar NNT tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar, bitimlar, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar matbuoti xususidagi ma’lumotlar keltirilgan.

1-bob. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA AYOL JURNALISTLAR: XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA O‘zbekiston OAVda bugungi kunda avvalgi davrlarga qaraganda ko‘proq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Mamalakatimiz OAV tarkibida ayollar bosh muharrir, muharrir o‘rinbosari, tahririyat mas’ul kotibi, bo‘lim rahbari va muxbir lavozimlarida ishlab kelmoqda. Ayni chog‘da ular asosan maishiy yoki ko‘ngilochar mavzularni yoritish bilan band. Bunday manzara nafaqat O‘zbekiston matbuoti, balki Yevropa mamlakatlari OAVda ham kuzatiladi. Masalan, Shvetsiyada jurnalistika sohasida mehnat qilayotganlarning ko‘pchilik qismi ayollardan iborat. Biroq jamiyat hayotini, kundalik voqealarni yoritishda ular erkak jurnalistlar bilan teng imkoniyatga ega bo‘lish uchun kurash olib borishmoqda. BMTning OAV monitoringi borasidagi global loyihasi (GMMP) 1995-yildan buyon har besh yilda o‘tkazib kelayotgan tadqiqotlariga ko‘ra, 2005-yilda yangiliklar dasturi boshlovchilarining 57 foizi ayollardan iborat bo‘lgani holda, yangiliklarning 29 foizi ayol muxbirlar tomonidan yozilgani ma’lum bo‘lgan. Ayni chog‘da, 32 foiz dolzarb yangiliklar ayollar tomonidan yozilgan yoki yoritilgan. Xotin-qizlar asosan (40 foizgacha) ijtimoiy masalalar, oila, san’at, maishiy hayot kabi “yengil” mavzularda materiallar tayyorlagan. 2000-2005-yillarda ayol boshlovchi va muharrirlar soni quyidagicha bo‘lgan: Diagramma v svete so s. Kirilicheskoy 3 Gazeta Radio Telemuxb Radiobos Telebosh muxbiri muxbiri ir hlovchi lovchi 26

28

28

46

36

44

56

47

57

000 42

005 DAT TABLITSU V FORME DIAGRAMMЫ KAK V ORIGINALE (S.3) GMMP aniqlashicha, ko‘p sonli ayollar o‘z malakasini oshirib, sohaga kirib kelmoqda, ammo prodyuser, rahbar, bosh muharrir va noshirlar orasida ular soni kamligicha qolmoqda. Kanada gazetalar uyushmasining 2002-yilgi tadqiqotida qayd etilishicha, bosh muharrirlarning atigi 8 foizi, noshirlarning bor-yo‘g‘i 12 foizi ayollardan iborat. Sharqiy Afrika jurnalistlari uyushmasi (EAJA) 2008-yilda mintaqalardagi tahririyatlarning 20 foizini ayollar tashkil etgani haqida ma’lumot bergan. Doimiy mehnat bilan shug‘ullanib kelgan onalar ishxonadagi stress, qo‘rqitish va ta’qib holatlari, nomaqbul mehnat taqsimoti va noqulay ish vaqti tufayli to‘liqsiz, vaqtincha yoki jamoatchilik asosida ishlashga o‘tgan. Bu esa, o‘z navbatida, ish ta’minoti, lavozimga ko‘tarilish, yuridik maqom va shartnomadagi erkak hamkasblar ega bo‘lgan huquqlardan foydalanish borasida ularning ahvolini murakkablashtirmoqda.

Janubiy Afrika mamlakatlarida jinsiy zo‘ravonlik ochiq muhokama etilmaydigan muammo bo‘lib qolmoqda. Tegajog‘lik qilish, nomaqbul elektron maktub, xat-xabar yo‘llash, ishxonada pornografik suratlar namoyish qilish, axloqsiz gap-so‘zlar va h.k. xatti-harakatlar jinsiy zo‘ravonlik shakllari sanaladi va bu jabrdiydaning shaxsiyatiga, ishchanlik qobiliyatiga va xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi mamlakatlarda esa trening va ta’lim imkoniyatining pastligi, oshkora yoki yashirin kamsitish amaliyoti (komendantlik soati, bolalarga g‘amxo‘rlikning yo‘qligi), zo‘ravonlik va ishga yollashda ochiqdan-ochiq tegajog‘lik qilish singari muammolar kun tartibida turibdi. Ilgari erkaklar “qo‘riqxona”si sanalgan harbiy muxbirlar klubiga so‘nggi yillarda ayollarning dadil kirib kelishi muhim yutuq sanaladi. Ayni chog‘da, xayrixoh ish beruvchilar ayollar qurolli to‘qnashuvlar kechayotgan hududlarda qo‘shimcha xatarga yuzma-yuz kelishini ham unutmasligi kerak. Ular erkak hamkasblari boshdan kechiradigan xavfga ro‘baro‘ bo‘lib qolmay, zo‘ravonlik, qo‘rqitish va kamsitish singari tahdidlar bilan ham yuzma-yuz bo‘ladilar. Qolaversa, ayollar o‘z jonini qutqarish uchun erkaklar bichimi va o‘lchamida ishlab chiqarilgan xavfsizlik vositalaridan foydalanishga majbur bo‘ladi. Xalqaro axborot xavfsizligi instituti (INSI) 2005-yilda chop etgan Urushni yorituvchi ayollar haqidagi hisobotida savolga tutilgan ayollarning 82 foizi ixtiloflarni yoritish chog‘i jismoniy hamla yoki qo‘rqitish qurboni bo‘lganini aytgani qaid etilgan. Ko‘plab mamlakalarda haligacha “pay gap” (erkaklar va ayollar uchun turlicha maosh to‘lash) amaliyoti mavjud. Aksariyat davlatlarda “yopishqoq pol” (sticky floors), “oynavand shift” (glass ceilings) kabi istilohlar ayollarning yoshi o‘tgani sari noteng maosh farqi oshib borayotgani, ular lavozim borasida erkak hamkasblariga yon berishga majbur bo‘layotganini ifodalaydi. Xodim manfaatiga zid ravishda qat’iy belgilangan ish soati yoxud farzand tarbiyasi uchun ta’til olgan ayollarning jarimaga tortilishi kabi nobop ish amaliyoti noteng maosh to‘lashga doyalik qilmoqda.

Jahon jurnalistikasi doirasida ayollar harakati kuchayishi bilan jurnalistlar uyushmalarining ayol a’zolari soni oshdi. Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi (XJF) ayol-jurnalistlar maqomi bo‘yicha 2001-yilda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, ularning ijodiy uyushmalarga a’zolik ko‘rsatkichi – 28,75 foiz va mintaqalardagi uyushmalar boshqaruvida qatnashayotgan ayollar soni OAV boshqaruvidagilardan ko‘ra ko‘proq. Umuman olganda, uyushmalar boshqaruv idoralarining 17 foizi ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan. XJFning 2008-yilgi hisobotiga ko‘ra, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Eronda uyushmalar boshqaruvining 11,7 foizinigina ayollar egallagan. Jurnalistika uyushmalari va birlashmalarida ayol a’zolar sonini oshirish shunisi bilan ham muhimki, bu qalam ahli orasida gender tengligi istiqbolini kafolatlashga xizmat qiladi. Ijodiy uyushmalarda ularning o‘rni mustahkamlanishi bilan uyushmalarning gender masalasiga munosabati ham tubdan o‘zgaradi. “Boshqaruvda ayollar yetarli miqdorda bo‘lmas ekan, uyushmalar na bo‘lajak ayol a’zolari ishonchini oqlaydi, na ishchi ayollarning tashvishlariga teng sherik bo‘la oladi”, deb hisoblaydi Xalqaro Mehnat Tashkiloti. Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bir talay. Hali-xamon “biz erkaklar klubimiz” degan eskicha qarashda qolayotgan ko‘plab uyushmalarda ayollar soni kamligicha qolmoqda. Shubhasiz, ayrim mintaqalarda urfga kirib qolgan yanglish odatlarga barham berish muhim vazifa bo‘lib turibdi. Erkak va ayolga turlicha maosh to‘lash, ish va oila hayotini uyg‘unlashtirishdagi qiyinchiliklar, malaka oshirish va lavozimga tayinlanish imkoniyatining kamligi, ishxonalarda ayollarga bepisand bo‘lish, ularni qo‘rqitish, kaltaklash va OAV yangiliklarida gender masalasining bir tomonlama yoritilishi bilan bog‘liq tashvishlar - bularning barchasi jurnalistlar uyushmalari ko‘tarishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalardir.

Jurnalistlar uyushmalarida ayollarning ishtiroki (XJFning ayol jurnalistlar maqomiga oid hisobotidan, foizda(uyushmalarning ayol a’zolari va uyushmalar boshqaruvidagi ayollar), 2001) Illyustratsiya s originala –tablitsa v svete. 10 % 20% 30% 40% 50% 60% Mintaqalar Osiyo-Tinch okeani davlatlari

12 7

Evropa

37 19

Amerika Afrika

49 30 17 8

Uyushmaning erkak va ayol faollari OAVda gender tengligi borasidagi yondashuvga ta’sir ko‘rsatish uchun bir qator usullarga murojaat etishlari mumkin: - ma’lumot to‘plash: uyushma doirasida gender tengligi borasida xabardorlikni oshirish aniq ma’lumotlar to‘plashni talab etadi. O‘zgarishlarni amalga oshirishda ayollarning uyushmalarga a’zoligi, boshqaruvdagi ishtirokiga doir raqamlar, shuningdek, OAVga ishga qabul qilish va maosh to‘lash, OAVda ayollar uchun ish vaqti, onalik nafaqasi va boshqa shart-sharoitlarga doir ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamlar vaziyatni chuqur tahlil qilish, munozaralarda yutib chiqish va gender tengligi tamoyilini uyushma yoki birlashmaning ustuvor maqsadi sifatida belgilashda yordam beradi.

Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Eron ijodiy uyushmalari boshqaruvida ayol jurnalistlar. XJF, 2008 Mamlakat

Uyushma

Boshqaruvdagi Foizda ayollar

SNJ

Boshqaruv a’zolarining umumiy soni 9

Jazoir

0

0

Bahrayn

BJA

11

1

9

Misr

EJS

13

1

7,7

Eron Iroq Quvayt

AOIJ IUJ KJA

10 11 7

1 1 1

10 9 14,3

Livan

LPO

12

0

0

Marokash

SNPM

19

5

26,3

Falastin

PJS

9

0

0

Sudan

SJU

30

4

13,3

Tunis BAA Yaman

SNJT UAE JA YJS

9 9 13

3 2 1

33,3 22,2 7,7

O‘zbekistonda Milliy matbuot markazining 2003-yilda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, 1397 nafar ro‘yxatga olingan jurnalistlarning 407 nafarini, ya’ni 29,1 foizini ayollar tashkil etgan7. O‘sha yili ro‘yxatga olingan 691 ta gazeta va jurnal muharrirlaridan 77 nafari, ya’ni 11 foizi ayollar bo‘lgan8. Xotin-qizlar nashrlari soni ko‘paygan. Ularga muharrir sifatida ayollar tayinlangan bo‘lsa-da, jamiyatdagi gender ziddiyatlarini bartaraf etishdagi ahamiyatini, jurnalistlar materiallarining sifati va ta’sirchanligini, ijodiy xodimlarining kasbiy malaka va gender madaniyatini muntazam oshirib borish zarur bo‘ladi. Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasining (XJF) GENDER KENGASHI XJFning ayollar va erkaklar tengligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini tashkilotning o‘zida tuzilgan Gender kengashi kuzatib boradi. XJFning Gender kengashi dunyoning turli mintaqalaridagi bo‘limlari tomonidan nomzod sifatida ko‘rsatilgan ayol va erkak a’zolardan tashkil topgan (http://www.ifj.org/assets/docs/140/127/30eb48c-5edec7f.doc). Kengash XJFning gender siyosatini rivojlantiradi, mazkur siyosatning bo‘limlar tomonidan qabul qilinishi va amalga tatbiq etilishini ta’minlaydi hamda milliy uyushmalar faoliyatiga ko‘maklashadi. Kengash – teng huquqlilikni targ‘ib etuvchi va XJF maqsadlariga xizmat qiladigan trenerlarni tarbiyalovchi yetakchi mutaxassislarning jamoasi hamdir. Kengash yilda bir marta yig‘iladi, XJFning tenglikni ta’minlash kampaniyasi 7 8

Ўзбекистон оммавий ахборот воситалари ва журналистлари.-Т.:МММ, 2003.-Б.5-39 Ўша манба-Б.40-138.

faoliyatiga baho beradi, kelgusi yil dasturi va byudjet taqsimotini hamda XJF Ijroiya qo‘mitasi faoliyatiga doir hisobotlarni tasdiqlaydi. Bu boradagi batafsil ma’lumotlarni XJFning gender masalalari bo‘yicha quyidagi elektron manzildan olish mumkin: [email protected]

Endi bevosita milliy OAV faoliyatiga nazar tashlasak. O‘zbekistonda milliy matbuot, xususan, bosma nashrlarning paydo bo‘lishini 1906-yilning 27-iyun sanasidan chiqa boshlagan “Taraqqiy” gazetasi bilan bog‘laymiz. O‘sha davr ehtiyoji mevasi o‘laroq bu gazeta nafaqat ziyolilarni, balki aholini ham o‘z ortidan ergashtirdi, ularning junbushga kelishiga turtki berdi, desak xato bo‘lmas. Ikki oy o‘tar-o‘tmas tashkil etilgan “Xurshid” (1906-yil 6-sentabr), “Shuhrat” (1907-yil 1-dekabr), “Tujjor” (1907 -yil 21-avgust), “Osiyo” (1908-yil 9 aprel), “Turon” (1912-yil 11-iyul) gazetalari sahifalaridagi “o‘tli” maqolalar, fel’etonu-tanqidga yo‘g‘rilgan hajvlar o‘sha davr kishisining hayoti, tafakkuri va maqsadlariga ta’sir ko‘rsatishda mayoq bo‘ldi. Mazkur nashrlarning milliy g‘urur, iftixorga tegadigan yoki aksincha, ularni ko‘taradigan hodisalarga dadillik bilan munosabat bildirgani hali-hanuz jasorat sanalmoqda. O‘sha davrda, ayni jaholat jahli murakkab bo‘lgan pallada ayollar mavzusi, ularning huquqlari va taqdiriga doir chiqishlar ham mazkur nashrlar sahifalaridan o‘rin oldi. 1906-1913-yillar oralig‘ida chop etilgan “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona” gazetalari, “Oyina”, ulamolarning “Al-isloh” jurnallari sahifalarida xotin-qizlarga doir maktub va maqolalar berila boshlangan. Biz e’tiborimizni ayniqsa, “Sadoi Turkiston” gazetasiga qaratmoqchimiz. Zero, mazkur nashr xotin-qizlar turmushiga doir materiallarni eng ko‘p va hayotiy yoritgan gazeta bo‘lgan.

Gazetaning 11-sonida “Toshkandlik bir muallima” imzosi ostida “Turkiston muallimalari tarafidan bir sado” sarlavhali material e’lon qilingan. Unda o‘lka musulmon xotin-qizlarini o‘qitmaslik oqibatida ular johila bo‘lib qolayotganlari o‘tkir hissiyot bilan izhor etiladi. “...Biz Turkiston muslimalari ahvoliga nazar qilinsa, – deydi muallima, - ochinmiy mumkin emas. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: rushdiy, e’dodiy va oliy maktablar bir tarafda tursun, butun Turkistonimizda muslimalarga maxsus Alloi taoloni tanitub din hukmlarini o‘rgatadirgon, Qur’oni karimni tajvid qoidalariga muvofiq suratda o‘qutadirgon, ba’zi kitoblarni durust o‘qub ma’nilarin onglatub xatsavod bildiradirgon va past darajada bo‘lsa ham jug‘rofiya, hisob, tarix va til qoidalari kabi foydali dunyoviy ilmlarni bildiradirgon birgina bo‘lsun, ibtido’iy maktablarimiz bormi?”9 Maqola muallifi otalarga murojaat etib, qizlaringiz uchun olib boradigan foydasi yo‘q taqinchoqlarga ketadigan mablag‘larni ular uchun maktablar ochishga sarflang, deb yozadi. “Yetar bizni orzu-havasimizni tugallagoningiz! Endi bizni o‘qiturga va kishi qatoriga kiriturga g‘ayrat qilingiz! G‘ayrat!” deya maqola tugaydi. No‘shiravon Yovushev “Xotin-qizlarimizga bir nazar” (15-son) maqolasida o‘qigan ayollar farzandlariga yaxshi tarbiya bera oladi, shu bois ham ularni o‘qitish lozim, deb hisoblaydi. Hamzaning “Bid’atmi, majusiyatmi?” sarlavhali maqolasida xotin-qizlar orasidagi eng yomon rasmlardan biri – chaqirdi qilguncha vafot etgan kelinchakning mayiti ustida “chaqirdi marosimini o‘tkazish” keskin tanqid qilingan (11-son). Gazeta publitsisti Rauf Muzaffar “Ong umidlari” maqolasida Turkiston xotinqizlarining kundalik turmushlarini keng tasvirlagan (36, 39 va 42-sonlar). Bu maqola qalam ahllarining xotin-qizlar hayotiga e’tiborini kuchaytirdi. Gazetaning 26-sonida chop etilgan “Xonimlar tovushi” sarlavhali materialda toshkentlik Podshoxonim Jalilovaning ota-onalarga murojaati keltirilgan. Unda ham xotin-qizlarni o‘qitish, ular uchun maktablar ochish talabi aks etgan”10. “Sadoi Turkiston”ning 1914-yil 23-avgust sonida Sora Muzaffariyaning “Ayb o‘zimizda” sarlavhali maqolasida ham dolzarb masala ko‘tarilgan. Muallifning yozishicha, tatar xotin-qizlari ham musulmondirlar. Lekin ular o‘z haq-huquqlarini talab qilib maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar, jamiyatlar ochdilar, dorilfununlarga kirib o‘qimoqdalar, hatto xorijdagi oliy o‘quv yurtlarini bitirmoqdalar. Shunday bir holda, Turkiston muslimalari g‘aflat uyqusida yotibdi, ulardan sado chiqmaydi. Bu jihatdan ularning o‘zlarida ham muayyan ayb bor, deb o‘lka xotin-qizlarini harakatga da’vat etadi. Bu da’vatga javob tariqasida Podshoxonim Jalilovaning “Turkiston xotun-qizlarig‘a bir sado” sarlavhali murojaati gazetaning 45-sonida e’lon qilingan. 44-sonida esa, Toshkentdagi tatar xonimlari tomonidan tashkil qilingan komitetning Birinchi jahon urushida majruh bo‘lgan soldatlarga yordam uchun uyushtirgan ilk tadbirining natijasi keltirilgan.

9

Б.Дўстқораев. Ўзбекистон журналистикаси тарихи.- Т.: Ғ.Ғулом номидаги НМИУ, 2009. – B. 222. O‘sha manba,-B. 223.

10

“Sadoi Turkiston” birinchi bo‘lib mahalliy xotin-qizlardan chiqqan shoira Nozimaxonimning “Faryod” she’rini 1914-yil 18-iyul sonida e’lon qildi. Bu bilan u mahalliy xotin-qiz ijodkorlarning asarlarini dadillik bilan chop etishni boshlab berdi, deyish mumkin. Xullas, bu kabi materiallar Turkiston o‘lkasida asriy g‘aflatda bo‘lgan musulmon xotin-qizlarida ham milliy uyg‘onish sodir bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu mavzuga hatto ulamolar ham befarq turolmadilar. Ular shariat ahkomlari bo‘yicha ayollar qanday huquqlarga egaligi haqida yozdilar (47 va 51-sonlar)11. Bir gazeta misolida o‘sha davr ayollarining dardi, turmushi, ruhiyati ko‘z oldimizda yaqqol namoyon bo‘ladi. Garchi u vaqtlar bu mavzuda juda kam axborot e’lon qilingan esa-da, aksar materiallarning kinoya va tanqid ruhidaligi kishi e’tiborini tortadi. Ijtimoiy zarurat tufayli vulqonday portlab chiqqan maqolalar ayollarning o‘z haq-huquq va qadr-qimmatlarini bilishga chorlabgina qolmay, boshqalarga ham buni isbotlashga intilgan. Mustaqillik yillarida milliy matbuot tarkibida xotin-qizlar nashrlarining ko‘payishini axborot bozoridagi bunday turdagi gazeta-jurnallarga bo‘lgan ehtiyoj o‘sishi hamda jamiyatda xotin-qizlar ijtimoiy faolligi oshgani bilan izohlasa bo‘ladi. Aynan ayollar uchun mo‘ljallangan nashrlar soni respublika miqyosida 30 taga yaqinlashdi. Ularning tashkil topish davriga nazar solsak, asosan 2006-2010-yillarga to‘g‘ri kelmoqda. Milliy matbuotda ayollar mavzusiga siyosat darajasida yondashish ham ayni shu yillarga to‘g‘ri keladi. Ularning kattagina qismi Respublika xotin-qizlar Qo‘mitasi hamda uning viloyatlardagi bo‘limlari tomonidan ta’sis etildi. Ular bilan bir qatorda axborot bozorida nodavlat nashrlarining ham faolligi oshmoqda. Bu esa nashrlar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirib, milliy jurnalistikaga yangi g‘oyalar, yondashuvlar va janrlar xilma-xilligi kirib kelishini ta’minlamoqda. Avval O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, uning barcha viloyatlar, poytaxt va Qoraqalpog‘istonda chop etiladigan nashrlariga to‘xtalamiz. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2014-yil sentyabr oyida o’tkazgan monitoringi quyidagi ma’lumotlarni to‘plashga imkon berdi. “Saodat” – O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi muassisligidagi jurnal bo‘lib, yiliga sakkiz marotaba chop etiladi va mamlakat miqyosida tarqatiladi. Jurnal 1925yildan (ilk soni “Yangi yo’l” deb nomlangan) buyon chop etib kelinmoqda. 1936yilda “Yorqin turmush”, 1938-yilda “Yorqin hayot” nomi bilan yuritilgan. Hozirga kelib mazkur nashr 34 sahifada chop etiladi. 2014-yil sentyabr oyidagi adadi 7830 nusxada bo‘lgan. Jurnalda vaqti-vaqti bilan “Bosh muharrir minbari” rukni berib boriladi. Jurnalning 2014-yil 6- va 7-sonlarida esa bu ruknni uchratmaymiz. Jahon tajribasiga suyanadigan bo‘lsak, bu rukn doimiy ravishda “ochqich” maqola hisoblangan. Ko‘p hollarda jurnal yana “Ayol va siyosat” ruknidagi maqola bilan “ochilgan”.

11

Ўша манба, ўша бет.

Jurnalning “Ayol va siyosat” ruknida asosan siyosat doirasidagi ayollar faoliyati, oilaviy hayoti haqida suhbat, esselar berib boriladi. “Onalar xalq yaratadi” sarlavhali suhbatni taniqli adiba Qutlibeka Rahimboyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Komila Karomova bilan qurgan. Suhbar davomida ilgari Qashqadaryoning “Nasaf”, “Kamolot” gazetalarida faol ishlagan, odamlar taqdiriga befarq bo‘lmagan jurnalistning deputat sifatidagi bugungi mehnatlariga bir qur nazar tashlanadi. “Siyosat” so‘zining lug‘aviy ma’nosi – boshqarish san’ati, demakdir, – deydi suhbat qahramoni. – Hamma sohaning ham o‘ziga xos siyosati bo‘ladi. Bizda oilani boshqarish san’ati tarixi juda uzoq davrlarga borib taqaladi. ...Tug‘ilib, voyaga yetgan oilam siyosatini fidoyilik, zahmat siyosati, deb atasam, xato bo‘lmas. Otaonam yashaydigan xonaning chirog‘i hamisha yoniq turadigandek edi. Chunki biz bilan dars tayyorlab bo‘lib, ular o‘zlarining ertangi darslariga tayyorgarlik ko‘rardilar. Xonadonimizning eng yaxshi an’analarini o‘z oilamga ham ko‘chirishga harakat qilaman”12. Biroq suhbatga tanlangan sarlavha uning mazmuniga mos emas. “Buyuklik asriga kirdik” sarlavhali portret materialida Enaxon Siddiqova "Elyurt hurmati" ordeni sohibasi, fermer Lola Murodovaning faoliyatiga chizgilar chizadi13. Jurnalda erkak mualliflarga ham so’z beriladi. Masalan, “Ma’naviyat bekati”da Zikir Muhammadjonovning O‘zbekiston xalq artisti Mariya Aleksandrovna Kuznetsova haqida essesi, “Har kim xotunini izzat qilsa...” deb nomlangan materialda Asad Asilning Sidqiy Xondayliqiy ijodi haqida o‘ylari, “Futbol uning hayoti” sarlavhali materialda Nigora Rahmonovaning Ravshan Ermatov bilan suhbati berilgan14. “Saodat” suhbatlarga keng o‘rin bergan, deyarli har sonda bu janr namunalariga ko‘zimiz tushadi. “Necha bahor kelib-ketdi” (Yayra Abdullayeva bilan), “Ruldagi ayollar erkaklar nigohida” (Barno Sultonova so‘rovnomasi), “Yursa, gulzor qulf urar” ( Navoiy viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Anora Bobomurodova bilan), “Xarjlasang, ko‘payadi” (tadbirkor Munavvar To‘rayeva bilan), “Xalqning aytar so‘zi, ko‘rar ko‘zi...” (qo‘shiqchi Inju bilan) kabi suhbatlarda ibrat masalasi ko‘tariladi, suhbatdosh-qahramon ibrat qilib ko‘rsatiladi. Dolzarb mavzuga bag‘ishlangan suhbatlarda (“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” (Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh genetigi Madina Sharipova bilan), shuningdek, “Baxtning kaliti mehnatda”, “Gulyarga havas qiling!”, “Bordonko‘lda bir qiz bor”, “Ko‘ngillar kuylayotgan dargoh”, “Shatranj malikasi”, “Ho‘qandi latifning yana bir Nodirasi” kabi xotinqizlarimizni mehnatga, ilmga, intilishga chorlovchi portret ocherklar, esselar chop etilgan. “Dolzarb mavzu”, “Darsxona”, “Pardozxona”, “Chevarxona”, “Shifokor maslahati”, “Dunyoga mashhur xonimlar” ruknlari mavjud bo‘lib, ular baholi qudrat nashrning har bir sonida berib boriladi. 12

Саодат, 2014, № 3, 6-бет. Саодат, 2014 № 7, 4-бет. 14 Саодат, 2014, № 3. 13

“Dolzarb mavzu” ruknida berilgan “Qiz bola – qizil gul” maqolasida muallif qizlarning erta nikoh muammosiga qiziqadi va ayollar shifokori, psixolog hamda qaynonaning fikrlarini o‘rganadi. Ular kasb nuqtai nazari, tajribasidan kelib chiqib mavzuga oydinlik kiritadilar. Maqola avvalidagi ibratomuz hikoya mushtariy e’tiborini tortadi: “– Kechagina sochiga jamalak taqib, arg‘imchoq uchib yurgan Munisaning bo‘yi cho‘zilib, ko‘zga yaqin qiz bo‘libdi. – Nimasini aytasiz, o‘rgilay, Halimaxonning eshigidan sovchilar arimay qoldi. – Tag‘in uncha-muncha joydan emas, o‘ziga to‘q, tagli-tugli yigitlarning nazari tushibdi qizingizga... – Halimaxonga, qiz bolaning bozori bir qiziydi, tengi chiqsa tekin ber, deyishgan. Ko‘nglingizga yoqqani bo‘lsa to‘yni boshlang desam, qaynonasi Risolat aya: “Oq qanddek avaylab, gard yuqtirmay o‘stirdim, nabiram hali yosh” deb turibdida. – Munisa necha yoshda o‘zi? – Bu yil kollejga o‘qishga kirdi. – Yoshi ulug‘lar to‘y ko‘ray desa, Risolat aya o‘z aytganidan qaytmaydi. “Yo‘qmi, yo‘q”, deyapti-da. Risolat aya yosh nabirasini so‘rab, eshik qoqqanlarga nega rad javobini berdi ekan? Bundan roppa-rosa ellik besh yil avval Risolat aya 14 yoshda edi. Otasi o‘qituvchi Nosirga unashtirdi. Tez kunda u o‘n to‘rt kunlik oyday to‘lib kelin bo‘ldi. Qaynonasining xizmatini qoyillatdi, erining ham oq ko‘ylagiga gard yuqmadi. Ammo ketma-ket tug‘ilgan farzandining yetti nafarini yerga berib, uch nafariga egalik qildi, xolos. Yuragining yettita suvaydosi – yetti kuyuk dog‘i bor...”15. Bugunning dolzarb mavzusiga aylangan erta nikoh aslida bizning tariximizda bugun paydo bo‘lib qolmaganligi, bu illatdan qutulishga vaqt davo bo‘lolmayotganligi qayta-qayta bu mavzuga murojaat etishga majbur qilmoqda. Jurnalda yana “Xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyatidan”, “Saodatli yillarim”, “Huquqshunos”, “Oramizdagi odamlar”, “Bugunning gapi”, “Yosh onalarga maslahatlar”, “Bekalarga”, “Qadriyat” va qator boshqa ruknlarda materiallar berib boriladi. Aksariyat mualliflar –xotin -qizlar. Shu bilan birga tahririyat mualliflarni tanlashda ma’lum ma’noda gender muvozanatiga rioya qilmayapti. Masalan, jurnalning 2014-yil 2-sonida jami 22 ta material chop etilib, ulardan faqat 2 tasi erkak mualliflar qalamiga(f.f.d. M.Jo‘rayevning “Momolarim alyoriga aylangan ayyom”, O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronning “Bibixonim haqida afsona” sarlavhali materiallari berilgan) mansub. Materiallar qahramonlariga kelsak, mazkur sonda jami 10 ta ayol – tarixiy shaxs, shifokor, ona, ruhshunos, haydovchi, shoira, Zulfiya mukofoti sovrindori timsollari tasvirlangan, faqat 1 nafar erkak – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf obrazi “Katta muhabbat bilan sevardi” nomli 3 sahifali portretda gavdalangan. 15

Саодат, 2014, № 3, 20-бет.

Jurnal uzoq yillik an’analariga muvofiq o‘z ish faoliyatida asosan ma’naviymarifiy yo‘nalishga alohida urg‘u beradi. Shu sababdan ham asosiy auditoriyasi ziyolilar hisoblanadi. Biroq keyingi yillarda jurnal barcha sohadagi ayollar faoliyatini qamrab olishga urinmoqda. Aytish kerakki, “Saodat” jurnalining faqat ichki va tashqi muqovalarigina rangli bezakli ko‘rinishda. Suratlarda asosan o‘rta yoshdagi ayollar tasvirini uchratamiz. “Ko‘ngilga tashrif ” loyihasi mehmonlari ham, ocherklar qahramonlari ham asosan o‘rta yoshdagi ayollar. Erkaklar, o‘g‘il bolalar suratlari kam uchraydi. Jurnalning 2014-yil 5/6-sonlaridagi “O‘g‘il bola – yurt qalqoni” rukni ostida chop etilgan “Chempionlar kamol topadi bunda” maqolasi sportning kichik g‘oliblariga va unda bola muvaffaqiyatida ota-ona tarbiyasiga bag‘ishlangan. “Saodat” jurnali “Ayol va siyosat” rukni ostida chop etilgan maqolalardagi suratlarda erkak va ayollarning birgalikdagi tasvirlari orqali ijtimoiy faoliyatdagi tenglikka urg‘u bersa, qolgan juda ko‘plab maqolalarda erkak va ayol siymosi orqali (“Baxtning kaliti mehnatda”) , “Shoiraga ehtirom” (Zulfiyaga bag‘ishlangan ), “ Yil ayoli”, “Men uyimda Rayxonman” kabi intervyu, maqolalarda oilalardagi hamjihatlik, oila a’zolarining bir-biriga tirgakligi kabi mazmun aks ettirilgan. Jurnalning “Nasr” ruknida esa erkak yozuvchilar ijodi namunalaridan ham unumli foydalaniladi. Jurnalda yosh qizlar, juvonlar, yosh onalar suratlaridan asosan muqovada, bezak sifatida foydalaniladi. Chempion, sovrindor qizlar haqida rasm bilan birga ma’lumotlar ham beriladi. Ular haqida ocherk va intervyular yarim yoki bir sahifani tashkil etadi. Xulosa qilish mumkinki, “Saodat” jurnali asosan hayotda o‘z o‘rnini topgan, ijtimoiy faoliyatda faol xotin-qizlarni o‘z qahramoni sifatida tanlaydi. Jurnalning 2014-yil 2-sonida “Yo‘ldagi ayollar” sarlavhali maqolada erkaklarning bugungi tijoratchi ayollarga munosabati berilgan. Mulohazani o‘qib shunday xulosaga kelish mumkinki, halol mehnat bilan tadbirkorlik qilayotgan ayollarga erkaklarning munosabati ijobiy. “Oila davrasida” gazetasi 9 ta muassis tomonidan ta’sis etilgan. Ularning orasida Xotin-qizlar qo‘mitasi ham bor. Haftanoma 2012-yildan buyon chop etiladi. 2014 yil dekabr oyida gazeta 32 mingga yaqin adadda bosildi. Haftanomaning asosiy materiallari “Dolzarb mavzu”. “Bugunning gapi”, “Daromad manbai”, “Hammasi haqida”, “Mustahkam oila”, “Inson o‘zing”, “Sog‘lom hayot”, “Beg‘ubor bolalik“, “Oila shifokori” kabi ruknlarda berib boriladi. 2014-yil 6-mart sonida jami 6 ta yirik tahliliy material, 3 ta yangiliklar to‘plami, 14 ta xabar, axborot korrespondensiya, “savol-javob”, hikmatlar, ingliz tili saboqlari, mutaxassis maslahatlari va h.k. chop etilgan.13 ta materialning muallifi erkak, 9 ta materialning muallifi esa ayollar. Erkak mualliflar indigo-bolalar, milliy musiqiy asboblar yaratuvchisi, oilaning yangi manzilga ko‘chishidagi mashaqqatlar, tabiatning mo‘jizalari haqida fikr yuritgan, yana hikoya hamda aktrisa Lola Eltoyeva bilan suhbat olib borganlar. Ayol mualliflar esa asosan maishiy mavzuda yoki respublikada taniqli ayol-jamoat arboblarining xotin-qizlarga tabriklarini bayon etganlar. Fotoillyustratsiyalarda tasvirlangan xotin-qizlar asosan bolalar yoki ayollar

bilan, yoki yakka tarzda suratga olingan. Tasvirlarda kino yulduzi, ona, Zulfiyaxonim mukofoti sovrindori, Senat a’zosi, shoira, fermer, kelinchaklar qiyofasi aks etgan. Va bitta erkak muallif materialida xotin-qizlar bayrami munosabati bilan opasingilllar fikr yuritadi. 2014- yil 4-dekabr sonidagi materiallar tahlili quyidagilarni ko‘rsatmoqda: 6 ta tahliliy materialning 4 tasi erkak muallif qalamiga mansub, 2 tasi esa ayolga. “Yengil”, ya’ni maishiy mavzuda yozilgan 5 ta materialning mualliflari xotin-qizlar. “Inson o‘zing” ruknida chop etilgan “Onaizor” va “Qiz” sarlavhali ikki hikoya muallifi ham ayol. Mazkur sonda “Competizione DellOpera” opera ijrochilarining 14-xalqaro tanlovi g‘olibi B.Ismatullayeva, imkoniyati cheklangan qizlaring kasb egallashi, milliy hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuqorida qayd etilgan ona va qiz, yana estrada “yulduzlari” Iroda Iraliyeva, Lola, Ziyoda va Sarvaralar haqida metariallar joylashgan. Ushbu sonda tasvirlangan erkak-qahramonlar: imkoniyati cheklangan yigitlar, 4 nafar estrada “yulduzi” timsollari ham gavladangan. Haftanomaning fotoillyustratsiyalariga ham murojaat etamiz. Mazkur sonning titul sahifasida - nuroniy onaxon va otaxonlar tasviri materiallar anonsi sifatida berilgan. Fotosuratlarda yigitlar sportchi, tadbirkor qiyofasida, asbob-uskuna fonida suratga tushgan. Yana bir qiz milliy kiyimda qo‘li ko‘ksida va qo‘shiqchi Sarvara rasmlari o‘rin olgan. Ushbu sonning ichki sahifalarida jami 27 nafar erkak va 20 nafar xotin-qizlar tasviri berilgan. Aksariyat ayollar tasvirlari maishiy mazmunda bo‘lib qolgan. Tahririyat hay’ati tarkibiga ham e’tibor qaratilsa, 15 nafar a’zoning 4 nafarigina, ya’ni 27 %ni ayollar tashkil qiladi. Gazetaning 2015-yil 15-yanvar sonida “Muhabbat bilan boshlangan edi. Bugun esa yashab yonma yon...” izohi ostida berilgan fotokollajni ko‘rish mumkin. Fotokollajda bir paytlar sevishib sayr qilib yurgan yigit-qizning bugunga kelib bir oila ekanlari aks etgan. Mazkur sonda bundan boshqa yirik plandagi ayollar suratlari uchramadi. “Xorij xabarlari” rukni ostida “Xorvatiyaning birinchi prezident ayoli”, “Janub va shimol: oilalar uchrashuvi” deb nomlangan xabarlarida Xorvatiya va Koreyaning prezidentlari portreti aks ettirilgan. Erkaklar portreti nisbatan ko‘proq uchraydi. Suratlarning mazmunida asosan real insonlarni aks ettirish orqali o‘zbek oilasini tasvirlash, o‘zbekona qadriyatlarni ulug‘lash tamoyili yetakchilik qiladi. “Oila va jamiyat” gazetasi O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “Bolalar va onalarni qo‘llab-quvvatlash” assotsiatsiyasi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg‘armasi muassisligida 7000 nusxada mamlakatimizning barcha hududlarida tarqatiladi. Gazetaning 2015-yil 14-yanvar sonida muqovaning yuqori qismida “Vatanni asrabon yurak ostida...” sarlavhasi bilan shoira Guljamol Asqarovaning, “Jamila oyning maktabi” nomi ostida onaxonning, “Xushmuomala bo‘ling-umrimizga yetadi” sarlavhasi mazmunini ifodalab kelgan zamonaviy yigit va qizning bahslashib turgan holati aks ettirilgan suratlarga o‘rin olgan. Bundan kelib chiqadiki, gazeta

ayollarning barcha yosh toifasidagi qismini qamrab olishga harakat qiladi. Muqovaning o‘rta qismida esa harbiy Bahodir Zulfiqorovning oilasi aks etgan surat o‘rin olgan. Xabarlarda ham asosan zamondosh ayollarimiz hayotiga doir ijtimoiy voqea- hodisalar yoritilgan. “Askar akademiyasi” sarlavhali maqolada esa markaziy harbiy Okrug hududida joylashgan dala o‘quv maydonida bir oylik yig‘in mashg‘ulotlari jarayoni tahliliy tarzda bayon etilgan. Mavzu ko‘lami jihatdan gazetani u qadar boy deb bo‘lmaydi. Umuman mavzularga didaktik uslubda yondashish holatlari ham ko‘zga tashlanadi. Gazeta garchi oila, ayollar mavzusini yoritishi kerak bo‘lsada, o‘z ixtisoslashuvidan biroz chekingan.

Respublika Xotin-qizlari qo‘mitasining yana Qoraqalpog‘istonda( “Gulayыm”) Navoiy (“To‘maris”), Namangan (“Ayol va jamiyat”), Sirdaryo ( “Oydin yo‘l”),

Surxondaryo (“Ayol va zamon”), Farg‘ona (“Oydin”), Qashqadaryo (“Nafosat”) viloyatlarida mahalliy nashrlarini, “Saodat” jurnali tahririyati chop etuvchi “Gulchehralar” gazetasini qayd etish joiz. “Oydin yo‘l” – Sirdaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 1997yilning dekabr oyidan chiqarila boshlagan, hozirgi paytda 1000 nusxada oyda bir marta chop etiladi. Oynoma sakkiz sahifadan iborat. Gazetaning 2014-yil sentabr sonida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘qituvchilarga bag‘ishlangan qator maqolalar berilgan: “Fidoyilik baxt keltirdi” – Sirdaryo tumanidagi 13-o‘rta umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, mustaqilligimizning 23 yilligi arafasida “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan Zulxumor opa (familiyasi keltirilmagan) hayoti va faoliyatiga chizgilar beriladi. “Mukofotlanganlar haqida” rukniga kirib ketuvchi “Mehnat qilgan yetar murodga” sarlavhali maqola “Shuhrat” medali sohibasi Dilfuza O‘rolova haqida hikoya qiladi. Shuningdek, “Fidoyilarimiz”, “Sharafli kasb yo‘lida” maqolalari ham ayni faol, ibratli ayollar xususida so‘zlaydi. Mazkur gazeta boshqa nashrlardan farqli o‘laroq huquqiy mavzuga ko‘proq e’tibor qaratgan. “Huquqshunos minbari”, “Huquqiy sahifa” ruknlari bunga misol bo‘la oladi. Qonunchilikka doir maqolalar, sharhlar berilishi, “Savol bering, javob beramiz” rukni ostida aholi murojaatlariga javoblar qaytarilishi albatta, aholining, jumladan, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lidagi bir odim desa bo‘ladi. “Oydin yo‘l” pochtasidan” ruknida mushtariylar, fuqarolardan kelgan xatlar, tanqidiy ruhdagi ma’naviy-ma’rifiy yo‘naishdagi maqolalar berib boriladi: “Maqsad mukofotmi?”, “Alla aytishni bilasizmi?”, “Odnoklassniki”da profilim bor”, “Ohak bozori bundadir, dehqon bozori qaydadir?” va h.k. bunga misol bo‘la oladi. “Maqsad mukofotmi?” maqolasida bugungi kunda avj olgan yosh “shoirachalar” haqida, ularning hali 14-15 yoshidayoq 2-3 ta kitob muallifiga aylanishgani-yu, bu oliy o‘quv yurtiga kirish imtiyozini beruvchi mukofot uchungina ekanligi to‘g‘risida kuyunib yoziladi: “Kitob javonimda mana shunday ijodkorlarning sovg‘a qilib ketishgan kitoblari juda ko‘payib ketgan. Ularni saqlab qo‘yay desam joyga, yoqib yuboray desam qog‘ozga achinaman. Nima qilish kerak? Bu ahvolda kitob o‘z qadrini yo‘qotib qo‘ymaydimi? Axir adabiyot millat ko‘zgusi emasmi?” deya xitob qiladi muallif. Maqolada bu mukofot nafaqat qizlarning, balki ayrim otaonalarning ham tinchini o‘g‘irlagani, 100-200 nusxada kitob chop qilib beruvchi “kitob biznesi fidoyilari”ning ko‘payib borayotgani ochiq-oshkor tanqid qilinadi: “...bugungi zamonning yasama shoiralari minbarlarda turib o‘qigan, bir necha tahlil (tahrir bo‘lsa yaxshi edi)dan so‘ng she’rga o‘xshab ketadigan qoralamalari bilan yuksak mukofotga da’vogarlik qilsa. Qani bu yerda kamtarlik, qani ulug‘ shoiramiz xotirasiga ehtirom?” Muallif – Maxsuda Jo‘raqulova taklif sifatida Yozuvchilar uyushmasining hududiy bo‘limlari faoliyatiga nazoratni kuchaytirish, kitoblarni bir necha bor chuqur tahlildan o‘tkazishni kiritadi16. 16

Ойдин йўл. 2014 йил 27 сентябрь, 6 б.

“Ohak bozori bundadir, dehqon bozori qaydadir?” sarlavhali maqolada bozorchi ayollarning odob-axloqni unutib qo‘yayotganlari, muqaddas nomga gard yuqtirayotganlari-yu, bozordagi “o‘yinlar”, olibsotarlarning xiylalari xususida mulohaza yuritiladi: “Ayollarda uyat qolmagan o‘zi, bozorda har kuni nechta urush bo‘lsa, hammasini ayollar qiladi” yoki “E! Bu bozorda qonun-qoida yo‘q. Oluvchi bor, sotuvchi bor! Undiruvchilar bor! Qistiruvchilar bor! Bozorning o‘z ichki qoidalari bor, ozor bor bu erda. Ori yo‘qlar makoni bu. Qizim, o‘g‘lingiz to‘g‘ri aytdi, tartib o‘rnataman, kishilarni insofga chaqiraman deya behuda urinmang!” odamlarning bu so‘zlari beixtiyor kishini o‘yga toldiradi: ma’naviyatimizga nima bo‘lyapti? Pul uchun odamlar nimalar qilmaydi, har qanday jirkanchligu haqoratlardan tap tortmaydimi? Qonun o‘z kuchini qayerda, qachon ko‘rsatadi, axir? Shoirning “Qachon xalq bo‘lasan, sen ey, olomon?!” deya kuyunganicha bor ekanda!” Mazkur maqola nafaqat bozordagi ayollarning axloq-odobi, balki millat taraqqiyotiga katta to‘siq bo‘layotgan muammoni ko‘targan. “Oydin” – Farg‘ona viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 1997-yilning 24-dekabridan chiqarila boshlangan. Gazeta 4030 nusxada oyda ikki marta to‘rt sahifa hajmida chop etiladi. 2014-yil dekabr sonlarining birida ilk sahifada “Martaba emas, mas’uliyatdir” sarlavhali maqola berilib, unda 2014-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi haqida mulohaza bildiriladi. “Nomzodlarga nazar tashlarkanmiz, ular orasida shaxsiy manfaatini xalq manfaatidan ustun qo‘yayotgan, ijtimoiy va shaxsiy hayotda boshqalarga ibrat bo‘la olmayotganlarning borligi Qonunlarning shu qismiga yana o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zaruriyatini taqozo etyapti”17, – deydi huquqshunos Mavjuda Xursanova. “Bola farovonligini oshirishning asosi – oila” maqolasida Marg‘ilon shahrida BMTning YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan davra suhbati haqida ma’lumot keltiriladi. Nashrning 2- va 3-sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga ayol nomzodlar ro‘yxati, ular haqida ma’lumot, saylovoldi dasturlari berilgan. Jumladan, nomzodlar – Odinaxon Jamoldinova (pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Yaypan saylov okrugi), Dilnoza Ergasheva (ijtimoiy-madaniy faoliyat, Qo‘shtepa saylov okrugi), Azizaxon Nishonova (tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, Farg‘ona saylov okrugi), Muqaddasxon Ahmadaliyeva (kimyogar, kimyo fani o‘qituvchisi, Toshloq saylov okrugi), Nazira Toshpo‘latova (filologiya fanlari nomzodi, jurnalist, Buvayda saylov okrugi), Dilfuza Muydinova (biologiya va kimyo fani o‘qituvchisi, Quvasoy saylov okrugi)larning dasturlari bayon etilgan. Ammo ular vakillik qilayotgan turli siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning saylovoldi dasturlaridagi asosiy mazmunni o‘ziga olgan holda bevosita xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan yoki ularning turli jabhadagi huquqlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan bandlar, afsuski, o‘rin olmagan. 17

Ойдин, 2014, 16 декабрь.

“Mahalla tarixiga ehtirom” sarlavhali reportajda “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam!” shiori ostida o‘tkazilgan “Mahallam tarixini o‘rganaman” ko‘rik-tanlovi tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. So‘nggi sahifada “Saodat manzili” rukni ostida hadis va hikmatlardan namunalar, “Pardoz tokchasi”, “Maslahatlar” ruknlarida ayollar uchun xo‘jalik yuritishda foydali bo‘lgan maslahat va tavsiyalar berib boriladi. “Nafosat” – Qashqadaryo viloyat xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviyma’rifiy gazetasi bo‘lib, 1994-yilning mart oyidan chiqa boshlagan. Gazeta 1000 nusxada, to‘rt sahifada oyda ikki marta chop etiladi. Gazetaning birinchi sahifasidan asosan rasmiy xabarlar o‘rin olgan. Mazkur nashrni tahlil qilish jarayonida unda ayollar salomatligi va xotin-qizlar sportiga alohida urg‘u berilishiga ko‘zimiz tushadi. Xotin-qizlar tasarrufidagi gazeta bo‘lgani uchun biror ayol portretini chizish, uni ommaga o‘rnak-namuna sifatida berish ham an’ana tusini olgan. Yosh ijodkorlar (nazm) ijodidan namunalar, foydali maslahatlar ham doimiy berib boriladi. Bunday toifadagi boshqa gazetalardan farqli o‘laroq “Nafosat”da hissiy materiallardan ko‘ra ilmiy, aniq, isbotlangan masalalarga yondashuv sezilarli darajada keng joy beriladi. Jumladan, 2014-yil 28-noyabr sonida berilgan “Davr ayoli”, “Epidemiologik barqarorlik doimiy nazoratda”, “Ona bo‘lish baxti”, “Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan voz keching”, “Sport – talabalikka yo‘l ochdi” kabi maqolalarda bunday yondashuv yaqqol seziladi. Masalan, “Ona bo‘lish baxti” maqolasida homilador ayolning o‘zi va bolani asrash yo‘llari, tibbiyot xodimlarining tavsiya va maslahatlari, bo‘lajak onaning haq-huquqlari haqida so‘z boradi. Gazeta berayotgan maslahatlar, tavsiyalar go‘yoki ayol yolg‘iz, yonida erkagi yo‘q va shu bois bola tarbiyasi va kelajagi uchun faqat u mas’ul ekanligini ta’kidlaydi. Bu esa, gender stereotiplarining eng yorqin namunalaridan biridir. Vaholanki, bola tug‘ilishidan boshlab to ulg‘ayishigacha bo‘lgan davrda otaning ham o‘rni beqiyos. “Ayol va zamon” – Surxondaryo viloyat xotin-qizlarining ma’naviy-ma’rifiy gazetasi bo‘lib, 1991-yilning iyunidan chiqa boshlagan. Hozirgi vaqtda sakkiz sahifadan iborat mazkur oynoma 1000 nusxada chop etiladi. Gazeta kamdan-kam hollarda tahliliy janrda materillar beradi, asosan axborot, yangilik bilan cheklanadi. Tahririyat chet mualliflar bilan ishlashga keng yo‘l ochib bergan. Huquqiy mavzuda ham maqolalar chop etilib, ular asosan soha vakillarining hisoboti, xabari tarzida beriladi. Jumladan, “Uyingizda chirog‘ (chiroq bo‘lsa to‘g‘ri edi) o‘chmasin” nomli hisoboti 22 dekabr – Nurchilar kuni munosabati bilan viloyat elektr tarmoqlari hududiy korxonasi boshlig‘i A.Jovliyev nomidan chop etiladi. Shuningdek, notarius H.Hamroyeva, huquqshunos M.Hasanova, Qiziriq tuman IIB xodimi Isroil Abdullayev, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyasi O.Toshev, kollej talabasi Orzugul Omonova, o‘qituvchi Bibizar Maychiyevalarning “Konstitutsiya – adolat qo‘rg‘oni”, “Oila jamiyat va davlat muhofazasida”, “Barkamol farzandlar – yurt kelajagi”, “Yoshlar – yurt tayanchi”, “Yorqin kelajak uchun ovoz beraman”, “Farzandining qotili” kabi xabar va maqolalarini o‘qib, bu ayollar nashri ekanligi esingizdan chiqib ketadi, chunki huquqiy mavzuidagi materiallar ularning aksariyatini

tashkil etadi. Bir qarashda mualliflar orasida erkak va ayollar mutanosibligi saqlangan bo‘lsa-da, xotin-qizlar hayotiga doir mavzular ko‘lami gazeta sahifalarida cheklangan. 5- va 6-sahifalarda faqat ziyoli, buyuk, davrimizning qahramonlari madh etiladi. Gazetada tanqidiy-tahliliy ruh sezilmaydi, ijobiy yo‘nalishdagi materiallar ustunlik qiladi. “Ona – buyuk zotdir”, “Bolajonlarning sevimli maskani”, “Hayotimiz mazmuni”, “Faol ayol – jamiyat tayanchi”, “Ona mehri”, “Onalar duosi – umr ziyosi”, “Qalbim ko‘zi sensan, bolajon” kabi maqola va xabarlar bunga isbot bo‘la oladi. Gazetada “She’riyat gulshani” ruknida yosh shoirlarning ijodidan namunalar keltiriladi, 6-sahifada nasriy asarlardan parchalar ham berib boriladi. 7-sahifa “Salomatlik” sahifasi bo‘lib, u so‘nggi sahifada ham davom etadi. Nashrda yana “Pazanda oshxonasi”, “Go‘zallik va salomatlik” ruknlari mavjud hamda na sahifaga, na mavzuga mos keluvchi hayvonot olamiga doir materiallar hech qanday eslatma yoki ogohlantirishsiz “lop” etib, “Go‘zallik”ning ortidan chiqib turaveradi. “Ayol va zamon” gazetasida janrlardan foydalanishda bir xillik, an’anaviylik, qamrovning torligi, ma’lum auditoriyani his qilmaslik holatlari ham kuzatiladi. Aynan shunday formatdagi nashrlar xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan nashr xususidagi barqaror stereotipni yuzaga keltiradi. Unga ko‘ra, bunday nashrda, albatta, shoirlar ijodi, “yulduzlar” bilan suhbat, go‘zallik, sihat-salomatlik va oshxona maslahatlari uning asosiy mazmunini shakllantirishi kerak. Mazkur mavzular fonida zamonamizning haqiqiy qahramonlari hisoblangan xotin-qizlarning ichki dunyosini tadqiq etuvchi psixologik portret, uning kechinmalari va hayotiy intilishlarini “jonli” misollar orqali ochib beruvchi, auditoriya bilan dialog shaklida tayyorlangan materiallar, afsuski,chop etilmaydi. “To‘maris” – Navoiy viloyati xotin-qizlar qo‘mitasining nashri bo‘lib, 1999yilning 1-yanvaridan chiqa boshlagan. Gazeta to‘rt sahifadan iborat bo‘lib, 3000 nusxada oyda bir marta chop etiladi. Unda asosan, umumijtimoiy mavzularga e’tibor qaratilgan. Nashring 2014-yil dekabr soni asosan saylov jarayonlariga bag‘ishlangan bo‘lib, “Nomzodlar bilan yuzma-yuz”, “Burch”, “Yorug‘ kelajak uchun ovoz beramiz” kabi xabar-reportajlar berilgan. “Odam savdosi – asr muammosi” rukni ostida turkum maqolalar chop etilgan: “Vatanni sevmoq iymondandir!”, “Insonlik nomiga isnod”, “Hayotingizni barbod qilmang!” kabi maqolalar shular jumlasidandir. “Erta nikoh orzularingizni barbod etadi” sarlavhali reportajda dolzarb mavzuning muqobil yechimi tadbir ishtirokchilarining fikrlari asosida berilgan. “Muharrir” imzosi bilan “Gazeta kerakmi?” maqolasida kitobxonlik madaniyatining susayib ketayoganligi, kitobga, mutolaaga e’tiborsizlik, “o‘qimaslik kasali” haqida kuyunib yoziladi: “Menga gazeta kerak emas, o‘qimayman! Gazeta qorinni to‘ydiradimi?” qabilidagi yondoshuvlardan muallif aziyat chekadi, odamlarni ogohlikka chaqiradi. Mazkur sonda qutlovlar, hikmatli so‘zlar, donolar o‘giti, e’lonlar ham tarqoq holatda berilgan. Aksariyat sahifalarda ruknlar nomi ko‘rinmaydi, mavzuga, maqolaga mos ruknsifat nom tanlab qo‘yilgan, xolos. So‘nggi sahifadan yoshlar ijodidan she’riy namunalar, huquqiy mazmundagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Gazetada asosan axborot janrlaridan keng foydalanadi.

“Gulchehralar” – xotin-qizlar uchun adabiy-ma’rifiy nashr bo‘lib, 1991yilning aprelidan chiqa boshlagan. 13600 nusxa atrofida oyda bir marta chop etiladi. Gazetaning 2014-yil noyabr va dekabr sonlarini muqoyasa qilarkanmiz, ikkinchi sahifada “Tadbirlar, tahlillar...”ga o‘rin ajratilgan. “Oyijon, o‘qib bering!” rukni ostida bolalar uchun hikoya va ertaklar berib boriladi. To‘rtinchi va beshinchi sahifalar “Bu bo‘ston sahnida gul ko‘p, chaman ko‘p” loyihasi asosida yosh qizlarning ijodlaridan namunalar uchun mo‘ljallangan. Ibratomuz hayotiy voqealardan xabar beruvchi esselar, maqola va ocherklar chop qilib borish xotin-qizlar nashrining birlamchi vazifasiga aylanib ulgurgan. “Begingizni qanday kutib olasiz?”, “Hayo – hayot ziynati”, “Qo‘shnilar mashvarati”, “Sershovqin kelinlar” kabi maqolalar hayotiyligi bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi, ishontiradi. “Mutolaa” ruknida o‘zbek va jahon nasridan namunalar beriladi. So‘nggi sahifa muxlislar minbari bo‘lib, unda tahririyatga kelgan “Oftoboyimga maktublar” o‘z javobini topadi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, xatga qisqa, lo‘nda axborot emas, balki maqola yoki pand-nasihat usulida javob yoziladi. “Iqbol” – Andijon viloyati xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy nashri bo‘lib, 1997-yilning 1-noyabridan chiqa boshlagan. Muharrir – Faxriddin Ibaydullayev. Sakkiz sahifadan iborat mazkur haftanoma 3300 nusxada chop etiladi. Gazeta ranga-barang mavzularni yoritadi, tanqidga ham o‘rin ajratadi, “Bugunning gapi” “Dil tug‘yoni”, “Hidoyat nuri”, “Qadriyatlarimiz” ruknlarida dolzarb mavzuda maqolalar, ma’naviy-tarbiyaviy mazmundagi materiallarni berib boradi. Ijtimoiysiyosiy yangiliklarga ham e’tibor qaratadi. “Nafosat” kabi “Iqbol”da ham tez-tez dalil-isbotli materiallar chop etib turiladi.Gazetaning yana bir jihati – mahaliy matbuot ko‘tarmagan, lekin o‘ta dolzarb, “tesha tegmagan”, bahs-munozaralarga sabab bo‘ladigan mavzularni ko‘taradi. “To‘maris avlodi” – ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-ijtimoiy nashr bo‘lib, Xorazm viloyatida o‘n olti sahifada oyda ikki marta chop etiladi. Unda asosan portret ocherklar, tarixiy tadqiqotlar va maqolalar beriladi. 2014-yil dekabr sonida O‘ktam Polvonovning “Jamoa quvonchi”, “E’zoz va e’tirof” rukni ostida Robiyajon Bekberganning “Tashkilotchi muallima”, “Ustozlik mas’uliyati”, “Boshlang‘ichga bosh bo‘lib”, Sharqiya Eshjonovaning “Farzandlar kamoli – el-yurt iqboli” ocherklarining, “Sulton Mahmud G‘aznaviy va “Shohnoma”, “Avesto” kabi maqolalarning berilishi nashr nomidan kelib chiqib o‘zini oqlaydi, biroq janrlar va mavzular ko‘lamining torligi o‘quvchini biroz zeriktiradi. Xotin-qizlarga mo‘ljallangan nashrlarning yana bir qismini “Qaynona”, “O‘zbegoyim”, “Malika” jurnallari hamda “Begoyim”, “O‘zbegoyim”, “Ledi” gazetalari kabi nodavlat nashrlar tashkil etadi. “Qaynona” – ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy nashr bo‘lib, 2013yilning 15-aprelidan chiqa boshlagan. Hozirgi paytda 3700 nusxa atrofida oyda bir marta chop etiladi. Jurnalning 2014-yil dekabr sonida “Totuvlik va bag‘rikenglik mamlakati”, “Yurtimiz farovonligi tinchlikdandir”, “Ommaviy madaniyat” tahdidi” kabi siyosiy ruhdagi materiallar, san’atkor Qilichbek Tojiyev bilan suhbat, “Beg‘ubor

tong sehri”, “Haqiqiy erkak” kabi portret materiallar, Lutfixonim Sarimsoqova haqida “San’atimiz ayasi” nomli maqola, Marhabo Karimova she’rlari, “O‘lmayin, o‘lay!” sarlavhali tanqidiy maqola, Oqiljon G‘ofurovning “Kechikkan bir kun” hikoyasining so‘nggi qismi hamda milodiy, hijriy va muchal yillar haqida ma’lumot berilgan. Ko‘rinib turibdiki, “Qaynona” jurnalida erkaklar timsollariga keng joy ajratilgan. Jurnal mazmunini ko‘proq ijtimoiy-publitsistik maqolalar, esse va portretlar tashkil qiladi. Shunday bo‘lsa-da, mazkur nashrda ham ayollar timsollari odatiy, an’anaviy mazmunda tasvirlangan. “O‘zbegoyim” – ma’naviy-ma’rifiy, axborot va ko‘ngilochar jurnal bo‘lib, 2014-yilning 25-fevralidan chiqa boshlagan. Bugungi kunda 6500 nusxada oyda ikki marta chop etiladi. 2014-yilning iyun oyi -11 va 12- sonlarida “O‘zbegoyim minbari” ruknida “Nima uchun o‘zimizni boshqalardan ustun deb o‘ylaymiz?”, “Tonal krem tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?”, “O‘zbegoyim huzurida” ruknida “Ayb kimda?”, “To‘y – yangi olam ostonasi”, “Xonadon” ruknida gulchiroq yasash usullari, “Dizayn va ranglar” ruknida esa “Beg‘uborlik rangi”, “Modellashtirish”, “Yulduz garderobi”, “Moda”, “Makiyaj”, “Sochlar jilosi”, “Taomnoma”, “Yulduz tavsiyasi”, “Xalq tabobati”, “Go‘zallik”, “O‘zbegim yulduzlari”, “Jamiyat va ayol” ruknida “Biznes xonim muammolari”, “Hayot eliksiri”, “Foydali maslahat”, “Jurnal seriali”, “Ayol va texnika”, “O‘zimiz tayyorlaymiz”, “Floristika”, “Mo‘jiza” ruknida gullarni o‘tqazish va bezatish usullari haqidagi maqolalar, “Salomatlik” kabi ruknlar o‘rin olgan. Ayollarga mo‘ljallangan ko‘ngilochar materiallar son jihatidan ham, mazmun jihatidan ham ancha ko‘p. Shu bilan birga materiallarda jurnalist pozitsiyasi sezilmasligi, asosan internet materiallaridan foydalanish, ayollar timsollari an’anaviy tarzda tasvirlangani, erkaklar timsollari deyarli uchramasligi ko‘zga tashlanadi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligiga doir materiallar esa rasmiy-me’yoriy hujjatlar mazmuniga muvofiq beriladi. Namangan viloyatida huddi shu “O‘zbegoyim” nomi bilan ma’naviyma’rifiy, ommabop va faol ayollar uchun tijorat gazetasi 2010-yil aprelidan boshlab chiqarilmoqda. Hozirgi vaqtda gazeta 8300 nusxa atrofida bir oyda ikki marta chop etiladi. “Suhbatdosh” ruknida Namangan viloyat asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasi doktori Munojat Olimova bilan nutq va ruhiyat uyg‘unligi mavzusida suhbat, “Ko‘ngil kechinmasi” ruknida onaga ta’rif, “She’riyat gulshani”, “Nazm bekati”, “Sirli maktub”, “Turmush chorrahalarida”, “O‘qing, bu qiziq!”, “Tabiat ajoyibotlari”, “Qizlar daftaridan”, “Bilib qo‘ygan yaxshi”, “Balog‘at pillapoyalari”, “Kulgi bekati” ruknlarida boshqa ayollar nashrlaridan farqli ravishda xotin-qizlarning o‘ykechinmalari, his-tuyg‘ulariga ta’sir qiluvchi maqola va ma’lumotlardan keng foydalaniladi. “Malika” – ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy jurnal bo‘lib, 2010-yilning 17martidan chiqa boshlagan. Hozirgi vaqtda 2500 nusxada ikki oyda bir marta chop etiladi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” DAKning xalqaro yo‘nalishdagi samolyot bortlarida tarqatiladi. Jurnalning 2014-yil dekabr oyi sonida “Bag‘ishlov” ruknida shifokor Mufazzal Mirhojiyeva haqida “Ummon tubidagi dur” sarlavhali portret,

“Yuz yillik tarix sahnasi” ruknida Mahmud Ismoilov bilan suhbat, “Qadriyat” ruknida “o‘zbek” atamasining kelib chiqishi xususida so‘z boradi, “O‘zimdan o‘zimgacha” ruknida baxt haqida o‘ylar, “Davr ayoli” ruknida tibbiyot fanlari dotsenti Ma’rifat Devorova bilan suhbat, “Hayot saboqlari” ruknida hikoyalar, “Mulohaza uchun mavzu” ruknidagi “Baxtlimisan, talaba?” maqolasida kelinchak-talabalarning hayoti atrofida mulohaza yuritiladi. Sahifalardan “Malika oshxonasi”, “Jahon adabiyotining nodir namunalari”, “Go‘zallik saltanati”, “Mutolaa”, “Muxlislar ijodidan”, “Ruhiyat iqlimlari” kabi turfa rukn, hikoya va foydali ma’lumotlar joy olgan. Shuningdek, jurnalda reklamalarga ham 5 sahifagacha o‘rin ajratilgan. Jurnalning asosiy mazmunini ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi materiallar tashkil etadi. Gender jihatlarga qaratilgan materiallar juda kam. “Ledi” – ma’naviy-ma’rifiy, ommabop gazeta bo‘lib, 2007-yilning 29yanvaridan chiqa boshlagan. Hozirgi vaqtda 22 600 nusxa atrofida har hafta chop etiladi. Fuqarolar murojaatiga huquqshunos javobi «Soveti yurista» ruknida berilsa, «Aktualno» ruknida salomatlik xususida so‘z boradi, «Prazdnik na poroge», «Yest’ problema!» ruknida «Pojar – zlobodnevnaya problema», «Zolotaya molodyoj», «Lichniy opit» ruknida «Oplatite proyezd» tahliliy maqolasi, «Soveti Xanumi», «Psixologiya», «Istoriya v detalyax» ruknida Bill Geyts haqida maqola, «Reyting» ayol-yulduzlar haqida, «Mejdusoboychik», «God v litsax», «Sobitie» ruknida respublika madaniy hayotidagi voqealar, yangiliklar berib boriladi, «Besedka», «Vokrug TV», teleprogramma, «Ot vsey dushi», «English time», «Gazetniy serial», «Skazki iz kladovki», «Planetariy», «Retsepti krasoti», «Sekret uspexa», «Nota bene», «Znakomstva» kabi ruknlar mavjud. Haftanomada rang-barang mavzularda materiallar bosiladi. Ayol va erkak mualliflarga teng ravishda so‘z berishga rioya qilinadi. Gazetada yana zamondoshlarimiz hamda tarixiy shaxslar portretlari tez-tez berib turiladi. “Begoyim” – ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-ommabop gazeta bo‘lib, 2001yilning 27-dekabridan chiqa boshlagan. Bugungi kunda 9400 nusxada haftada bir marotaba chop etiladi. Gazetaning 2014-yil 18-dekabr sonida “O‘zbekiston hafta ichida”, “Qonunga sharh”, “Zamonamiz begoyimlari”, “Fikr” ruknida “Qiz berganga qirq yil tegma... Yoxud nega hanuz yo‘qlovlarga chek qo‘yilmayapti?” maqolasi, “Shou-biznes xabarlari”, “Shu kunning gapi” ruknida “Qiz bolaning qadri” maqolasi, “Mushohada” ruknida “Nega kitob o‘qimaysiz?” tahliliy maqolasi, “Departament fosh etadi”, “Hikoya”, “Buni hayot deydilar...”, “Og‘riqli o‘y”, “Maslahatingizga muhtojman”, “Ayollar shifokori”, “Sinalgan haqiqatlar”, “Qog‘ozga to‘kilgan hislar” kabi ruknlar ayollarga ham, erkaklarga ham birday to‘g‘ri keluvchi mavzular, masalalar haqida batafsil ma’lumot beradi. “Sug‘diyona” gazetasi haftada bir marotaba 44300 nusxada chop etiladi. Muassisi: “Sug‘diyona Media” MCHJ. Obuna va sotish yo‘li bilan respublikaning barcha hududlarida tarqatiladi. Gazeta ijtimoiy-maishiy yo‘nalishda bo‘lib, shunga muvofiq uning sahifalaridan aktrisa va qo‘shiqchilar, boshlovchi va modellar, ya’ni omma nigohidagi shou-biznesning taniqli vakillari xususidagi materiallar o‘rin

olgan. Yaqindan boshlab gazeta muqovada mashhur yosh oilalarni farzandlari bilan tasvirlashni urfga kiritdi. Bu o‘inda Kamola Ermatova, Madina Mumtozlarning farzandlari bilan tasvirlangan portretlarini tilga olish mumkin. 2014-yil 27-noyabr sonidagi Shakira va o‘g‘li tasvirlangan muqova gazetaning jahon yulduzlariga ham asosiy qahramon sifatida murojaat qilayotganligini ko‘rsatadi. Biroq muqovada tasvirlangan ayollarni gazetaning aynan o‘sha sonining chin ma’nodagi qahramoni deb bo‘lmaydi. Masalan, Shakiraning internet materiallari asosida tayyorlangan intervyusi yarim sahifani tashkil qilgani holda, Munisa Rizayeva, Leyli bilan qilingan intervyular 2-3-sahifadan iborat. Gazeta ayollar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarga alohida ahamiyat qaratish bo‘yicha boshqa nashrlarni ortda qoldirishi mumkin. 2014-yil 6-noyabrdagi sonida “Gapning ochig‘i” ruknidagi “Erkaklarga mazza-da!” nomli intervyu-mulohazalar, shuningdek, “Erkaklarni asrang ayollar” nomli tavsiyalarni o‘qish mumkin. 4-sahifada esa “Bizga oson tutmang ayollar” nomli maqolada mashhur san’atkor, shuningdek, turli soha vakili bo‘lgan erkaklar mulohazalari berilgan. Keyingi sahifani esa “Erkaklarni qanday sevish kerak” degan sarlavhadagi “praktikum” tashkil etgan. 13-noyabr sonida ham bu “an’ana” davom etadi: “Erkaklar nima uchun ayollarga qo‘l ko‘taradi?”. Buning sabablari Hilol Nasimov, Rixsitilla Abdullayev, Akmal Mirzo, Ravshan Komilov singari taniqli insonlar fikr-mulohazalari asosida bayon qilingan. Gazetaning asosiy mavzulari: ayollar va erkaklar munosabati, sevgi, moda, onalik, yosh oilalarga tavsiya va, asosiysi, mashhurlar hayotini yoritishdir. Fotosuratlarni tayyorlashda gazeta asosan internet materiallaridan foydalanadi. Suratlarning nihoyatda ko‘pligi, rang-barangligi gazetaning asosiy faoliyati ko‘ngilochar yo‘alishda bo‘layotganidan dalolat beradi. To‘y va to‘ygacha bo‘lgan jarayonlar, erkak va ayol munosabatidagi hiyonat va shu kabi ehtirosli mavzularga ko‘p urg‘u beriladi. Jahonda ayollar, qizlar hayotiga oid shov-shuvga sabab bo‘lgan voqealarni ham gazeta eng birinchilardan bo‘lib taqdim etishga urinadi. Gazetadan kamida to‘rt nafar mashhur ayol bilan qilingan intervyular o‘rin oladi. Bunda intervyuga berilgan fotosuratlarda qahramonning biror holatini jonli ifodalashga harakat qilinadi. “To‘yona-Wedding” jurnali “yaltiroq”(glyanets) jurnal mavqeini egallashga intiliyotgan nashr sifatida 2010-yil 2-iyuldan chiqa boshlagan. Adadi – 5000 nusxa. Muassisi – “MEDIA-BIZNES” MCHJ. Jurnal asosan to‘y an’analarini targ‘ib etish bilan birgalikda respublikamizdagi to‘y liboslari modelyerlarining faoliyati, kelinkuyov soch turmagi va to‘y dasturxonini tasvirlashga harakat qiladi. Jurnalni sahifalar ekansiz, asosan u turli salonlar uchun reklama va PR minbari sifatida xizmat qiladi degan xulosaga kelishingiz tayin. Mazkur jurnal “To‘yona” deb nomlangani bilan moda olami uchun xoslangandek taassurot qoldiradi. Undan faqat to‘y liboslari emas, balki zamonaviy ko‘rinishdagi kundalik hayotda kiyishga mo‘ljallangan atlas liboslar, bolalar kiyimlari kolleksiyalari ham o‘rin olgan. Jurnalda kelinchaklar uchun pardoz qilish, libos tanlash, to‘y bo‘lgunga qadar va undan keyingi hayot haqida turli tavsiyalar o‘rin olgan. Erkaklar uchun bunday mazmundagi materiallar ancha kam.

Jurnalda turli davlatlarda to‘y marosimlari, tarixdagi mashhur ayollarning sevgi qissalari, to‘y dasrurxonini bezatish, karving-shou, boshlovchilik mahorati, to‘y taklifnomalari haqidagi materiallar ham uchrab turadi. Biroq ular ham asosan reklama mazmunidagi materiallardir. “ЖЕНИХ И НЕВЕСТА” jurnali ham ushbu yo‘nalishddagi nashr sifatida “Baytal INVEST MEDIA” muassisligida chop etiladi. 2010-yil 30-dekabrda ro‘yxatga olingan. Adadi – 5000 nusxa. “Naryad nevesti”, “Salon krasoti”, “Organizatsiya torjestv”, “Svadebniy tur”, “Foto-videosyomki”, “Zvyozdniy goroskop» ruknlari yuqorida qayd etilgan “To‘yona” oynomasidan deyarli farq qilmaydi. Model sifatida Parizoda, Zarina Nizomiddinova, Umid Iskendarov, Shohruxxon, Rixsitilla Abdullyaev kabi taniqli chehralar tasvirlaridan foydalaniladi. “To‘yona”dan farq qiladigan jihati shundaki, jurnal asosan o‘zbekona qiyofalardan unumli foydalanadi. Kelin liboslari kolleksiyasining ko‘pligi, qator salonlar reklamasi bilan ham “To‘yona” jurnalidan farq qiladi. Bundan tashqari faqat ayollar go‘zallik salonlari emas, yigitlar, kuyovlar uchun ham stilistlar, turli salonlar reklamasi mavjud. Erkaklar va ayollar soch turmagi uslublari reklamasi uchun bir nechta sahifa ajratilgan. Stilist-vizajistlar, estrada xonandalari, boshlovchilar xizmatlari - bularning barchasi uchun alohida sahifalar ajratilgan. Kuyovlarga eslatma sahifasi ham mavjud. Respublikamiz ayollar nashrlarini o‘rganar ekanmiz, ularning faoliyatidagi bir nechta qonuniyatlarni qayd etish zarur. Birinchidan, hamma nashrlar ham xotin-qizlar mavzusiga ixtisoslashgan deb bo‘lmaydi. Ikkinchidan, ham xususiy, ham davlat organlari tasaruffidagi nashrlarda xotin-qizlarning kundalik turmushi va faoliyatiga doir tahliliy, tanqidiy, munozarali hamda dialog tarzidagi materiallar soni ancha kam. Uchinchidan, aksariyat materiallar rasmiy mazmunda bo‘lib, ayollarning insoniy fazilatlariga deyarli urg‘u berilmaydi. Bundan tashqari, ularning amaliyotiga erkak va ayollarning an’anaviy timsollarini gavdalantirish xos bo‘lib qolmoqda, To‘rtinchidan, aksariyat nashrlarda janrlar va mavzular ko‘lamini kengaytirish, xotin-qizlarning ichki olamini tasvirlovchi materiallarni ko‘paytirish maqsadga muvofiq. Davriy nashrlardan tashqari milliy teleradiokanallar(davlat va nodavlat)da ham xotinqizlar mavzusi maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda o’z aksini topmoqda. Masalan, “Sug’diyona” deb nomlangan teleko‘rsatuv ko‘p yillardan buyon ayolteletomoshabinlar o‘rtasida o‘zinng muayan reytingiga ega. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, xotin-qizlar nashrlari ayollar hayotiga doir turli mavzularni yoritib kelishiga qaramay, gender munosabatlarini to‘la-to‘kis yoritmoqda deb bo‘lmaydi. Buning sabablari: jurnalistlarning genderga doir bilimlari hali yetarli emas; ular “gender” istilohi mazmuniga faqat xotin-qizlar mavzusini kiritidi. Xotin-qizlar nashrlarining dizaynida ham gender muvozanat oxirigacha o‘z ifodasini topganicha yo‘q. Shunga qaramay milliy OAV tarkibida gender muvozanatini yaqin kelajakda ta’minlash mumkinligiga katta umid paydo bo‘lgan. Bunga milliy teleefirda endi ish boshlagan bir jamoa faoliyati misol bo‘lishi mumkin. 2014-yilning dekabrida o‘z faoliyatini boshlagan “MY5” yangi nodavlat telekanalning rahbariyati tarkibiga teng

ravishda 4 nafar erkak va 4 nafar ayol kirgan, bosh direktori ham ayol. Xotin-qizlar marketing bo‘limi boshlig‘i, kreativ menejer, bosh muharrir, boshlovchi, efir muharrirlari, ijodiy kengash a’zosi, erkaklar – yurist, prodyuser, operator, ovoz rejissori, montaj operatori lavozimlarida faoliyat yuritishmoqda. Garchi son jihatidan erkaklar ko‘proq bo‘lsa-da (jami – 25 nafar, ayollar – jami 16 nafar), telekanalning samarali faoliyat yuritishiga jamoaning har bir a’zosi katta mas’uliyat bilan yondashmoqda va bu kanalning ijodiy mahsulotida o‘z ifodasini topmoqda.

2-bob. O‘ZBEKISTON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA GENDER STEREOTIPLARI Oxirgi yillarda O‘zbekiston jurnalistlari jamiyatdagi mavjud gender ziddiyatlari haqida so‘z yuritmoqdalar. Ammo matbuotning 1991-2014-yillardagi faoliyati tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, uning aksariyat chiqishlarida gender masalalari hamon assimetrik, eski qolip va andozalar asosida yoritilib kelinmoqda. Ijtimoiy stereotiplar(ular sirasiga gender stereotiplari ham kiradi) mazmun jihatidan ma’lum ijtimoiy hodisa yoki ob’ekt xususidagi hissiy bo‘yoqlarga ega standartlashtirilgan va barqaror tasavvurni anglatadi. Ular muayyan hodisaga nisbatan insonning ijtimoiy sharoit va tajriba ta’siri ostida shakllangan munosabatini ifodalaydi. Davriy matbuot va boshqa OAV o‘z chiqishlari bilan auditoriyani u yoki bu xatti-harakatga undaydi. Ular «ijtimoiy, ma’naviy, gender, oilaviy va boshqa timsoiliy qadriyatlar tizimini shakllantiruvchi o‘ziga xos mafkuraviy konstrukt, kod»1 vazifasini bajaradi. Ya’ni ular ijtimoiy ongga erkak va ayollarning ijtimoiy rollari, xatti-harakatlari, o‘zaro munosabatlarini tushunishda muayyan bahoga tayangan munosabatni belgilaydi. Aholining gender haqidagi tasavvurlari demokratik, huquqiy jamiyat qurish jarayonida mazmun jihatidan o‘zgarib boradi. Bunday o‘zgarishlar gender tengligiga erishishda har bir insonning huquq va erkinliklarini amalga oshirishda va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashda muhim shart hisoblanadi. Zero “ayol va erkaklarning ijtimoiy hamkorligi – hozirgi davr va kelajakning zaruriy asosidir”2. Milliy matbuotimiz sahifalarida fermer3, mahalla xotin-qizlar qumitasi faoli, tadbirkor4, olima5, shifokor, o‘qituvchi, oliygoh o‘qituvchisi6, sahna, kino, estrada, 1

Грошев И. Политика репрезентации мужского образа в рекламе. // Вестник Московского университета. Сер.10. Журналистика. - Москва, 2000. - №4. - С.57. 2 Женщина. Право. Общество. - Т.: Центр по изучению прав человека и гуманитарного права ТГЮИ, 1999. -С.5. 3 Масалан, қаранг: Есть женщины в наших селеньях. // Народное слово. 2004. 11 июня; Олтинкўлнинг олтини ердан. // Saodat. 2003. №3. - Б.4-5. 4 Раиса-опа. // Народное слово. 2004. 6 марта; Судьба современницы. // Там же. 2004. 4 августа; Маънавият мезони. // Адолат. 2004. 6 август; Ватан туйғуси. // Гулистон. 2004. № 1; Умр муқаддасдир. // Ўша манба. 2004. №8; Орзулари осмонча аёл. // Sanam. 2003. №7; «Файз»нинг файзли бекаси. // Адолат. 2004. 29 октябрь; Бухоро лавҳалари. // Saodat. 2010. №2. 5 Философ с душой поэта. // Народное слово. 2004. 6 марта; Рецепт вечной молодости. // Класс. 2004. 27 ян-

sport «yulduz»i kabi ayol timsollari gavdalangan7. Bunda qahramon-ayollar o‘z sohasining ibratli xodimi, keyin esa ibratli uy bekalari, ibratli onalar sifatida talqin etilgan. Ularning ijtimoiy faolligi, hayotiy intilishlari asosan «ish-uy» doirasida tasvirlangan. Lekin ushbu zamondosh ayollarimiz yana qaysi sifatlari bilan jozibali bo‘lishi, ularni qanday muammolar bezovta qilayotgani, oila, ish,uydan tashqari yana qanday qiziqishlari mavjudligi xususida, afsuski, deyarli hech narsa gapirilmaydi. Bunday timsollar shahar, tuman va viloyat nashrlariga ham xos8. Masalan, «Bekobod ishchisi» gazetasining 2004-yil 28-avgust sonida e’lon qilingan «Bekobod malikalari» sarlavhali korrespondensiyasida «Tadbirkor ayol» uyushmasining mahalliy vakilasi haqida fikr yuritilib, uning ayollarni tikish-bichish, kompyuter savodxonligi, buxgalteriya hisob-kitobi, sartaroshlik san’atiga o‘rgatishi haqida gap ketadi. Material sarlavhasida ayollar malikalarga o‘xshatilgan bo‘lsa-da, matn mazmunida ushbu “malikalar”ning yangi kasb egallab ishga joylashishi, o‘ziga, hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zgarishi xususida deyarli hech narsa aytilmagan. Bunday «ijobiy» timsollarning matbuot sahifalarida ko‘plab uchrashi shunday natijaga olib keladiki, aksariyat gazetxonlar bunday “ayollarning ijtimoiy vazifasi, xatti-harakati, hissiyotlari haqidagi ideallashtirilgan .... tasavvurlarga ishonadi... Va bu ishonchni gender qoliplarni .... tarqatishga ko‘maklashayotgan (go‘yoki jinsga nisbatan neytral bo‘lgan!) turli ijtimoiy institutlar, adabiyot, san’at, ommaviy axborot vositalari, reklama va h.k. insonlarning … ongiga madaniy tarzda singdirmoqda»9. So‘nggi yillarda matbuot yana bir ayol timsolini – ma’lum sabablarga ko‘ra o‘z tanish-bilishlari, do‘stlari va dugonalari tomonidan xorijga jinsiy qullikka sotib yuborilgan traffik qurbonini faol gavdalantirmoqda10. Albatta, matbuot sahifalarida traffik yangi asrning global tahdidiga aylanayotgani haqida ko‘proq va kengroq chiqishlar qilish zarur. Bunda har bir tuman, shahar, viloyatdagi vaziyat mohiyati, uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ruhiy tahlilini amalga oshirish kerak. Ammo aksariyat mualliflar matbuot chiqishlarida traffik haqida gap ketganda asosan ayol va варя - 2 февраля; Сердце, отданное людям. // Голос Узбекистана. 2004. 19 марта; Неугомонная Эльвира ханум. // Правда Востока. 2004. 5 ноября; Исми жисмига муносиб. // Sanam. 2010. № 2. 6 Мэлс Султанова: «Оставляю вам своё сердце». // Новый век. 2004. 3-9 июня; Моя работа - мой дом. // Вечерний Ташкент. 2004. 23 сентября; Бойлигим - илмдандир. // Гулистон. 2004. № 4. 7 Жизнь после балета. // Зеркало. 2004. 12-18 августа; Тақдири азал. // Sanam. 2003. № 7; Бу кунларни кўрсайди онам. // Ўша манба; Дилноза Арзиметова: Спортчи ҳеч қачон ютказмайди. // Ўша манба. 2008. №10; Ивана Исроилова - поколение NEXT. // BellaTerra. 2003. ноябрь-декабрь; Цветочные мелодии. // Молодёжь Узбекистана. 2007. 27 сентября; Чиройли ҳаракатлар мўъжизаси. // Гулистон. 2008. №1. 8 Поддержка женщин-предпринимателей. // Ташкентская правда. 2010. 30 августа; Знаешь дело, действуй смело. //Джизакская правда. 2010.14 апреля; Врач - профессия гуманная. // Там же. 2010. 17 апреля; Финансовая помощь: реальный путь к благосостоянию. // Новости Кашкадарьи. 2010. 10 июля. 9 Грошев И. Политика репрезентации мужского образа в рекламе. // Вестник Московского университета. Сер.10. Журналистика. - Москва, 2000. - №4. - Б. 57-58. 10 Тубанлик. // Ҳуқуқ. 2004. 30 июнь; Петь, пить, Или быть? // Зеркало ХХ1. 2004. 30 сентября - 6 октября; Гибель рабыни. // Ўша манба. 2004. 16-22 сентября; Чўриликда уч йил. // Адолат ёлқини. 2004. 6 февраль; Дубай синдроми ёхуд танфуруш аёллар тақдири. // Ўша манба. 2003. 11 декабрь; «Боинг» летел в Шаржу. // Правда Востока. 2003. 5 декабря; Траффик. // Жиззах овози. 2003. 31 октябрь; Бир қизнинг уволи. // Адолат нури. 2007. 2 ноябрь; Жаннат қидирганлар. // Адолат сари. 2007. 31 июль; Ихтиёрий алданиш. // Ҳуқуқ. 2007. 6 декабрь; Экскурсия в Турцию. // На посту. 2010. 25 сентября; Искоренить зло можно или о «живом товаре» на рынке преступлений. // Новости Кашкадарьи. 2010. 10 июля; Мўмай пулга учиб... // Samarqand. 2010. 18 июнь.

qizlarni chetga fohishabozlik bilan shug‘ullanishga aldov yo‘li bilan olib chiqilayotgan hodisalarni tasvirlash bilan cheklanmoqda. Bu holat jonli tarzda “Ishonch lazzati va achchiq haqiqat” sarlavhali materialda «traffik» - ancha keng ma’noga ega bo‘lib, noqonuniy mehnat faoliyati yoki odamlarni qullikka sotishni anglatadi11, degan izoh berilgan Vatandan uzoqda nochor ahvolda qolgan hamyurt-ayollarning fojiali taqdiri haqidagi materiallar tahliliy asosi bilan emas, balki qahramonlarga nisbatan seksizm (mazkur istiloh ayollarni faqat jinsiy mayil ob’ekti sifatida tasvirlanishini bildiradi muall.) munosabati ko‘proq ifodalanishi bilan ajralib turadi. Ta’kidlash joizki, bu holat MDHga a’zo aksariyat mamlakatlarining matbuotiga ham xos bo‘lib bormoqda12. Bunday mazmundagi chiqishlar qancha ko‘p bo‘lsa, auditoriyaning ongida tegishli gender stereotiplari shuncha chuqur ildiz otadi. Jurnalistlar asta-sekin bo‘lsa-da, lekin mavjud vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilishayotganini ham holis e’tirof etish zarur. Ular jamiyatda an’anaviy qarashlar ta’siri hamon ustun kelayogani, ayollar ustidan jismoniy va ma’naviy zo‘ravonlik holatlari kuzatilayotgani, xotin-qizlar suitsidga moyil va ijtimoiylashuvdan tashqarida bo‘lib qolishi haqida gapirmoqdalar. Masalan, «Armon» sarlavhali maqolada bir oilada xotini faqat qiz bolalarni dunyoga keltirgani, buning uchun eri uni muntazam ho‘rlab kelgani haqida hikoya qilinadi13. Ayolning navbatdagi homilasi, tibbiyot xodimlari xulosasiga ko‘ra, o‘g‘il bola tug‘ilishi bilan yakunlanishi kerak edi. Ammo eri mayda janjal natijasida uni shunchalar kaltaklaganki, ayol va uning muddatidan oldin tug‘ilgan go‘dagi kasalxonada vafot etadi. «Nauchitsya bit’ mudrimi», «Ne poluchilos’ lyubvi, ne xvatilo terpeniya …»14 sarlavhali maqolalarda eri, qarindoshlari tahqirlashlariga dosh bera olmagan va o‘z joniga qasd qilgan yosh ayollar haqida so‘z yuritiladi. Ayollar ustidan jismoniy yoki boshqa ko‘rinishdagi zo‘ravonlik holatlari haqida fikr yuritayotganda jurnalistlar faqatgina fakt va hodisalarni e’tirof etish bilan chegaralanib qolmoqdalar. Mazkur hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy yoki boshqa bir ildizlarini tadqiq etmaydilar. Juda kam hollarda bunday zo‘ravonlikning ayollar ruhiy holatiga ta’siri e’tirof etiladi. Doimiy ho‘rlanish iskanjasida qolgan ayollar depressiyaga tushishi natijasida o‘ziga suiqasd qilishi mumkin. Bu holatni matbuot sahifalarida ruhshunos tomonidan sharhlanishi ham deyarli uchramaydi. O‘zbekiston matbuotining 2000-2003-yillardagi faoliyati tahlili davomida tadqiqotchi Z. Tadjiyeva «Pravda Vostoka» gazetasida muayyan gender siyosati 11

Ишонч лаззати ва аччиқ хақиқат. // Моҳият. 2004. 5 ноябрь. Тадқиқотчилар ҳисобига кўра, Россиянинг минтақавий нашрларининг 24 % материалларида аёлнинг қадри унинг жинсий жозабадорлиги билан белгиланган, 17% материалларда улар иқккинчи даражали, эркакларга хизмат кўрсатаётган тарзда гавдаланган ёки уларга нисбатан сексистик мазмундаги нақл ва мақоллардан фойдаланнш; 11% мақолаларда эса уларнинг иқтидори ёки муваффақияти эркакларга нисбатан заифроқ экани тасвирланган.Қаранг: Рыгина Л. Российские СМИ - проводники женского неравенства. // Журналист. - Москва, 2004. - № 9. - С. 75. 13 Армон. // Адолат ёлқини. 2004. 27 февраля. 14 Джизакская правда. 2003. 1 март, 2 августа. 12

mavjudligini ta’kidlab, tahririyat tegishli gender munosabatlarini o‘rnatganini kuzatadi. «Xalq so‘zi» gazetasida esa mazkur mavzuga ustivor yo‘nalish sifatida qaralmasligini, «Oila va jamiyat» gazetasi materiallarida stereotip qarashlar va yondashuvlar mavjudligini hamda jurnalistlarning gender nokorrektligini aniqlaydi15. O‘zbekiston xotin-qizlarining siyosatdagi ishtiroki mavzusi 2004-yildan, ya’ni ikki palatali parlamentga, keyin esa 2009-, 2014-yillar saylovlari jarayonida kengroq tadqiq etila boshlandi. Shunga qaramasdan mazkur mavzudagi materiallar soni boshqa gender yo‘nalishidagi materiallarga nisbatan ancha kam. Bu ma’noda mualliflardan biri 1999-yildagi saylovlarda respublika bo‘yicha 1242 nomzoddan faqat 144 nafari, ya’ni 11,5 foizini ayollar tashkil etganini ta’kidlaydi. Bunda ayollarning o‘zi passiv bo‘lishi bilan bir qatorda ayol-nomzodlarga saylovchilarning ham oshkor ijobiy munosabati kuzatilmaganini qayd etadi. Hususan, aksariyat ayolsaylovchilar o‘z ovozlarini erkak-nomzodlarga berish tariqasida ham ayolnomzodlarga o‘z ishonchsizligini ko‘rsatgan16. Bu to‘g‘rida yana «Rost politicheskoy aktivnosti jenshin», «Anketadagi savollar nega javobsiz qoldi» deb nomlangan maqolalarda so‘z yuritilgan17. 2004-, 2009- va 2014-yillardagi saylovlari jarayonida Qonunchlik palatasi deputatligiga nomzod ayolllar haqida ko‘plab maqola, korrespondensiya va intervyular berib borildi. Ammo ularning aksariyati reklama-agitatsiya mazmunida bo‘lib, saylovoldi kampaniyasi jarayonidagi PR-texnologiyalarning tarkibiy unsuri vazifasini bajardi. Chuqur mushohadali, tadqiqot mazmunidagi, ayollarni siyosat maydoniga kirib kelishi sabablari, ularning siyosiy qarashlari, hayotiy tashvishlari, elektoratning ayollar qismi muammolarini tahlil etuvchi materiallar deyarli uchramaydi. Bugungi kunda esa matbuot sahifalarida ayollarning siyosiy partiyalar hayotidagi faolligini ko‘rsatishga intilish mavjudligini e’tirof etish mumkin18. Demak, «Ayol siyosatda»19 sarlavhali korrespondensiya muallifi D.Chirkova to‘g‘ri ta’kidlaganidek, ayollarning siyosatga, hokimiyatga, boshqaruv organlariga kirib kelishi masalasi mamlakatimizda hal etilgan deb bo‘lmaydi. Bunday vaziyatni saqlab qolish tarafdorlari, oila farovonligi eng oliy qadriyat deb sanaladigan mamlakatimizda siyosatchi ayol oila qo‘rg‘onini saqlab tura olmasligini sabab qilib ko‘rsatishadi (vaholanki oila mustahkamligi erkak kishiga ham bog‘liq). Shu bois ayollarning ijtimoiy jarayonlarga ta’sirini oshirish masalasi keng jamoatchilik o‘rtasida bahs-munozaralarga zamin yaratishi zarur. Ayollarning passivligi sababini

15

Таджиева З. Освещение гендерных проблем в республиканской прессе Узбекистана. // Гендерное образование: наука и практика. Материалы международной научной конференции, 4-5 ноября 2003 года. - Бухара, 2003. - С. 211. 16 Агар аёл соғлом бўлса. // Saodat. 2003. №№ 3-4. - Б. 17. 17 Голос Узбекистана. 2010. 2 июня; ХХI asr. 2010. 15 июнь. 18 Масалан, қаранг: Аёллар фаоллиги ижтимоий сиёсий ҳаётда муҳим ўринга эга. // Ўзбекистон овози. 2010. 16 сентября; Повышается активность женщин. // Народное слово. 2010. 22 октября; Фаоллик - хотин-қизлар зийнати. // XXI asr. 2010. 28 октябрь. 19 Народное слово. 2004. 3 декабря.

muallif an’ana, urf-odatlarga bog‘liqligi hamda ayol-siyosatchilarni qabul qilishga jamiyatning o‘zi tayyor emasligi bilan izohlaydi. Jamiyatni ayol-siyosatchilarni qabul qilishga tayyor emasligi hususidagi fikr munozaralidir. Gap shundaki, matbuotga nisbatan bu masalada siyosatchi-ayollarni jamiyat emas, balki OAV va jurnalistlar qabul qila olmayotganini ham sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Chunki, ayrim matbuot xodimlarining ongida go‘zallikka intilgan ayollarning tabiati siyosatchi qiyofasiga mos kelmaydi, o‘zbek ayoli (boshqa millat vakilasi ham) siyosiy jarayonlarga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi, degan qolip qarash qotib qolgan. Shu bois ham ayol-siyosatchi, jamoat arbobi haqidagi materiallar bir tomonlama, “navbatchi” mazmunda bo‘lib qolmoqda. Vaholanki, 2014-yilda chop etilgan “Dunyoqarashlar dialogi: ayol va jamiyat taraqqiyoti” Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari to‘plamida 20112014-yillar davomida siyosiy partiyalarning a’zolari tarkibida ayollar soni quyidagicha bo‘lgan20: №

Siyosiy partiya

2011y. 01.01. holatiga ko‘ra

2012y. 01.01. 2013y. holatiga ko‘ra 01.01. holatiga ko‘ra

2014y. 01.01. holatiga ko‘ra

1.

O‘zXDP

153369

154508

158756

171414

2.

“Adolat” SDP

37036

40734

44851

50983

3.

O‘zLiDeP

62599

64346

66998

67802

4.

“Milliy 55522 tiklanish” DP

58921

71107

83914

Jami

308526

318509

341712

374113

%

41,6

41,9

42,2

44,5

Hozirgi kunda siyosiy partiyalar tarkibining 45% ga yaqinini ayollar tashkil etadi. Shunga qaramasdan, ayollarning ijtimoyi-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish borasida OAV vositasida ularning huquq va qonuniy manfaatlari hamda siyosiy va huquqiy madaniyatiga doir habardorligini oshirish, siyosiy muvafaqqiyatlarga urg‘u bergan holda ayol-siyosatchilar faoliyatini keng targ‘ib qilish, ayollar masalalari bo‘yicha jamoatchilik va saylangan vakillar o‘rtasida doimiy oshkor muloqotni yo‘lga qo‘yish21 dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. 20

Дунёқарашлар диалоги: аёл ва жамият тараққиёти. / Республика илмий-назарий конференцияси материаллари, 5 март 2014 йил. – Т.: ЎзМУ, 2014. – Б.35-36.

21

Ўша манба. – Б.36.

Zdes foto izvestnoy jenщinы-politika v Uzbekistane, naprimer Svetlanы Artыkovoy, Ombudsman Sayora Rashidova ili drugix 2008-yilda Jurnalistlarni qayta tayyorlash Markazi, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi gender dasturi hamda F. Ebert jamg‘armasi vakolatxonasi hamkorligida “Gender va O‘zbekiston OAV” deb nomlangan katta tadqiqot loyihasi amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqotlar davomida 2008-yilning fevral-iyun oylarida respublika miqyosidagi – “Xalq so‘zi”-“Narodnoe slovo”, “Pravda Vostoka”, “Hurriyat”, “Oila va jamiyat”, “Molodej Uzbekistana”, “Turkiston” gazetalari, “Sem’ya” haftanomasi, “O‘zbekiston” va “Yoshlar” telekanallari hamda “Oriyat-Dono”, “Yoshlar” radiokanallari faoliyati tahlil qilingan. Mazkur tadqiqotga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan OAV ko‘rsatilgan muddat mobaynida chop etilgan chiqishlarida erkak-mualliflar soni ayol-mualliflardan ancha yuqori bo‘lgan. Barcha OAVda ayol mavzusidagi materiallar soni erkaklarga bag‘ishlangan materiallarga nisbatan sezilarli darajada kam uchragan. Fotosuratlarda ham qahramon erkaklar soni ancha yuqori bo‘lgani aniqlangan. Ayol tasvirlaridan asosan gazeta sahifasini bezashda foydalanilgan. Chiroyli qizlar tasviri ularning ismi-sharifi berilmay joylashtirilishi hollari ham ko‘p uchragan. Erkaklar tasviri esa asosan o‘z kasbi ustasi sifatida gavdalantirilgan. Erkaklar ko‘proq kompyuter monitori oldida, murakkab texnologik jarayonni boshqarib turishi, zavod, qurilish, gazoprovod, avtomobil yo‘li fonida tasvirlangan. “Axborot” teledasturida, “Molodyoj Uzbekistana”, “Sem’ya” gazetalarida siyosiy faoliyat, iqtisodiyot, sanoat, yuqori texnologiyalarga bag‘ishlangan materiallarning bosh qahramonlari asosan erkaklar bo‘lgan. Barcha OAVda yigit va erkaklar intiluvchan, iqtidorli, muvaffaqiyatli, yetakchi sifatida tasvirlangan. Xotin-qizlar obrazlari esa ko‘proq maishiy fonda, asosan, bog‘cha mudirasi, maktab direktori, mahalla faoli sifatida tasvirlangan22. Yetakchi bosma OAV gender mavzusini yoritishda asosan xabar, korrespondentsiya janrlaridan foydalangan. Ayollar muammolariga bag‘ishlangan tahliliy materiallar deyarli uchramaydi23. Endi 2014-yilning oktabr-dekabr oylarida milliy matbuot sahifalarida ayollarga bag‘ishlangan materiallar mazmuniga murojaat etsak. Partiya nashrlarida aynan shu davrda ko‘proq Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bilan bog‘liq mavzu ko‘tarilgan. Xususan, “XX1 asr” gazetasida (O‘zliDeP muassisligidagi nashr) mazkur muddat davomida xotin-qizlar mavzusida jami nashrning ham qog‘oz, ham elektron taxminida 15 ta material chop etilib, ularning aksariyati partiya a’zolari bo‘lgan ayollarning saylov jarayonidagi faolligi, oilaviy tadbirkorlik, tibbiyot sohalari vakilalari faoliyati, shu jumladan, ularning mehnat sharoitlari yaxshilanayotganiga bag‘ishlangan korrespondentsiya, suhbat, lavha va kengaytirilgan xabarlar berilgan. Jumladan, gazetaning dekabr sonlarida chop etilgan “Salohiyatni ro‘yobga chiqarayotgan faollik”, “El e’tiboridagi liberallar”, “Ishbilarmon ayollar O`zLiDePga 22 23

Миралимова М., Степанова Н. Гендер и СМИ Узбекистана. –Т.:МЦПЖ, 2008-С.62-64. Ўша манба-С. 38-39.

ovoz beradi”, oktyabr oyida berilgan “Uyushqoqlik va oshkoralik tamoyillari asosida”, “Ongi baland mingni yengadi” kabi materiallarda O‘zLiDeP faollari, tadbirkor-ayollarni bo‘lajak saylovga nomzod sifatida ko‘rsatilishi haqida so‘z yuritiladi. Qahramon sifatida tanlangan ayollar o‘sha an’anaviy timsolda gavdalantirilgan, ya’ni nomzod – partiya a’zolari tadbirkor, mahalla faoli va yaxshi oila bekasi sifatida tasvirlangan24. Gazetaning bu ma’nodagi ijobiy jihati shundaki, genderga yo‘naltirilgan materiallarni ham ayol, ham erkak jurnalistlar tomonidan teng tarzda yoritilishiga intilishini kuzatish mumkin. “Adolat” SDPning gazetasida ham mazkur jarayonni yoritish mazmun jihatidan “XX1 asr”dan uncha farqlanmaydi. O‘tgan yilning oktabr-dekabr oylarida gazetada 12 ta material chop etilib, ularning mualliflaridan 8 nafari ayol jurnalistlardir. Mazkur materiallar ham ko‘proq partiya a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarning faoliyatini yoritishga bag‘ishlangan. Bu gazetada ham partiya a’zolari bo‘lgan ayollarning saylov jarayonidagi, tadbirkorlik sohasidagi faolligi, huquqiy savodxonligi, ijtimoiy jarayonlardagi o‘rni kabi masalalar ko‘tarilgan. Gazetada qayd etilgan davr mobaynida chop etilgan “Andijonlik safdosh ayollar”, “Sarmoyalar ayollar va yoshlar tadbirkorligi yo‘lida”, “Tanlash va saylash mas’uliyati”, “Zamira Abdullayeva: «Ayollari qadrlangan yurtning qadri baland bo‘ladi», “Ayolning adolatda azmi qat’iydir”, «Tashabbuskorlik va fidoyilik - xalqchil g‘oyalarni ilgari surayotgan siyosiy kuch safidagi ayollarning faolligini oshirmoqda» sarlavhalari bilan berilgan materiallarda partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturlari haqida so‘z yuritiladi. Materiallarning asosiy kamchiligi – mazmunida rasmiyatchilikning ustun kelishidir. Qahramonlar eski qolipda, ya’ni ona, jamoatchilik ishlaridagi faol, tadbirkor, maktab direktori, o‘qituvchi, tibbiyot hodimi timsollarida gavdalantirilgan25. Huddi shunday holat “Milliy Tiklanish” gazetasida ham kuzatiladi26. Yuqorida keltirilgan sarlavhalarning aksariyati eskicha, rasmiy qolipda berilgan. Gender assimetriyasi hatto matbuot nashrlari dizaynida ham o‘z ifodasini topgan. Hozirgi zamon matbaatchiligida vizual obraz axborotning o‘z manziliga va o‘quvchisiga yetib borishida katta imkoniyatlarga ega bo‘lib bormoqda. Shu ma’noda “yaltiroq” (glyanets) jurnallar muqovasi ham vizual reprezentatsiyaning mukammal namunasi sifatida qabul qilinadi. Bunday jurnal muqovasi nafaqat uning mazmuni, balki davr ruhi, evolyutsiyasini ham ifoda etadi. 99% holatda “yaltiroq” jurnal muqovasida jozibali ayol yuzi soyasiz tasvirda beriladi. G‘arbda mashhur bo‘lgan “Cosmopoliten” jurnali muqovasida, huddi ko‘p yil ilgarigidek, zamonamizning go‘zallari Djia Karandji, Djerri Xoll, El Makferson va boshqa modellar qiyofasi tasvirlangan. “Marie Claire” jurnali “Cosmopoliten” kabi hozirgi zamon go‘zallari timsolini muqovaga joylashtiradi. Ulardan yurtimizdagi “yaltiroq” nashrlarga boshchilik qilgan “BellaTerra” va “SnobCollection”lar ham sira qolishmaydi. 24

Каранг: XXI asr, 2014, октябрь-декабрь ойи сонлари. Қаранг: Адолат, 2014, октябр-декабр сонлари. 26 Қаранг: Milliy Tiklanish, 2014, oktabr-dekabr sonlari. 25

Mazkur nashrlarning muqovasida O‘zbekiston shou-olami “yulduz”lari, taniqli aktrisa, dizayner va modellar qiyofasi o‘zgacha betakror ranglar jilosida gavdalantirilgan. Mazkur timsollar, albatta, o‘ziga birinchi navbatda erkaklar auditoriyasini rom etadi va bu rom etilish jarayoni jurnallarning asl maqsadi hamdir. Chunki “yaltiroq” nashrning asosiy g‘oyasi – go‘zallik, komillik va uyg‘unlikni targ‘ib etishdir. Bunday noyob uchlikning asosiy iste’molchisi esa erkaklar hisoblanadi. Glamur jurnallarning ayon va ko‘rinmas samaralari birinchi navbatda aynan erkaklar ruhiyatiga ta’sir etadi. Shu bois ham feshn-industriya, shou-biznes, kino, teatr hamda televideniye, sport olami vakillalarining mukammal qiyofasi hozirgi zamonning yangi gender stereotiplarini tashkil etadi. Yuqorida matbuotimiz faoliyatida ko‘zga tashlanadigan va ommalashgan gender stereotiplari hususida so‘z yuritildi. Ammo OAVda ayollarning turli ko‘rinishdagi “kamsitilishi, ko‘pxotinlik, zo‘ravonlik muammolari yoritilmaydi27. Demak, xotinqizlarning erkaklar bilan konstitutsion haq-huquqlari tengligini ta’milanshda hamda ularning manfaatlarini amalga oshirishning tom ma’noda “ishlaydigan” mexanizmlarni yaratishda OAVning imkoniyatidan to‘la-to‘kis foydalanilmayapti. Ko‘rinib turibdiki, Vatanimiz matbuoti sahifalarida gender stereotiplari ko‘plab uchraydi. Navbatdagi vazifa esa OAV tom ma’nodagi demokratik institut sifatida faoliyat yuritishi, inson huquqlarini jins huquqlaridan ustun ko‘rishi uchun mazkur steretiplarni yaqin kelajakda bartaraf etish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi masalalar o‘z yechimini topishi zarur. Birinchidan, gender qoliplarini ommaviy auditoriyaning milliy va madaniy hususiyatlarini e’tiborga olmay turib bartaraf etib bo‘lmaydi. Shu bois OAV chiqishlariga izchil, maqsadli va muntazam ravishda yangi gender yondashuvlarini kiritib borish maqsadga muvofiq. Masalan, samarqandlik mahalla faoli M.Hamidova bilan “O‘zingni angla, o‘zingni hurmatla” deb nomlangan suhbatga yangi gender yondashuvi kiritilgan: “Biz bolalarimizni avvalo boshqalarni ardoqlashga o‘rgatamiz. Shuning uchun ham fuqarolarimizning o‘z sog‘lig‘i, ishi, jamiyatdagi o‘rni ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Odamlar gapiradi deb, qarz olib to‘y qilamiz. Qizlarimizni ko‘ngliga qaramasdan turmushga beramiz. Men esa avval o‘zingni ardoqla, o‘zingni izla, o‘zingni angla, o‘zingni hurmatla, degan bo‘lardim... Har birimiz o‘z farzandimiz, sog‘lig‘imiz va farovonligimiz uchun mas’ulmiz”28. Materialning mazkur qismida ayolning o‘ziga, o‘z kelajagiga bo‘lgan yangi munosabati ifoda etilgan. Ikkinchidan, «tahririyatlarda malakali mutaxassis tayyorlash bilan birgalikda gender siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish zarur»29. Ko‘p holatlarda jinslar munosabatini huquqiy, ruhiy, itisodiy, tibbiy va boshqa nuqtai nazarlardan tahlil eta 27

Миралимова М., Степанова Н. Гендер и СМИ Узбекистана. –Т.:МЦПЖ, 2008. -С.39. Гулистон. 2004. № 4. 29 Таджиева З. Освещение гендерных проблем в республиканской прессе Узбекистана. // Гендерное образование: наука и практика. Материалы международной конференции, 4-5 ноября 2003. - Бухара, 2003. -С. 212. 28

oladigan ekspertlarning yo‘qligi gender jihatdan nokorrekt materiallarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Uchinchidan, ayollar ruhiyatidagi o‘zgarishlarni, ularning o‘ziga, hayotga, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga bo‘lgan ijobiy munosabatini tasvirlaydigan, hayotda yuzaga kelayotgan muammolarni mustaqil hal etayotgani aks etgan, biznesda, ilmfanda, davlat xizmatida, siyosiy maydonda o‘ziga ishonch bilan faollik ko‘rsatayotgan xotin-qizlarga bag‘ishlangan materiallarni muntazam chop etib borish zarur bo‘ladi. To‘rtinchidan, gender muammolari bo‘yicha nafaqat ayol, balki erkak-jurnalistlar ham faol chiqishlar qilib turishi muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon matbuotimiz faoliyatida ayollar muammolari xususida fikr yuritayotgan erkak mualliflar juda kam. Ayol-muharrirlar ham o‘z ijodiy va ma’muriy salohiyatini gender masalalari bo‘yicha taniqli erkaklar - davlat va jamoat arboblari, deputatlarni jalb etgan holda bahs-munozaralarni tashkil etishga safarbar etishlari mumkin. Beshinchidan, gender stereotiplarini bartaraf etishda sotsiologik tadqiqotlarning ahamiyati katta. Mazkur imkoniyatdan O‘zbekiston OAV juda sust ravishda foydalanmoqda. Gender mazmunidagi chiqishlarda sotsiologik tadqiqotlarning kompleks tahliliga bag‘ishlangan materiallar deyarli uchramaydi. Bu ma’noda olimlar R.Ubaydullayeva va M. Xojimurotovlarning “Ayolga nima halaqit qilmoqda”30 sarlavhali maqolasida quyidagilar bildirilgan: «Ayollar orasida jamoat ishlab chiqarishning turli jabhalarida faol ijtimoiylashuvning o‘rniga an’anaviy turmushning ustuvorligi saqlanib kelmoqda. Davlat sa’y-harakatlariga qaramasdan ayollar ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarga jalb etilmagan, ularga nisbatan qilingan adolatsizlik holatida aksariyat xotin-qizlar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila olmaydi; o‘zini past baholash kayfiyati saqlanib keladi. … Ayollarning faqatgina beshdan bir(so‘rov o‘tkazilgan ayollar sonidan-muall.) qismi davlat va jamiyat uchun ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shahs sifatida gavdalanish ustivor deb tan olgan”. Bunday xulosalar turkum OAV chiqishlariga asos solishi mumkin. Aslida ham, sotsiologlar jurnalistlarga qaysi yangi mavzu va muammolarni matbuot sahifalariga olib chiqish zarurligini ko‘rsatib beradilar. Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil etishga yana huquqshunos, ruhshunos va boshqa mutaxassislarni jalb etish joiz. “Bizda ayollar va erkaklar teng huquqligi ta’minlangan, huquqi kamsitilgan har bir kishi, shu jumladan, xotin-qizlar ham, huquq idoralari, sudlar, prokuratura, inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro va nodavlat tashkilotlariga murojaat etishi, o‘z huquq va erkinliklarini tiklashi mumkin. – deydi tadqiqotchi N.Nishonova. – Shunday bo‘lsa-da, ijtimoiy hayotda rang-barang, murakkab va ziddiyatli hollar yuzaga keladiki, ular diskriminatsiya va segregatsiyaga yo‘l ochadi. Bunday salbiy hollarning kelib chiqishi kishilarning o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilmasligidadir. Maxsus tadqiqotlar natijalari ko‘rsatadiki, Xorazm (52%), Andijon (49%)/ Sirdaryo (43,1%), Buxoro (31,7%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (58,3%) respondentlari o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilishadi. Qashqadaryo (69,1%), Navoiy (76,2%), 30

Что мешает женщине.// Новый век. 2004. 22 - 28 января.

Toshkent viloyatlari (65,9%) va Toshket shahrida (63,6%) yashaydigan saylov ishtirokchilarining aksariyati o‘z huquqlari bilan shunchaki, yuzaki tanish. Surxondaryolik respondentlarning uchdan bir qismi (30.7%) fuqarolik huquqlarini umuman bilmaydi. Xotin-qizlar (respondentlar) orasida o‘z huquq va erkinliklarni bilmaydiganlar soni erkaklarga nisbatan 1,5 barobar ko‘pdir”31. Oltinchidan, saylovoldi kampaniyasi saylov kunining ertasiga boshlanishi xususidagi demokratik andozaga ko‘ra, OAV bugunning o‘zida katta siyosat maydoniga loyiq bo‘lgan ayol-nomzodlar haqida serqirra materiallar chop etishi mumkin. Bunda ayol-siyosatchilarning hokim, vazir, diplomatiya arbobi sifatida muvaffaqiyatli ish olib borishi haqida portret materiallar berib borishi katta samara beradi. Markaziy Osiyo, Sharq xalqlari tarixida va bugungi hayotida ko‘plab uchraydigan yetakchi ayollar portretlarini berib borish ham maqsadga muvofiq. Yettinchidan, O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ziyodrog‘ini tashkil etuvchi yoshlarning gender savodxonligi va madaniyatini oshirishda matbuotning o‘rni beqiyos. OAV orqali bolalar, o‘smir va yoshlar, ya’ni auditoriyaning mazkur qismi vakillari bilan genderning turli jihatlari borasida muntazam muloqot olib borish zarur. OAV vositasida aholi erkak qismining gender borasidagi bilimlarini ham oshirish zarur. Hozirga qadar bu yo‘nalishda jurnalistlar erkaklar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormadi. Shu bois ham erkaklarning ayollarga, ularning ijtimoiy faoliyatiga munosabati o‘zgarayotgani matbuot chiqishlari orqali kuzatilmayapti. Jahon tajribasida shunday misollar borki, aynan erkaklar diniy, milliy va madaniy qadriyatlarga tayanib, ayollarning ijtimoiy faolligini ta’minlash uchun barcha sharoitlarni yaratishga erishgan. Masalan, Malayziyadagi MARA universitetining xodimlari va talabalarining kattagina qismini xotin-qizlar tashkil etadi. Mazkur dargohda ayollar islom dini qoidalariga amal qilgan holda faol ravishda ilmiy va jamoat ishlari bilan mashg‘ul, ularning ko‘pchiligi mas’ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatadi. Demak, gender ziddiyatlar diniy yoki milliy qadriyatlarga emas, balki ularni talqin etish va qabul qilishga, muayyan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yoki tanazzuliga, jamiyatdagi ayol o‘rniga, jinslar funksiyalariga bog‘liqligi ayon bo‘lmoqda. Bunda iqtisodiy va ijtimoiy o‘sish qancha yuqori bo‘lsa, shunga mos ravishda inson huquqlari qaror topadi hamda gender assimetriyasi bartaraf etiladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, ayollarning erkaklar bilan tengligi konstitutsion kafolatlanishini ta’minlashda hamda ularning huquq-erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishda, ayollarning fuqarolik, ijtimoiy va oilaviy funksiyalari mazmunini o‘zgartirish borasida, ularning huquqiy va siyosiy madaniyatlarini oshirishda; mazkur 31

Дунёқарашлар диалоги: аёл ва жамият тараққиёти. / Республика илмий-назарий конференцияси материаллари, 5 март 2014 йил. – Т.: ЎзМУ, 2014. – Б.189.

masalalarni hal etish jarayonida boshqaruv, huquqiy, ijtimoiy, siyosiy mexanizmlarni shakllantirishda OAVning o‘rni beqiyos. Davlat va jamiyatning ayollarga nisbatan ikkilamchi standartlarni qo‘llashda, gender kamsitilishning ochiq va mavhum shakllarini bartaraf etishda aynan OAV katta ijtimoiy maydonga aylanishi mumkin. Xorijiy matbuot amaliyotida ham yuqorida qayd etilgan gender stereotiplarini kuzatish mumkin. GMMP 2005-yilgi hisobotida ayollar mavzusiga ikkinchi darajali masala sifatida qaralganini, yangiliklarning atigi 21 foizi xotin-qizlar ishtirokida bo‘lganini qayd etgan. Xotin-qizlar ishtirokidagi yangiliklar(foizlarda) ko‘rsatkichi (GMMP, 2005) Afrika Osiyo Karib Yevropa Lotin Yaqin Shimoliy Tinch mintaqasi Amerikasi Sharq Amerika okeani mintaqasi 18

19

25

21

23

15

26

26

Mazkur tadqiqotga muvofiq, ayol-qahramonlarni yulduzlar hayoti, san’at olami kabi “yengil” yangiliklardan topish mumkin (bu turdagi yangiliklarning 28 foizi ayollar haqida). Biroq siyosat, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot singari “og‘ir” yangiliklarda ayollar kam uchraydi. Stereotiplarning avj olishi nainki jamiyatning ayollarga nisbatan ishonchsizligi ortishiga, eng xatarlisi, xotin-qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi susayishiga olib keladi. Aksar jamiyatlar tutumi muayyan vazifalar jinsga ko‘ra taqsimlangan degan xato qarashga asoslanadi va bu qarash tilga ham o‘rnashib bo‘lgan. Jurnalist o‘z maqolasida kraftsman (hunarmand), biznesmen (ishbilarmon), fayrmen (o‘t o‘chiruvchi), policmen (politsiyachi) singari jinsiy mansublikka asoslangan istilohlardan foydalanar ekan, xotin-qizlar bu vazifalarni bajarishga qodir emas yoki ular istisno degan yanglish qarashga xizmat qilayotgani xayoliga ham kelmaydi. Gender tengligi g‘oyasiga ko‘ra esa erkak ham, ayol ham bu kabi tor qarash va cheklovlardan xalos bo‘lishi zarur. OAVning asosiy mavzularida ayollar (foizda)ulushi GMMP, 2005 Yulduzlar Jamiyat va Jinoyat va Ilm-fan va Iqtisodiyot Siyosat va hayoti, qonun zo‘ravonlik sog‘liqni davlat san’at va saqlash boshqaruvi sport 28

28

22

22

20

14

“Genderga muvofiq materiallar tayyorlash u qadar mushkul emas. Buning uchun mavzuga ijodiy yondashish – material kimga mo‘ljallangani, kimni qahramon qilib olish, u qay yo‘l va maqsadga xizmat qilishi kabi masalalarda puxta o‘ylash kerak, xolos”, deydi GMMP xodimi Margaret Gallagher.

OAV da jurnalistlar gender stereotiplariga yo‘l qo‘ymasligi borasida GMMPing ayrim TAVSIYALARI: • Maqola uchun o‘ta zarur bo‘lmasa, ayollarning tashqi ko‘rinishi, nikohlangani yoki oilaviy ahvoliga doir ma’lumotlarni keltirmasa bo‘ladi (yaxshisi, jurnalist o‘ziga savol berib ko‘rsin: qahramonim erkak bo‘lganida, materialda shunday ma’lumotlarni keltirarmidim?). • Muhimi, material qanday auditoriyaga mo‘ljallanganini bilish, ekspertlar hamda guvohlarni tanlashda gender muvozanatiga rioya qilish lozim. Gender muvozanatiga asoslangan materiallarni ko‘paytirish uchun intervyu bera oladigan va zarur paytda topish mumkin bo‘lgan ayol va erkak-ekspertlar ro‘yxatini tuzish maqsadga muvofiq. • Materiallarda ayollarning o‘z ism-sharifi, lavozimi va maqomini ko‘rsatish zarur. “....-akaning umr yo‘ldoshi yoki …ning rafiqasi” qabilidagi ta’riflar ma’qul emas. • Ayollarning oilaviy ahvoliga urg‘u berib, uning faoliyat ko‘lamini chegaralovchi “uch - besh- olti bolaning onasi” kabi tavsiflardan chekinish yoki xotin-qizlarni jo‘nlashtiradigan, kamsitadigan va obro‘sizlantiradigan holatlardan ehtiyot bo‘lish zarur. Jinsiy mansublikka urg‘u berib, yanglish qarashning tarqalishiga yo‘l qo‘maslik kerak. “Erkak sanitar” yoki “ayol doktor” kabi sifatlashlar ayni shunday yanglish qarash mevasi, negaki, buning zamirida ayol kishining doktor bo‘lishi noodatiy hol yoki bemorni parvarishlash erkakka xos emas degan qarash yashiringan. • Har ikki jins vakillarini inson sifatida tanitishga harakat qilish, shaxs huquqini cheklovchi tavsiflardan yiroq bo‘lish maqsadga muvofiq. Bu boradagi bahs-u munozaralar ko‘lamini kengaytirish hamda gender muvozanatni ta’minlash borasidagi xabardorlikni oshirish yo‘lida jurnalist faoliyati doirasida ayollarga taalluqli masalalarning erkaklarga yo‘naltirilgan mavzular bilan teng yoritilishi uchun intilish katta samara beradi. OAV chiqishlarida gender muvozanatini ta’minlash bo‘yicha















• •

Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi TAVSIYALARI Gender masalalarida material tayyorlayotgan jurnalist muammo(lar) ko‘lamini aniqlashi zarur: statistika ma’lumotlari, faktlar va mavzuga doir misollarni jamlash, mavzu va ko‘tarmoqchi bo‘lgan muammo bo‘yicha bir to‘xtamga kelish. Gender yo‘nalishidagi materiallarni berib borish strategiyasini ishlab chiqish lozim. Bunda ko‘zlangan maqsadlarni belgilab olish, jarayonga daxldor va vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni mazkur jabhaga jalb etish, ko‘zlangan maqsad-rejani yana qayta pishiq-puxta ishlash, ish jadvalini belgilash, turkum materiallarni tayyorlashga xizmat qiluvchi qonunchilik me’yorlarini tadqiq etish. Materiallar turkumini tayyorlash jarayonida turli kasaba uyushmalari yetakchilari, a’zolari va sohaga daxldor muayyan guruhlarni, turli NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini mazkur strategiyani amalga oshirishda jalb etish. Gender masalalari bo‘yicha turli jamoat uyushmalari yetakchilari, taniqli siyosiy va jamoat arboblari, ayni ushbu muammolar bilan shug‘ullanuvchi maxsus tashkilotlar, mutaxassislar, ekspert va maslahatchilardan ko‘mak so‘rash. Ayol-jurnalistlarning bu boradagi faolligini ayollar NNTlari, kasaba uyushmalari, turli jamoat birlashmalari, davlat tashkilotlari ko‘magida amalga oshirish mumkin. Jamiyatda gender muvozanatini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan turli huquqiy me’yorlar, Davlat dasturlari, muayyan farmon va qarorlarning ba’zi bandlari va talablari bajarilmay qolishi holatlari ham uchraydi. Shu bois aynan ayol jurnalistlar mazkur masalalarni o‘z chiqishlarida ko‘tarib tahlil qilishlari zarur. Gender mazmunidagi materiallarni tayyorlash jarayonida yetakchi xorijiy OAVning amaliyotidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Buning uchun gender muvozanatini jurnalist ishlayotgan tahririyatda amalga oshirishdan boshlash zarur. Har bir materialda, tahririyatning har bir tadbiri va boshqa tashkilotlar bilan o‘tkazayotgan aksiyalari, hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda gender nazoratini yo‘lga qo‘yish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda jurnalistlar erkak va ayollarning teng ravishda ishtirok etishini ta’minlashga alohida e’tibor berishlari zarur. Tahririyatda ishlaydiigan ayol va erkak xodimlarning teng ravishda gender sezgirligini shakllantirish kun tartibidagi dolzarb masalaga aylanishi zarur. Tahririyatda gender muvozanatini ta’minlash maqsadida eski qarash va qoliplardan voz kechish, ayol va erkak xodimlar maoshi, mehnat sharoiti, lavozimlarga tayinlash, ish vaqti, turli ijtimoiy kafolatlar paketiga









daxldorligiga, malaka oshirishiga, mehnat ta’tiliga chiqishga erishishda tenglik tamoyilini qo‘llash muhimdir. Ilg‘or jahon jurnalistikasi standartlarini tatbiq etish, kasbiy axloq kodeksiga qat’iy rioya qilish, zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlariga qarshi kurash borasidagi jamoa bitimlarini takomillashtirish, oila va ish bo‘yicha uyg‘unlikka erishish va h.k. masalalarni o‘z vaqtida hal etish lozim. Tahririyatlar jamoa bitimlariga gender tengligi shartlarini kiritish maqsadga muvofiq. Jamoaviy muzokaralar jarayonida maosh va moddiy rag‘batlantirish, malaka oshirish, ish soatlari (shu jumladan, erkin ish vaqti), onalik va otalik ta’tili, muhofazaga muhtoj xodimlar (xususan, vaqtincha ishlayotganlar va shtatdan tashqari xodimlar) holati, ishxonada xodimlar obro‘sini muhofaza qilish kabi masalalar qamrab olinishi kerak. Mazkur masalalarning dolzarblik darajasi xotin-qizlar qo‘mitalari yoki gender tengligi bo‘yicha kengashlar vositasida ayollarning o‘zlari tomonidan belgilanishi lozim. “Ayollar masalasi” tushunchasi jurnalistlarning ongida stereotipga aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bil’aks, mazkur masalaning dolzarbligi va ahamiyatini izchil singdirish natija bermasligi aniq. Ayol-jurnalistlar o‘z kasbining to‘laqonli egasi va kasbiy uyushmalarning tenghuquqli a’zosi bo‘lishni istaydi, ayni chog‘da, ishni takomillashtirish, maoshni oshirish kabilar orqali jamiyat ravnaqida ularning hissasi katta bo‘lishiga erishish mumkin. Gender muvozanatini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar natijalarini tahririyat a’zolariga va jamoatchilikka muntazam yetkazib turish zamonaviy ma’muriy va kadrlar menejmentini tatbiq etishing samarali mexanizmiga aylanishi aniq.

OAVda GENDER STRATEGIYASI OAV kanalining gender strategiyasini ishlab chiqishda nimalarga e’tibor berish zarur? OAV kanali siyosati: tahririyat gender tengligining barcha jihatlari, jumladan, ayollarning integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq dasturga egami? NNT hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari imkoniyatlaridan foydalanish: Gender siyosatining barcha jihatlarini ro‘yobga chiqarishda mazkur institutlar imkoniyatidan to‘laqonli foydalana olyaptimi? OAV kanali harakat bosqichlari, gender dasturini amalga tatbiq etish: tahririyat gender siyosati amalga qanday tatbiq etiladi? Auditoriyaning bu boradagi talabehtiyojlarini aniqlash: auditoriyaning genderga doir ehtiyojlari, qiziqishlari, talab va istaklari aniqmi? Auditoriyaning bu boradagi talablari qanday o‘rganiladi? Chop etilayotgan materiallarning gender tahlili auditoriya tomonidan ham amalga oshiriladimi? Bu borada maxsus marketing tadqiqotlari o‘tkazilganmi? Tahririyatda gender mazmundagi qaror qabul qilish: OAV tahririyatida qaror

qabul qilish va ustuvor maqsadlarni belgilashda ayollar manfaati qanchalik inobatga olinmoqda? Tahririyat faoliyati muntazam ayol xodimlarning og‘irini yengil qilishga qaratilgan deb hisoblaysizmi? Axborotni nazorat qilish: Gender yo‘nalishidagi ma’lumotlarni qaysi manbalardan izlaysiz va ular yetarlichami? Qaror qabul qilishda monitoring jarayonini tashkil etganmisiz va aniqlangan raqamlarga suyanasizmi? Asosiy faoliyatingizga baho berishda mazkur ma’lumotlar qanchalik asqotmoqda? Ijodiy jarayonda ayol xodimlar ovozi: OAVda chop etilayotgan barcha materiallarda, tahririyat hisobotlarida, turli tadbirlarda ayollar manfaati qay darajada e’tiborga olinmoqda? To‘siqlarni bartaraf etish: Mediakanalda ayollarning ishtiroki, o‘z fikrini dadil aytishi va yetakchilik uchun kurashishiga to‘siq bo‘layotgan omillarni aniqladingizmi? Agar javobingiz “Ha” bo‘lsa, ularni qanday bartarf etmoqdasiz? Yetakchilik: Mediakanalda yetakchi erkaklar o‘zgarishlar yo‘lida jonbozlik ko‘rsatyaptimi? Erkaklar gender muammolariga e’tiborli bo‘lishi uchun yana qanday chora-tadbirlar ko‘rish mumkin? Mediakanalda ayollar tuzilmasi: OAV tahririyatida ayollar tuzilmasi boshqaruv bo‘g‘iniga qanday ta’sir ko‘rsata olyapti? Maqsaddan og‘ishmaslik: gender muvozanatini ta’minlashda harakatlarni aniq belgilab, ulardan og‘ishmayapmizmi? Ayol xodimlarda faolroq bo‘lish istagi uyg‘ondimi? Samarali natijaga erishish uchun yana qanday ijobiy choralar qo‘llash zarur deb hisoblaysiz? Foto jeno‘inq jurnalista, beruo‘aya intervyu u drugoy jeno‘inq.

3-bob. O‘ZBEKISTON AYOLLARINING UYUSHMA VA BIRLASHMALARDAGI ISHTIROKI

Fuqarolik jamiyati demokratik davlatning ajralmas bo‘g‘inidir. Fuqarolik jamiyati qay daraja taraqqiy etgani uning tarkibidagi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sifati bilan belgilanadi. NNT tarkibida ayollar tashkilotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini shakllantirishga ko‘maklashayotgan ayollar tashkilotlarining muayyan tizimi yaratilgan. Ushbu tizimning asosini O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda “Tadbirkor ayol”, “Olima”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Sharq ayoli” kabi tashkilot va xalqaro jamg‘armalar faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda jami 210 dan ziyod xotin-qizlar NNTlari faoliyat olib bormoqda. NNTlarning 18,5 foizi ayollarni turli Davlat dasturlarini amalga oshirishga, 7,3 foizi qonunlar ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etishga jalb qilmoqda. Ya’ni NNT faoliyati rang-baranglik, ochiqlik, plyuralizmni ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining demokratlashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlash joiz. Endi yetakchilik qilayotgan bunday tashkilotlarning faoliyatiga nazar tashlasak. Foto s sotrudnikami komiteta jenщin 1991-yil 27-dekabrda O’zbekiston xotin-qizlarining Termiz konferensiyasida O’ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR QO‘MITASI ta’sis etildi. U O‘zbekiston xotinqizlarining ixtiyoriy asosida tashkil etilgan bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining yuqori organi Konferensiya hisoblanadi. Konferensiya, qoidaga ko‘ra, 50-60 kishidan iborat xotin-qizlar qo‘mitasining Boshqaruvini saylaydi, uning tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitalari raislari kiradi. Xotin-qizlar qo‘mitasi Rayosat faoliyatiga rahbarlik qiladi. Xotin-qizlar qo‘mitasining yetakchi yo‘nalishlaridan biri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, saylanadigan organlar, siyosiy partiyalar va turli jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Shu bois Qo‘mita har bir siyosiy partiya tarkibidagi “Ayollar qanoti” bilan birgalikda partiyalar a’zosi bo‘lgan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini yaratgan, ayollarning siyosiy faoliyatiga doir statistika ma’lumotlari tahlilini muntazam ravishda olib boradi. Qo‘mita 2006-yildan boshlab siyosiy klub faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Mazkur klub a’zolari o‘z siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birgalikda respublika siyosiy maydonida o‘z iqtidorlarini namoyon etishga intilmoqdalar. Qo‘mita qoshida turli yo‘nalishlarda uyushma, komissiya va to‘garaklar mavjud bo‘lib, ular xotin-qizlarning kasb mahoratlarini, yetakchilik qobiliyatlarini oshirish, ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va turli targ‘ibot ishlarini yuritishga ko‘maklashmoqda. “Ayol va sport” komissiyasi, “Ayol va ekologiya”, “Huquqshunos ayol”, “Ijodkor ayol”, “Ayol va salomatlik”, “Faxriy ayollar” kabi uyushmalar; “Rahbar ayollar”, “Iqtidorli qizlar”, “Orasta qizlar” to‘garaklari faoliyati shular

jumlasidandir. Ikkinchi yirik NNT “TADBIRKOR AYOL” Assotsiatsiyasi hisoblanadi. Ushbu tashkilot 1991-yilda ro‘yxatdan o‘tgan hamda respublikamizning barcha mintaqalarida o‘z filiallariga ega. Asosiy maqsadi - shakllanayotgan mehnat bozorida ayollarning faol ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlik tashabbuslari va turli shakldagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkor ayollarning huquqlarini himoya qilish, o‘zaro ishonch va tadbirkorlikdagi sheriklikni mustahkamlash hamda Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarining ayollari, biznes va madaniy aloqalarini integratsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat. Ta’lim sohasida mazkur NNT biznes-start-apni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini olib borish, biznes-reja, hisob-kitob, marketing, menejment, fermer ho‘jaligini yuritish mutaxassisliklari bo‘yicha o‘z pedagog-trenerlarini tayyorlash; qandolatchilik, gilamdo‘zlik, kulolchilik, zardo‘zlik, mehmonxona ishi kabi 28 ta yo‘nalish bo‘yicha kasbiy ta’lim berish; huquqiy soha va yetakchilik san’ati bo‘yicha ta’lim berish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Maslahatchilik yo‘nalishida tashkilot biznes - eksport menejmenti, turli ko‘rgazmalar o‘tkazish, hamkorlak, jihoz, tovar sotish uchun xorijiy sheriklarni izlash va o‘zaro foydali mustahkam aloqalarni o‘rnatishga intiladi. Bundan tashqari, psixologiya, etika, qulay ish va mehnat sharoitlari yaratish hamda tashkilotchilikni rivojlantirish bo‘yicha turli maslahat amallari yo‘lga qo‘yilgan. Hozirga qadar “Tadbirkor ayol” Assotsiatsiyasi tomonidan 50 320 nafar ayollarga kasbiy ko‘nikma bo‘yicha ta’lim berilib, ularning 80 foizi ish bilan ta’minlandi. 43000 nafar ayolga esa biznes olib borish ko‘nkmalari o‘rgatilib, ularning 75 foizi o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Yana 6000 nafar ayollar yetakchilik san’atiga o‘rgatildi. “Tadbirkor ayol” Assotsiatsiyasi "Kredit uyushmalari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Mikrokreditlar to‘g‘risida”, “Tadbirkorlikni rivojlantirishni kafolatlash to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilishda, Vazirlar Mahkamasining qator Qarorlariga o‘zgartirish kiritish va yangilarini qabul qilishda faollik ko‘rsatdi. Tashkilot “Globallashuv, BST, barqaror rivojlanish”, “Qishloq ho‘jalik, BST barqaror rivojlanish tarkibida”, “Hayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish”, “O‘zbekiston korxonalarining raqobatbardoshligi va unumdorligini oshirish bo‘yicha tadqiqot”, “Jamoa turidagi tashkilotlar tadqiqoti” kabi ilmiy tadqiqotlarni ham amalga oshirgan. Bundan tashqari, turli yillarda Assotsiatsiya “O‘zbekistonda A dan Ya gacha bo‘lgan korxonalarni tahlil qilish”, “Ayollar tadbirkorligining muvaffaqiyatli tashabbuslari”, “Ayollar tadbirkorligining tahliliy sharhi”, “Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida NNT roli”, “O‘zbekiston ayollari va erkaklari”, “O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkildotlari bo‘ylab”, “Mahalliy hamjamiyat yetakchilari uchun qo‘llanma” kabi risola va kitoblarni chop etgan. “SOG‘LOM AVLOD UCHUN” xalqaro xayriya jamg‘armasi mustaqil jamoat tashkiloti bo‘lib, 1993-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Farmoniga binoan tashkil topgan. Uning maqsad va vazifalari jismonan baquvvat, ma’nan etuk, ruhan tetik farzandlar tarbiyalashni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, oilalarda sog‘lom avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak mas’uliyat psixologiyasini shakllantirishda ko‘maklashishdan iboratdir. Jamg‘armaning asosiy vazifalari: respublika aholisi genofondini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlarning kuch-g‘ayratlarini muvofiqlashtirish; yosh avlod sog‘ligini saqlash va mustahkamlash asosida o‘zbek xalqining intellektual, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini tubdan oshirish; tug‘ruqxonalar va bolalar muassasalarining moddiy-texnik negizini mustahkamlashga ko‘maklashish, bu sohadagi ilg‘or yutuqlarni tibbiy va umumta’lim muassasalari faoliyatiga joriy qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga ko‘maklashish hamda tegishli korxonalar yaratish hisobiga mazkur muassasalarni yangi samarali davolash vositalari bilan ta’minlash; barkamol avlodni tarbiyalash va inson yashashi uchun qulay muhitni yaratish haqidagi jamoatchilik fikrini shakllantirish; shu maqsadda BMT, boshqa xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlarning fan, iqtisodiyot, siyosat sohasidagi yetakchi arboblari bilan hamkorlik qilish. Hozirgi vaqtda jamg‘arma o‘z faoliyatini aholining tibbiy madaniyatini oshirish; Mehribonlik uylari, maxsus bolalar muassasalari va kam ta’minlangan oilalarga muruvvat yordamini ko‘rsatish; yosh oilalarni patronajga olish; iste’dodli bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ayollar va bolalar dam olishini o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish; xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida olib bormoqda. “OLIMA” ayollar uyushmasi 1992- yilda 13 nafar olima-ayol tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uyushmaning asosiy maqsadi - ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lgan, shuningdek, ilmiy-tarbiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, tinchlik va xavfsizlik manfaatlarida, xalqaro insonparvarlik yo‘lidagi hamkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan ayollarning kuch-g‘ayratlarini birlashtirishdan iborat. Uyushmaning sa’y-harakatlari yana intellektual, ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga, ayollarning kasbiy malakasini oshirishga, yangi bilim sohalariga kirib borishlariga ko‘maklashishga, mahalliy, milliy va xalqaro tashkilotlarga rahbar lavozimlarga ayol-nomzodlarni ko‘rsatish, ularga huquqiy, ijtimoiy maslahatlar va boshqa ko‘rinishdagi ko‘maklarni ko‘rsatishga qaratilgan. “Olima” uyushmasi fanning turli yo‘nalishlari vakillari bo‘lgan 19 nafar olima ayollardan iborat o‘z boshqaruv organiga ega. Tashkilotning filiallari respublikaning 12 viloyati hamda Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istonda faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, “Olima”ning boshlang‘ich tashkilotlari respublika Fanlar Akademiyasida hamda 74 ta oliy o‘quv yurtlarida ochilgan. “Olima” uyushmasi 2013-yilda ikkita xalqaro tashkilotning a’zosi bo‘lgan, bular: Ilm, texnologiya, injener va matematika sohasidagi ayollar tashkiloti hamda Rivojlanayotgan mamlakatlar ilm-fanidagi ayollar tashkiloti. 2010-yilda iqtidorli yosh olimalar o‘rtasida “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovi tashkil qilinishi qizlar uchun

yana bir imkonyat bo‘ldi. Bugungi kunda jami 7 nafar akademik, 700 nafar fan doktori va 7000 nafardan ziyod fan nomzodi ilmiy darajasiga ega ayollar fan taraqqiyotining turli sohalarida ilmiy faoliyat olib bormoqdalar. Yana bir “ixtisoslashgan” NNT 1999-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston AyolYuristlar jamoat uyushmasi hisoblanadi. Uyushma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy bilimlar targ‘ibotini olib borish, huquq yo‘nalishidagi turli o‘quv-uslubiy materiallar, qo‘llanma va risolalarni nashrga tayyorlash va tarqatish; huquqiy maslahat va xizmatlar taklif etish. Farg‘ona, Samarqand, Nukus, Buxoro va Jizzax shaharlarida mazkur uyushmaning bo‘linmalari mavjud. “SHARQ AYOLI” Xalqaro ayollar jamg‘armasi 1999-yilda tashkil topgan. Uning asosiy maqsadi – ayollarning iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy huquqerkinliklarini himoya qilish va amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha jabhalarida ularning faolligini oshirish, ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ona va bola salomatligini saqlash, oila va jamiyatdagi ayolning tarbiyaviy rolini oshirish, xalqlar va millatlar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlik va do‘stlikni mustahkamlash. Mazkur jamg‘arma Qozog‘iston va Tojikistonda ham o‘z vakolatxonalariga ega. Jamg‘arma tarkibida “Iqtidorli bolalar” xalqaro-innovatsion loyihasi, “QADIMIY YURT” ilmiytadqiqot markazi, Axborot-ta’lim Markazi, Axborot va texnik ko‘mak markazi, “SHARQ MEDIA GROUP” Markazi, “Gulbiyor” oila markazi, “Savob” inson taraqqiyoti Markazi, “Yassaviya” ilmiy-sog‘lomlashtirish Markazi, “HAZRATI IMOM” ilmiy-tadqiqot Markazi, NETDEC IT-kompaniyasi, “KASANACHILIK LYUKS” korxonasi va boshqa bo‘linmalar faoliyat yuritadi. Mazkur bo‘linmalar innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali inson taraqqiyotini ta’minlashda hissa qo‘shib kelmoqda. Hususan, jamg‘arma qoshidagi “Savob” umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot Markazi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi”, “Sog‘lom oila”, “Zamonaviy inson psixologiyasi” kabi loyihalar amalga oshirildi. Malaka oshirish doirasida qo‘shimcha ta’lim sohasida “International Shark Network” deb nomlangan nodavlat o‘quv markazi tashkil etildi. 2010-yilda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish Agentligi bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik doirasida “O‘zbekiston XX1-asrda raqamli formatda” deb nomlangan innovatsion-tadqiqot loyihasini amalga oshirdi. IT-texnologiyalar sohasida yetakchilik qilayotgan Microsoft, Intel, HP, Fujitsu, PS-Ware, Soft Line va boshqa shu kabi kompaniyalar venderlari hamda milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning intellektual salohiyatini birlashtirishni nazarda tutadi. Ayollar diplomatiyasi vositasida jamg‘arma yangi NNT tashkil etish va rivojlantirish faoliyatida ham ishtirok etadi. Misol tariqasida “Mehr” xotin-qizlar NNT respublika birlashmasini keltirish mumkin. Jamg‘armaning yana bir strategik maqsadi - qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishdir. Mazkur maqsadga erishishda

jamg‘arma tarkibidagi moliyaviy-investitsion departamentning ahamiyati katta. 2008yilda jamg‘arma yana bir qiziqarli innovatsion loyiha – “Iqtidorli bolalar” dasturini amalga oshirdi. Umuman, jamg‘arma 10-yillik faoliyati davomida Davlat dasturlarini bajarish doirasida 60 dan ziyod turli loyihalarni hayotga tatbiq etdi. O‘ZBEKISTON NNT MILLIY ASSOTSIATSIYASI (NANNOUz) 2005yil 18-mayda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 150 ta NNT tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning faoliyati huquqiy, ayollar va yoshlar, ekologik-iqtisodiy va ijtimoyi-gumanitar yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda. Assotsiatsiya a’zolari jamoatchilikning gender masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirish yo‘nalishida ham faoliyat olib boradi. 2006-yilda tashkilot ekspertlari ayollarning kamsitilishining turli shakllarini bartaraf etish bo‘yicha BMT qo‘mitasining 36-sessiyasi ishida ishtirok etdilar. Bundan tashqari, O‘zbekistonning turli mintaqalarida xotin-qizlarga ruhiy, jismoniy, ijtimoiy reabilitatsiya, huquqiy savodxonlik, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish, turli sohalar bo‘yicha maslahatchilik xizmatini ko‘rsatuvchi, bandlikka ko‘maklashishi va turli o‘quv kurslari va markazlari ishini yo‘lga qo‘ygan ko‘plab mahalliy NNTlar faoliyat yuritmoqda. Misol tariqasida O‘zbekiston xotinqizlari Qo‘mitasi tashabbusi hamda BMTning UNFPA - Aholishunoslik jamg‘armasining moliyaviy ko‘magida ayollar uchun mamlkatimizning 8 ta (Andijon, Namangan, Farg’ona, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) mintaqasida ijtimoiy moslashuv Markazlari tashkil etildi. 2014-yilda mazkur Markazlarga murakkab vaziyatga tushib qolgan jami 2 729 nafar xotin-qizlar bevosita, yana 1874 nafari ishonch telefoni orqali murojaat qildi. 519 nafar ayolga psixologik, 541 nafariga huquqiy yordam, shu jumladan, 82 nafar ayolga sud ishlarida ko‘mak ko‘rsatildi. 818 nafar ayol sog‘lomlashtirildi. Yana 390 nafar xotin-qizlarga kasbiy ko‘nikma egallashlari uchun sharoit yaratilib, ularni ish joyi bilan ta’minlashga erishildi. Ko‘rinib turibdiki, xotin-qizlar NNTlari ayollarning kasbiy malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda va O‘zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati taraqqiyotiga ham hissa qo‘shmoqda.

Syuda nujna informatsiya po jenskim NNO po viloyatam respubliki

Endi xalqaro tajribaga murojaat etamiz. BMTning Ayollar ahvoli bo‘yicha umumjahon anjumani (Pekin, 1995) Harakat Platformasida gender tengligi targ‘ibotida kasaba uyushmalarining roli katta ekani e’tirof etilgani bu borada muhim qadam bo‘ldi. Ushbu hujjatda hukumatlar va jamiyatning barcha a’zolari

quyidagilarga da’vat etilgan: “Jamoaviy muzokaralarni ayollarga noteng maosh to‘lashga barham berish hamda ish sharoitlarini yaxshilash yo‘lidagi muhim mexanizm va huquq sifatida tan olish; Ayollarning kasaba uyushmalari boshqaruviga saylanishini qo‘llab-quvvatlash va ayollar manfaatlarini himoya qilish uchun saylangan kasaba uyushmalari rasmiylari ish o‘rnini saqlash va xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularning jismoniy xavfsizligini kafolatlash”. Ayollarning yetakchilik vazifalaridagi ishtirokini kengaytirishga oid ijobiy tajribalarni ommalashtirish Quruq bayonotlar gender tengligiga erishishda natija bermaydi, ayniqsa, ayollarga nisbatan bevosita yoki bilvosita kamsitishlar uchrab turadigan muhitda. Shu bois ham xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari ayollarning yetakchilik vazifalaridagi ishtirokini yanada kuchaytirish maqsadida quyidagi kabi dasturiy harakatlar, ijobiy chora-tadbirlarni amalga tatbiq etmoqda: • ayollarga ijroiya va boshqaruv organlarida zaxira yoki qo‘shimcha o‘rinlar ajratish; • kongresslar, ijroiya va boshqaruv organlari, qo‘mitalar, muzokara guruhlari, ta’lim va malaka oshirish dasturlarida va boshqalarda ayollar ishtiroki bo‘yicha kvota yoki muayyan miqdoriy mezon belgilash; • mutanosiblik tamoyiliga amal qilish; • qo‘sh nomzod, ya’ni kasaba uyushmalari saylovlarida nomzodlar ro‘yxatiga bir paytning o‘zida ayol va erkaklarni kiritish. Gender tengligini qo‘llab-quvvatlash: Kasaba uyushmalari uchun ma’lumotlar to‘plami. Xalqaro Mehnat Tashkiloti. 4 -bob. MANBALAR VA MANZILLAR 1. Gender tengligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi// http://un.org/Overview/rights.html Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya va uning Fakultativ protokoli// http://www.un.org/womenwatch/daw/cedaw Ayollar ahvoli bo‘yicha IV umumjahon anjumani, Pekin, 1995//. http://www.un.org/womenwatch/daw/beijing/platform/plat1.htm BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari.// http://www.un.org/millenniumgoals/

2. OAVda gender tengligi bo‘yicha Genderga oid havolalar Ayol va erkak yangilik yozadi.// http://www.genderlinks.org.za/page.php?p_id=236 “Oynavand shift”ni tadqiq etish// http://www.genderlinks.org.za/page.php?p_id=360 OITS/OIV va gender masalalarining boshlang‘ich tadqiqi.// http://www.genderlinks.org.za/page.php?p_id=308 NNTlarning OAV gender auditi.// http://www.genderlinks.org.za/page.php?p_id=320 3. Yangiliklarni kim yaratadi? Jahon OAV monitoringi loyihasi (2005). // http://www.whomakesthenews.org/ 4. Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi Ayol jurnalistlar maqomi, 2001.// http://www.ifj.org/en/articles/ifj-survey-on-the-status-of-womenjournalists-2001 Yevropa jurnalistlari federatsiyasi tadqiqoti: Yevropa birlashuvi jarayonida ayol jurnalistlarning o‘rni, 2006. //http://www.ifj.org/assets/docs/118/144/bad0a76-d2b7b90.pdf Gender va OITS/OIVga oid ma’lumotlar to‘plami.// http://www.ifj.org/en/articles/resource-pack-on-gender-and-hivaidsSiyosatchilar Portreti. // www.portrayingpolitics.net Ayollarga qarshi zo‘ravonliklarni yoritishga doir tavsiyalar.// http://www.ifj.org/assets/docs/185/063/c3093b9-8c8e63f.pdf 5. YUNESKO Gender bilimdonligi: ta’lim sohasi rahbarlari, o‘quv dasturlari va moddiy-texnika ishlab chiqaruvchilar hamda OAV xodimlarining genderga oid bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma.// http://portal.unesco.org/en/ev.phpURL_ID=39252&URL_DO=DO_TOPIC&URL_SECTION=201.html Gender, ixtiloflar va jurnalistika. Janubiy Osiyo mintaqasi bo‘yicha ma’lumotnoma.// http://unesdoc.unesco.org/images/0014/001439/143925E.pdf Axborot jamiyatida gender masalalari.// http://unesdoc.unesco.org/images/0013/001329/132967e.pdf 6. Yetakchilik Yetakchilik iqtidorini oshirish bo‘yicha qo‘llanmalar.// http://leadershiptrainingtutorials.com/index.php?q=Women_Leadership_roles Huquqlar, taraqqiyot va tinchlikni o‘rganish bo‘yicha ayollar birdamligi.//

http://www.learningpartnership.org/docs/engltcmanual.pdf 7. Ziddiyatlar va qonli to‘qnashuvlarni yoritish “Dart” markazi Fojialar va jurnalistika. / /http://www.dartcenter.org/media/en_tnj.pdf Bolalar va qonli to‘qnashuvlarni yoritish.// http://www.dartcenter.org/media/covering_children_web.pdf Bolalar va qonli to‘qnashuvlar, tabiiy ofatlar, qotilliklar, o‘z joniga qasd qilish hamda maishiy zo‘ravonliklarni yoritish, jabrdiydalardan intervyu olish, fojiadan keyingi ruhiy beqarorlik, jurnalistlarning o‘z-o‘zini himoya qilish, jinsiy zo‘ravonlik hamda fojiaviy sanalarga oid tavsiyalar.// http://www.dartcenter.org/quick_tips/index.php 8. Xalqaro axborot xavfsizligi instituti INSI- SIDA. Urushni yoritayotgan ayollar haqida hisobot.// http://www.newssafety.com/images/stories/pdf/programme/wrw/ wrw_finalreport.pdf Chegara bilmas reportyorlar tayyorlagan risola: Jang maydonida faoliyat yuritayotgan ayollar.// http://www.newssafety.com/images/stories/pdf/programme/wrw/wrw_brochure.pdf 9. Ishchi ayollar huquqlari Xalqaro Mehnat Tashkiloti • XMTning Asosiy tamoyillar va huquqlar to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi. • XMTning Teng haq to‘lash to‘g‘risidagi 100-konvensiyasi, 1951 • XMTning Oilaviy majburiyatli mehnatkashlar to‘g‘risidagi 156-konvensiyasi, 1981. • XMTning To‘liqsiz ish vaqti to‘g‘risidagi 175-konvensiyasi, 1994. • XMTning Uyda ishlash to‘g‘risidagi 177-konvensiyasi, 1996. • XMTning Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 183-konvensiyasi, 2000. http://www.ilo.org/ilolex/english/convdisp1.htm Gender tengligini qo‘llab-quvvatlash: kasaba uyushmalari uchun ma’lumotlar to‘plami.// http://www.ilo.org/public/english/employment/gems/advance/trade.htm Ishchi ayollar huquqlari va gender tengligining “alifbo”si.// http://www.ilo.org/dyn/gender/docs/RES/68/F1962744474/ABC%20 of%20women%20workers.doc 10. Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (ITUC) Ishxonalarda jinsiy zo‘ravonlikni to‘xtatish.// http://www.ituc-csi.org/IMG/pdf/Harcelement_ENG_12pgs_BR.pdf ITUC hisoboti: Dunyo bo‘ylab noteng maosh amaliyoti, 2008./

/http://www.ituc-csi.org/IMG/pdf/gap-1.pdf Gender tengligiga erishish: kasaba uyushmalari uchun qo‘llanma.// http://www.ituc-csi.org/IMG/pdf/manuel_ENGOK.pdf 11. FOYDALI MANZILLAR Jurnalistlar xavfsizligi va jarohatlanishlar “Dart” markazi.// www.dartcentre.org/global/europe/index.php Xalqaro axborot xavfsizligi instituti (INSI).// http://www.newssafety.com Matbuot erkinligi. 19-modda – Article 19.// www.article19.org Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi .// http://www.cpj.org/ Fikr erkinligi bo‘yicha xalqaro almashuv – International Freedom of expression exchange (IFEX). // http://www.ifex.org/ Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (IFJ).// www.ifj.org Xalqaro matbuot instituti (IPI).// http://www.freemedia.at/cms/ipi/ Chegara bilmas reportyorlar.// http://www.rsf.org/rubrique.php3?id_rubrique=20 12. OAVda ayollar Amerika radio va telekanallarida faoliyat yurituvchi ayollar.// http://www.awrt.org/ Arab ayollari matbuot markazi.// http://www.ayamm.org/index2.htm Asmita (Nepal).// http://www.asmita.org.np/ Sportga ixtisoslashgan ayol-jurnalistlar uyushmasi (AQSH).// http://www.awsmonline.org/ Ayol-jurnalistlar uyushmasi (Fransiya).// http://www.femmes-journalistes.asso.fr/ Kanada kommunikatsiya tizimida faoliyat yurituvchi ayollar/// http://www.cwc-afc.com/ Famedev (Afrika).// http://www.famedev.org/ Genderlinks (Janubiy Afrika).// http://www.genderlinks.org.za/page.php?p_id=1 Global Media Monitoring Project (GMMP).// http://www.whomakesthenews.org/

Radio va TVda faoliyat yurituvchi ayollarning xalqaro uyushmasi. // http://www.iawrt.org/ Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi. // www.ifj.org/en/pages/gender-issues (genderga oid sahifa) OAV jamg‘armalarida faoliyat yurituvchi ayollarning xalqaro tashkiloti. // http://www.iwmf.org Internews // http://www.internews.org/ O‘rta yer dengizi mintaqasi OAV uyushmasi–Mediterranean Media Associazione // http://www.medmedia.org/ Mediz (Turkiya) // http://www.mediz.org/Kategori/13/1/English.aspx OAVda faoliyat yurituvchi ayollar tarmog‘i, Hindiston.// http://www.nwmindia.org/ Nasroniy OAV xalqaro uyushmasi. // http://www.waccglobal.org/ Matbuot erkinligi bo‘yicha ayollar instituti.// http://www.wifp.org/index.html Finlandiya ayol jurnalistlari. // http://www.kaapeli.fi/naistoimittajat/ OAV va yangiliklar sohasidagi ayollar (AQSH)/// http://www.wimnonline.org/ Women’s Image Network. // http://www.winfemme.com/ 13. Ayollarga bag‘ishlangan yangiliklar Women’s features service.// http://www.wfsnews.org/ Ayollarga oid elektron yangiliklar.// http://www.womensenews.org Ayollar tarmog‘i (Janubiy Afrika).// http://womensnet.org.za/ Ayollarga oid yangiliklar tarmog‘i. // http://womennewsnetwork.net/ 14. Ishchilar huquqlari Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO). // http://www.ilo.org/gender/lang--en/index.htm Xalqaro kasaba uyushmalari federatsiyasi (ITUC).// http://www.ituc-csi.org/spip.php?rubrique1 Amnesty International.//

http://www.amnesty.org/en Taraqqiyot jarayonida ayol huquqlari uyushmasi (ayol huquqlariga oid yangiliklar).// http://www.awid.org/ Beyond Media education. // http://www.beyondmedia.org European Women Lobby.// http://www.womenlobby.org/site/hp.asp?langue=EN Gender statistikasi (Jahon banki tadqiqoti).// http://web.worldbank.org/WBSITE/EXTERNAL/TOPICS/EXTGENDER/ EXTANATOOLS/EXTSTATINDDATA/EXTGENDERSTATS/0,,menuPK: 3237391~pagePK:64168427~piPK:64168435~theSitePK:3237336, 00.html Dunyodagi ayollar tashkilotlari ro‘yxati.// http://www.distel.ca/womlist/womlist.html Human Rights Watch. // http://www.hrw.org/ Mahalliy ayollarga ko‘mak berish instituti.// http://www.iaaw.ca/ BMTning Jenevadagi vakolatxonasi kutubxonasi. // http://www.unog.ch/library YUNESKO (Gender tengligi bo‘yicha portal).// http://portal.unesco.org/en/ev.phpURL_ID=3160&URL_DO=DO_TOPIC&URL_SECTION=201.html BMTning Ayollar taraqqiyoti jamg‘armasi (UNIFEM).// http://www.unifem.undp.org BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP).// http://www.undp.org/ BMTning Ayollar taraqqiyoti bo‘yicha bo‘linmasi (UNDAW).// http://www.un.org/womenwatch/daw/ Ayollar harakati.// http://www.womenaction.org BMTning Ayollar taraqqiyoti bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish va ular malakasini oshirish instituti.// http://www.un-instraw.org/ Women Watch.// http://www.un.org/womenwatch/ O‘zbekiston bo‘yicha manzillar O‘zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi // http://ru.wcu.uz

Tel.: +32 2 235 2200. Faks: +32 2 235 2219 “Tadbirkor ayol” Assotsiyatsiyasi Tel. : +998 (71) 144–35–22, 148–08–75 Faks: +998 (71) 144–35–22 e-mail [email protected] Toshkent sh. Tadbirkor ayollar uyushmasi Tel.: +998 (71) 144–84–11 Faks: +998 (71) 144–39–74 e-mail [email protected] “Opa-singillar” Qibray sh. Nogiron ayollar Assotsiyatsiyasi Tel.: +998 (37195) 611–17 «Sharq ayoli» Xalqaro jamg‘armasi Tel: +998 (712) 49–47–11 Faks: +998 (712) 49–42–39 e-mail: [email protected] Ayol-Yuristlar jamoat uyushmasi Tel.: +998 (71) 135–81–42 Mobil tel. +998 (93) 180–77–09 e-mail: [email protected] Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha: “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (3612) 222–94–54 e-mail: [email protected] “Perzent” NNT Tel.: +998 (361) 223–66–00 Faks: +998 (361) 222–27–94 Mobil tel.: +998 (361) 221–01–04 e-mail: [email protected] Andijon viloyati bo‘yicha: “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (3742) 22–22–54 Faks: +998 (3742) 24–23–77 e-mail: [email protected]

“Madad” Markazi Tel.:: +998 (3742) 25–49–19 Faks: +998 (3742) 25–44–84 e-mail: [email protected] “Hunarmand” Markazi Tel.: +998 (3742) 25–94–34, 29–12–34 Buxoro viloyati bo‘yicha “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (3652) 23–67–64 Faks: +998 (3652) 23–60–21 [email protected] e-mail: “Oydin nuri” krizis Markazi Tel.: +998 (65) 223–58–58 Jizzax viloyati bo‘yicha: “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (37222) 240–51 [email protected] e-mail: “Imkon” tadbirkor-ayollarni qo‘llab-quvvatlash Markazi “Hamdard” ishonch Markazi Tel.: +998 (37222) 240–51, 444–72 Faks: +998 (37222) 358–58 Navoiy viloyati bo‘yicha “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (43622) 545–82 Faks: +998 (43622) 545–82 e-mail: [email protected], [email protected] “To‘maris” markazi Tel.: +998 (346) 512–19–03, 512–29–61 Faks: +998 (346) 512–15–05 [email protected] e-mail: Namangan viloyati bo‘yicha “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (36922) 650–19 Faks: +998 (36922) 615–33

e-mail: [email protected], [email protected] “Zamondosh” Markazi Tel.: +998 (36922) 37–09–53 Faks: +998 (36922) 34–09–95 e-mail: [email protected] Samarqand viloyati bo‘yicha “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (3662) 33–40–03, 33–58–51 Faks: +998 (3662) 34–34–93 e-mail: [email protected], [email protected] “Sabr” krizis Markazi Tel.: +998 (3662) 33–66–66 Faks: +998 (3662) 33–76–90 e-mail: [email protected] “Muruvvat” Markazi Tel.: +998 (3662) 33–50–30 “Bibixonim” Tel.: +998 (3662) 35–21–02, 31–12–62 Sirdaryo viloyati bo‘yicha “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (3672) 26–34–67 Faks: +998 (3672) 26–34–67 e-mail: [email protected] Surxondaryo viloyati bo‘yicha “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.:: +998 (37622) 373–38 Faks: +998 (37622) 276–62 e-mail: [email protected], [email protected] Farg‘ona viloyati bo‘yicha “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (3732) 24–56–47 Faks:: +998 (3732) 24–56–47 e-mail: [email protected]

“Mohlaroyim” xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi Markazi Tel.: +998 (37355) 253–67, 341–19 Faks: +998 (37355) 214–75 e-mail: [email protected] Xorazm viloyati bo‘yicha “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (36222) 617–66 Faks: +998 (36222) 617–66 e-mail: [email protected] Qashqadaryo viloyati bo‘yicha “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (37522) 21–04–95 Faks: +998 (37522) 360–17 e-mail: [email protected] Toshkent viloyati bo‘yicha “Tadbirkor ayol” uyushmasi filiali Tel.: +998 (71) 144–39–74 Faks: +998 (71) 144–84–11 e-mail: bwa-gmn@g,obalnet.uz

XULOSA Huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishni o‘z oldiga strategik maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekistonning har bir fuqarosidan, xoh u ayol, xoh erkak bo‘lsin, bugun, birinchi navbatda, azmu-shijoat, ijtimoiy faollik, mas’uliyat va yuksak huquqiy madaniyat talab etiladi. Oilada, ishxonada, mahallada, turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, tadbirkorlik va siyosat jabhasida millatimizning ayolu-erkaklari yurtimizning ertangi kuniga teng ravishda mas’uldirlar. Bunday mas’uliyatni shakllantirishda, inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda, ayolu-erkalarning qadr-qimmatini teng ta’minlashda milliy OAV va jurnalistlar oldida qator vazifalar turibdi. Ularni bajarish davomida OAV xodimlarining o‘zi ham gender muvozanatiga rioya qilishi, tahririyatlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning ijodiy, kasbiy va tashkiliy salohiyati to‘la-to‘kis namoyon bo‘lishi uchun barcha sharoitlarni yaratish zarur bo‘ladi. O‘zbekiston OAV bu boradagi jahon ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirgani holda milliy taraqqiyotga yuz tutish jarayonida milliy jurnalistikamizga xos bo‘lgan ilg‘or an’analarni ham rivojlantirishi, xotin-qizlarimiz hayotida, kasbiy faoliyatida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, ularning ruhiyati va ertangi kunga bo‘lgan chuqur ishonchini tasvirlovchi ixcham portret, suhbat, esse, lavha, tahliliy materiallar berib borish davr taqozosidir. OAV chiqishlarida dialogning ustivorligi, ularning muayyan auditoriyaga yo‘naltirilganligi, erkak va ayollar timsollarining teng ravishda va teng kesimda gavdalantirilishi jurnalistlarning gender savodxonligi va madaniyatidan darak beradi. Mazkur o‘quv qo‘llanmada jamlangan OAVning gender borasidagi tajribasi tahlili va tavsiyalar jurnalistlarda gender sezgirligi, savodxonligi va madaniyatini oshirishda amaliy ko‘mak beradi, degan umiddamiz.

GLOSSARIY Gender – ingliz tilida jins, qavm ma’nosiga ega, bo‘lib jins(erkak va ayol)ning ijtimoiy rivojlanishini anglatadi. Gender assimetriyasi - erkak va ayolning ijtimoiy rollarini baholashdagi notekislik. Gender yondashuv – muayyan ijtimoiy hodisani anglashda mazkur jamiyatda qabul qilingan erkak va ayollarning ijtimoiy rollariga bo‘lgan munosabat asosidagi yondashuv. Gender sezgirlik - jurnalistikada muayyan ijtimoiy hodisa, voqea va jarayonlarda erkak va ayollarning ijtimoiy rollarini tushunish, ularni baholashda mazkur omilni e’tiborga olish. Gender tahlili - muayyan ijtimoiy hodisa(jurnalistikada – voqea-hodisa, jarayon, mavzu, muammo, hujjat)ni mazkur jamiyatda qabul qilingan erkak va ayollarning ijtimoiy rollari nuqtai nazaridan tahlil qilish. Gender tahlili jamiyatda muayyan davrga xos bo‘lgan gender munosbatlari mazmuni bilan bog‘liq. Gender tengligi –ijtimoiy rollarni(masalan, ishxonadagi vazifalar, saylash va saylanish jarayonida) bajarishda erkak va ayollarga teng munosabat. Stereotip –ma’lum qolip, andoza asosida axborotni qabul qilish va baholash, qoliplashgan tasavvur, qarash, baho. Gender stereotiplari- ma’lum jamiyatga muayyan tarixiy davrga xos bo‘lgan ayol va erkaklarning xatti-harakati va fe’l-atvori xususidagi barqaror, qoliplastirilgan tasavvurlar. Stereotiplar katta uch guruhga toifalanadi. Birinchi guruhni erkak va ayol tabiati xususidagi stereotiplar tashkil etadi. Ikkinchisiga erkak va ayolning oiladagi, kasbiy va boshqa sohalardagi ijtimoiy roli xususidagi stereotiplar kiradi. Uchinchisierkak va ayolning muayyan mehnat turlari bilan bandligi xususidagi stereotiplardir. OAVda gender stereotipilari – matbuot, televideniye, radio, axborot agenliklari, internet-nashrlarda chop etiladigan materiallarda ayol va erkaklar obrazlarini andozalashgan tasavvur asosida gavalantirish, ularga goliplashtirilgan baho berish. Inson kapitali - insonda mujassamlangan qobiliyatlar, ko‘nikma va motivatsiyalar zaxirasi. Uning shakllanishi kundalik extiyojlardga sarflanadigan mablag‘dan tashqari qo‘shimcha sarmoyaga bog‘liq. Inson investitsiyalari sirasiga ta’lim, ishlab chiqarishdagi tayorgarlik, migratsiya, axborot izlash, bolalar tarbiyasini kiritish mumkin. Jinsga ko‘ra kasbiy segregatsiyalash – ayol va erkaklarning muayyan kasblar, tarmoqlar va lavozimlarda barqaror ravishda band bo‘lishi. Kasbiy segregatsiyaning quyidagi ikki tarkibiy - gorizontal (erkak va ayollarning iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va kasblarda nomutanosib taqsimlanishi) va vertikal(erkak va ayollarning lavozimlar iyerarxiyasida nomutanosib taqsimlanishi) ko‘rinishi mavjud. Kamsitilish – muayyan belgi, jihat, xuxusiyatga ko‘ra insonlarni noqonuniy tarzda farqlash, ajratish. Jamiyatda odamlarni jinsi, millati, dini, yoshi, salomatligi, siyosiy qarashlari, oilaviy, moddiy holati va boshqalarga qarab farqlash kuzatiladi. Kvota – aholining muayyan guruhlari(masalan, ayollar)ning qonun bilan

kafolatlangan vakillik normasi. Xalqaro amaliyotda bir necha turdagi kvotalash kuzatiladi: ”Qattiq” kvota – vakillining son jihatidan qat’iy belgilangan va qisqarishi mumkin bo‘lmagan normasi. ”Yumshoq” kvotalash bir o‘ringa tanlovda ikki jins vakillarining ishtirokini anglatadi. Huquq va imkoniyatlar tengligi - Pekin platformasiga ko‘ra erkak va ayollarning gender tengligi o‘zida huquqlar, mas’uliyat, imkoniyatlar tengligini hamda ularning teng sheriklik munosabatlarini mujassamlagan. Nikoh shartnomasi –turmush qurayotgan yoki endi qurmoqchi bo‘layotgan erkak va ayol o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnoma. Uning maqsadi oilada er va xotinning mavjud va kelajakda yuzaga keladigan mulkiy huquqlarini belgilashdan iborat. NNT- nodavlat notijorat tashkiloti.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Каримов И.А. Ўзбекистон хотин-қизларига байрам табриги. 2013 йил 7 март.//Мамлакатимизни янада обод этиш ва модернизация қилишни қатъият билан давом эттириш йўлида.21-том.-Т.:Ўзбекистон, 2013. Б.218. 2. Cовершенствование организационно-правовых основ реализации прав женщин в Узбекистане. Авт. колл.: Асьянов Ш.М., Бакаева Ф.Х., Гасанов М.Ю., Тошбаев С. О.-Т., 2008. 3. Гендер муносабатлари: назарияси ва амалиётига кириш. Илмий мақолалар тўплами.- T.: ЎзР Ч-ҚҚ, БМТРД, ШЭГД, 2007. 4. Грошев И. Политика репрезентации мужского образа в рекламе. // Bестник московского университета. Сер.10. Журналистика. – М., 2000. №4. - С.57. 5. Джаббаров И. Узбеки (этнокультурные традиции, быт и образ жизни). T.: Шарк, 2007. 6. Дунёқарашлар диалоги: аёл ва жамият тараққиёти. / Республика илмийназарий конференцияси материаллари, 5 март 2014 йил. – T.: ЎзМУ, 2014. 7. Дўстқораев Б. Ўзбекистон журналистикаси тарихи. - T.: Ғ.Ғулом номидаги НМИУ, 2009. 8. Женщина. Право. Общество. - T.: Центр по изучению прав человека и гуманитарного права.-Т.: ТГЮИ, 1999. 9. Миралимова М., Степанова Н. Гендер и СМИ Узбекистана. –T.:МЦПЖ, 2008. 10. Таджиева. Освещение гендерных проблем в республиканской прессе Узбекистана. // Гендерное образование: наука и практика. Материалы международной научной конференции, 4-5 ноября 2003 года. - Бухара, 2003. 11. Узбекистан. Гендерная оценка по стране. Гендер и развитие /Центральная и Западная Азия/ 2014). http://www.adb.org/sites/default/files/institutionaldocument/42878/files/uzbekistan-country-gender-assessment-ru.pdf 12. Ўзбекистон оммавий ахборот воситалари ва журналистлари. -T.: MMM, 2003. 13. Alijonova S. O‘zbekiston ayollar nashrlarining tipologik belgilari. Kurs ishi.T.: O‘zMU, 2014. 14. Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya(CEDAW). Birlashgan Mllatlar tashkiloti Bosh Assambleyasida 1979-yil 18-dekabrda qabul qilingan.-T.: FTQQM,2010. 15. Eshboyeva T. O‘zbekistonda xotin-qizlarga mo‘ljallangan jurnallar. Kurs ishi.T.: O‘zMU, 2014. 16. Getting the balance right.Gender equality in journalism.-Brussel, IFJ,2009.

ILOVALAR 1-ilova. Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi kongressi tomonidan ma’qullangan gender siyosati XJF Umumjahon Kongressi rezolyutsiyasi, Janubiy Koreya, 2001 Jurnalistikada tenglikni kengroq targ‘ib etish XJFning 2011-yil 11-15-iyun kunlari Seulda o‘tkazilgan 24-Kongressi Ayollar ishchi guruhi faoliyatini ijobiy baholab, Ijroiya qo‘mitaga XJFning mintaqaviy tuzilmalar orqali va o‘z loyiha-dasturlari doirasida ishchi guruhi (bundan buyon Gender kengashi deb nomlanadi) faoliyatini yanada kengayitirish borasida ko‘rsatma bergan holda, quyidagi Harakat rejasini qabul qiladi: Harakat rejasi 1. Ayollar jurnalistikada Sa’y-harakat: Gender kengashi OAV boshqaruvida ayollar sonini oshirish bo‘yicha eng yaxshi tajribalar sharhini tayyorlashi lozim. Mazkur tadqiqotda jamoaviy muzokaralar natijasida tenglikning ta’minlanishiga doir eng sara misollarga alohida o‘rin berilishi kerak. Jumladan, jamoa shartnomalariga: ota-onalik ta’tili; ijtimoiy muhofaza; ish vaqti; mehnat va oila majburiyatlarini uyg‘unlashtirish; mansabga tayinlash; malaka oshirish talablarining kiritilishi borasidagi eng yaxshi tajribalar qamrab olinishi lozim. XJF kasaba uyushmalari treninglari va boshqa seminarlar orqali eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishga yordam berishi darkor. Milliy uyushmalar eng yaxshi tajribalar o‘z mamlakatidagi jamoaviy muzokaralarda asosiy talabga aylanishini ta’minlashi va XJFga eng sara tajribalarning amaliyotga tatbiq etilgani haqida hisobot berishi lozim. Gender kengashi OAV ayol rahbarlarining axloq kodeksini ishlab chiqishi talab etiladi. 2. Ayollar kasaba uyushmalarida. Ayollarning kasaba uyushmalaridagi ishtiroki va vakilligini kuchaytirish uchun maxsus tuzilmalar ta’sis etish, ularga alohida o‘rinlar ajratish yoki kvota tizimini joriy etish kerakmi? Bu masalada uyushmalar yagona to‘xtamga kelgani yo‘q. Sa’y-harakat: Gender kengashi xotin-qizlar qo‘mitalari va ayollar manfaatini himoya qiluvchi tizimlar faoliyatiga bag‘ishlangan, mazkur tuzilmalar ayollarning kasaba uyushmalaridagi ishtirokini qay yo‘l bilan yaxshilayotgani aks etgan hisobot tayyorlashi lozim. Milliy uyushmalar mazkur tadqiqotdan xotin-qizlar qo‘mitalari va ayollar manfaatini himoya qiluvchi tizimlarni ta’sis etishda foydalanishi, ayni chog‘da, XJFga tuzilmalar tashkil etish natijasi bo‘yicha hisobot berishi lozim. XJF maxsus trening dasturlari va boshqa chora-tadbirlar orqali ayollarning yetakchilik lavozimlariga tayinlanishiga e’tibor qaratishi lozim. Kongress qaroriga ko‘ra, XJF Ijroiya qo‘mitasi ayol jurnalistlarni kasaba uyushmasi harakati qadriyatlari va tamoyillarini targ‘ib etishga chorlovchi Yillik reja ishlab chiqishi lozim.

3. Teng qiymatli ish uchun teng haq to‘lash: Uyushma va XJFga taalluqli muammo Sa’y-harakat: Gender kengashi teng maosh bo‘yicha kampaniya o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishi talab etiladi. Aksiya milliy va mintaqaviy miqyosda uyushtirilishi, amaliyotda ayollarga erkaklar kabi maosh to‘lashga erishuvga xizmat qilishi lozim. XJF teng maosh to‘lash bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni jamlab, bu haqdagi ma’lumotlarni a’zo uyushmalarga milliy miqyosda tatbiq etish uchun yo‘llashi lozim. Har bir mintaqa kampaniya bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi nomzodini ko‘rsatishi talab etiladi. XJF Xalqaro mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi (kasaba uyushmalari markazlarining vakillik muassasasi) bilan birgalikda jarayonni muvofiqlashtirib boradi. Bunda ish beruvchilar ajratayotgan maoshlar haqidagi tahliliy ma’lumotlarga, ish haqi darajalari borasida kasaba uyushmalarining maslahat huquqiga hamda jamoa shartnomalariga eng yaxshi tajribalarni singdirishga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur jarayon doirasida amaliy seminar va uchrashuvlar uyushtiriladi. XJF uyushmalarga milliy strategiyani rivojlantirish borasida ko‘mak ko‘rsatadi hamda har bir mamlakatning o‘ziga xos sharoitini inobatga olgan holda choralar ko‘rishga undaydi. Aksiya Xalqaro Mehnat Tashkilotining ayollar huquqlarini muhofaza qilishga oid barcha konvensiyalari to‘la amalga tatbiq etilishiga erishishni ko‘zlab o‘tkaziladi. 4. OAVda ayollar mavzusining yoritilishi Sa’y-harakat: Gender kengashi OAVda ayollar mavzusining yoritilishiga daxldor guruhlar bilan hamkorlik qilishi lozim. XJF uyushmalarning mavzuni yoritishga oid tajribalarini to‘plash hamda jurnalistika sohasidagi treninglarda bu kabi tavsiyalardan foydalanishni rag‘batlantirishga e’tibor qaratadi. Uyushmalar mavzuni xolis va haqqoniy yoritish masalasiga e’tibor berishi uchun XJF zarur materiallar tayyorlab yordam ko‘rsatadi. 5. XJF Ayollar qanoti: XJFning ayollar elektron pochtalari tarmog‘i mavjud, lekin mazkur bazani yanada kengaytirish kerak. Mazkur jarayon XJF idoralari va hududiy federatsiyalar tomonidan mintaqaviy miqyosda muvofiqlashtirilishi lozim. Sa’y-harakat: elektron pochta manzillari tarmog‘i teng qiymatga ish uchun teng maosh kampaniyasining asosi bo‘lmog‘i lozim. Har bir mintaqa elektron pochta manzillari tarmog‘i muvofiqlashtiruvchisi vazifasiga o‘z nomzodini ko‘rsatishi kerak. Elektron pochtalar tarmog‘ini to‘la muvofiqlashtirishga esa Gender kengashi mas’ul sanaladi. XJF kotibiyati va mintaqaviy idoralar ayollarning to‘laqonli ishtirokini ta’minlash uchun XJF tadbirlari, faoliyati va loyihalariga oid barcha ma’lumotlar ayollar tarmog‘ida tarqatilishini ta’minlashi lozim. 6. Ayollarning XJFdagi o‘rni Sa’y-harakat: Kongress XJFga a’zo uyushmalarni XJF Ijroiya qo‘mitasi lavozimlariga ayol nomzodlar ko‘rsatishga da’vat etadi. Ayollar masalasi XJF faoliyatining ajralmas qismiga aylanishi uchun Kongress yangi Ijroiya qo‘mitasiga faoliyat strategiyasini Gender kengashi bilan hamkorlikda rivojlantirishni buyuradi. Tenglik tamoyili Kongress tomonidan muhokama etilgan barcha masalalarda aks

etishi shart. 7. Trening imkoniyati XJF Ayollar ishchi guruhi milliy uyushmalarga ayol jurnalistlarning treninglarda qatnashuviga keng yo‘l ochish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqishi lozim. Bu dastlabki jurnalistlar treningi, malaka oshirishning keyingi bosqichi hamda maxsus treninglar imkoniyatini o‘z ichiga olishi lozim. XJF yosh xotin-qizlarni o‘z safiga ko‘proq jalb etish uchun universitetlar, jurnalistika fakultetlari, trening markazlari va boshqa muassasalar bilan ijodiy bitim tuzishi darkor.

2-ilova. XJF 25-umumjahon kongressining gender huquqlari bo‘yicha Rezolyutsiyasi, Afina, 2004 Loyiha muallifi: XJF Ijroiya qo‘mitasi Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining 2004-yil 25-30-may kunlari Afinada o‘tkazilgan XXV Kongressi Gender kengashi va Ijroiya qo‘mitasi hisobotini INOBATGA OLIB, Seul Kongressida qabul qilingan Harakat rejasini amalga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarni OLQISHLAB, XJF va barcha a’zo uyushmalar faoliyatining barcha jabhasida ayollarning teng ishtirokini ta’minlash ahdiga SODIQ QOLIB, uyushmalar gender huquqlari himoyasini mintaqaviy muvofiqlashtirish orqali Harakat rejasida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar ro‘yobida talay ijobiy ishlar qilishiga ISHONCH BILDIRIB, Ijroiya qo‘mitasiga quyidagilarni TAVSIYA ETADI: - Gender kengashi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, Harakat rejasi maqsad va vazifalarining XJF faoliyati, xususan, loyihalarni takomillashtirish va mintaqaviy faoliyatda to‘laqonli aks etishini ta’minlash; - hozirga qadar rivojlanish bo‘yicha hududiy seminarlar o‘tkaza olmagan barcha mintaqalarga bu borada moliyaviy manbalar topish, 2007 yilga qadar barcha mintaqalarning uyushishi va o‘z Harakat rejasini belgilab olishiga erishishni XJFning ustuvor maqsadlari sifatida belgilash; - barcha a’zo uyushmalar uchun gender masalasini keng yoyish konsepsiyasi, uni ro‘yobga chiqarish va amalga tatbiq etish usullariga doir tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlantirish, tavsiyalarga, jumladan, gender muammolari va masalalariga doir aniq hayotiy misollar kiritish; - barcha a’zo uyushmalarga gender masalalariga daxldor bitimlarni hamda ularning bu boradagi majburiyatlarini bildirib/eslatib turish; - amaliy chora-tadbirlarni tatbiq etgan a’zo uyushmalarni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish va rivojlantirish, mazkur chora-tadbirlarni kuzatib borish hamda a’zo uyushmalar XJFning gender tengligi siyosatini amalga oshirish bo‘yicha erishayotgan natijalar haqida Kongressga hisobot berish; Gender kengashi ishi uchun kichik byudjet shakllantirish, ayni chog‘da u maxsus loyihalar bilan emas, Boshqaruv qo‘mitasi muhim deb topgan, Gender kengashi va uning Boshqaruv qo‘mitasi dastur va loyihalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanmoqda.

3-ilova. XALQARO AXBOROT XAVFSIZLIGI INSTITUTINING AYRIM TAVSIYALARI • Ayol jurnalistlar ko‘mak va himoyaga oid muhim ehtiyojlarini hamkasblari (erkaklar va ayollar) bilan muhokama qilishga rag‘batlantirilishi va ularning so‘rovi inobatga olinishi lozim. • Har bir kishi ayollarga tegajog‘lik qilish va nomaqbul axloqsiz xattiharakatlarga toqat qilinmasligini yaxshi bilishi shart. Erkak rahbarlar buni bilmog‘i, jinsiy zo‘ravonlik tahdidi va qo‘rquvini inobatga olishi kerak. • Xatarli muhitda harakatlanishga oid treninglarda ayollarning ehtiyojlariga e’tibor qaratish lozim, bu esa, o‘z navbatida, erkak hamkasblari xabardorligini oshirishga yordam beradi. • Erkak, shuningdek, ayol hamkasblar yelkama-yelka faoliyat olib borayotgan boshqa xotin-qizlardan ularga xos ehtiyojlarini izchil o‘rganib borishi lozim. • Biror hududga vazifa bilan yuborishdan oldin ayol jurnalistlar va ularning rahbarlari o‘sha hududning xotin-qizlarga oid odatlari bilan to‘la tanishib chiqishlari kerak. • Jamoatchi sifatida faoliyat yuritayotgan ayol va erkak muxbirlar shtatdagi hamkasblari kabi teng qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Faqat ayollarga xos amaliy maslahatlar: • Xotin-qizlar o‘zi bilan ehtimoliy tahdiddan himoya qiladigan vosita olib yurishi maqsadga muvofiq. • Nikoh uzugi taqib yurish ayrim ko‘ngilsizliklarning oldini olishi mumkin. FOTO s izobrajeniem mujchinы i jenщinы jurnalistov

4-ilova. Xalqaro axborot xavfsizligi institutining OAVda gender tengligini targ‘ib etish bo‘yicha ayrim maslahatlari Yetakchilik: bu borada har bir ayol jurnalist o‘z ish joyining xaritasini tuzishi zarur bo‘ladi. U ishlayotgan OAVda ayollarning yetakchilik darajasini xolis baholash uchun quyidagi jadvalni to‘ldirib, natijalarini hamkasblari va mahalliy kasaba uyushma vakillari bilan muhokama qilishi lozim. Muhokama qancha oshkora bo‘lsa, mavjud tasavvurlar ham shunga monand o‘zgaradi. Tablitsu sxemu iz originala s.7 Faoliyat Erkaklar soni Erkaklar foizi Ayollar soni Ayollar foizi sohasi Boshqaruv Muharrirlar Muxbirlar Fotograflar Ma’muriyat xodimlari Natijalarni tahlil qilish jarayonida qiyidagi jihatlarga e’tibor qaratish darkor: qanday maqsad ko‘zlanmoqda? Nima uchun? Qanday vosita yordamida? Qanday imkoniyatlar mavjud? Maqsadga erishish uchun qanday qilib kuchlarni birlashtirish mumkin? Teng imkoniyatlar tamoyiliga muvofiq ayol jurnalistlar ish, mansab va kasbiy malaka oshirish borasida erkaklardek teng imkoniyatga ega bo‘lishi kafolatlanadi. Bu borda mamlakatda CEDAW konvensiyasining hayotga tatbiq etilishi natijalarini o‘rganish maqsadga muvofiq. Ayol jurnalistlar sog‘lig‘ini saqlash va xavfsizligini baholash OAV tahririyatidagi xotin-qizlarning mazkur jabhadagi holatini aniqlashning samarali usulidir. Nomaqbul ish muhiti oqibatida yuzaga keladigan bel og‘rig‘i, ko‘zning xiralashuvi, ruhiy toliqish, surunkali mushak og‘rishi singari kasalliklarga qarshi chora ko‘rilmasa, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Ayrim mamlakatlarda hatto ayollar hojatxonalari uchun kerakli jihozlar ta’minoti uchun ham kurashishga to‘g‘ri kelmoqda. Qulay ish tartibi muayyan mehnat jarayonida bir necha ishni bajarish mumkinligini taqozo etadi. Bu esa ota va onaga oilaga ko‘proq g‘amxo‘rlik qilish

borasida katta imkoniyat yaratadi. To‘liq stavkada mehnat qiladigan xodim vazifalarining to‘liq stavkada bo‘lmagan ikki yoki undan ko‘p odam zimmasiga yuklanishi vazifalarni taqsimlash deb yuritiladi. Bu har bir xodimga muayyan vazifani alohida taqsimlash orqali yoki ayni vazifa ijrosi uchun javobgarlikni barcha xodimlar zimmasiga yuklash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining To‘liq bo‘lmagan ish tartibi to‘g‘risidagi Konvensiyasi to‘liq bo‘lmagan ish faoliyatini tartibga soladi. Unda belgilanishicha, to‘liq bo‘lmagan va to‘liq tartibda faoliyat yurituvchi xodimlarga nisbatan ishxonadagi shart-sharoit, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik, ish berish va lavozimga tayinlash, soatbay maosh tayinlash, qonunda belgilangan ijtimoiy himoya talablari, onalik nafaqasi, pensiyaga kuzatish, yillik ta’til puli, dam olish va kasallik ta’tili borasida teng munosabatni kafolatlash choralari ko‘rilishi lozim. Xalqaro Mehnat Tashkilotining Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 183-Konvensiyasiga ko‘ra, ayollar kamida 14 haftalik nafaqa to‘lanadigan onalik ta’tili olishga haqli. OAV tahririyatida bu masala qay darajada hal etilganligini o‘rganish lozim. CHunki, 183-konvensiya mazmuniga ko‘ra ham, milliy qonunchiligimiz talabiga ko‘ra ham onalik ta’tilidan o‘z lavozimiga yoki unga muqobil vazifaga qaytish kafolatlangan. Onalar go‘daklarini emizish uchun tanaffus talab qilishga haqli. Tungi smenada ishlayotgan ayollar va erkaklarga yarim tunda uyga yetib olishlari uchun badal sifatida transport vositasi ajratilishi kerak. Mazkur ta’minot OAV tahririyati Nizomi, turli jamoa bitimlari va shartnomalarida va boshqa hujjatlarda aniq ifodalanishi lozim. Ayol va erkak muxbirlar, shuningdek, muharrir yordamchilari, yangiliklar muharrirlari va dastur ijodkorlari genderga oid treninglarda qatnashishlari lozim, negaki, ular yangiliklarning nomaqbul tili va stereotiplarga barham berishda jonbozlik ko‘rsatishlari talab etiladi.

5-ilova. GENDER MANZARASI Ayrim foydali veb-manbalar 1.1.Global Media Monitoring project (GMMP) GMMP ayni paytda dunyo bo‘ylab ayollarning OAVdagi faoliyatini monitoring qilib kelayotgan eng yirik va keng ko‘lamli loyiha sanaladi. 1995-yildan buyon uch marta chop etilgan global tadqiqotlarda dunyo OAVda gender borasidagi qarashlarni o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqdi. http://www.whomakesthenews.org/who_makes_the_news/report_2005 1.2. Imkonsiz ishning o‘zi yo‘q: gender va OAV himoyasiga doir qimmatli ma’lumotlar to‘plami GMMP ma’lumotlar to‘plamini internetdan saqlab oling, mazkur qimmatli manba 2005-yilgi tadqiqot natijalaridan foydalangan holda, faollar malakasini oshirish, OAV va gender kampaniyalarini uyushtirishda asqotadi. Ma’lumotlar to‘plami OAVda ishlash asnosida qanday qilib gender masalasini kun tartibiga olib chiqish bo‘yicha jo‘yali tushuncha beradi. http://www.whomakesthenews.org/get_involved/advocacy_training_modules 1.3. Gender tengligiga asoslangan jurnalistika Erkag-u ayol – barcha jurnalistlar xotin-qizlarga munosabatni o‘zgartirish hamda gender qoliplariga barham berishga o‘z hissasini qo‘sha oladi. Mazkur maqolada material tayyorlash asnosida gender tengligini qanday ta’minlash mumkinligi borasida foydali tavsiyalar berilgan. http://portal.unesco.org/ci/en/files/14373/10769353041S-9_Gendersensitive_reporting.doc/S-9%2bGender-sensitive%2breporting.doc 1.4. Portraying Politics Loyihaga Yevropa telekompaniyalari konsorsiumi, mutaxassislar hamda jurnalistlar uyushmalari asos solgan bo‘lib, u jurnalistlar hamda prodyuserlarni teledasturlarda ayol va erkak siyosatdonlar hamda ekspertlarni qay tarzda ko‘rsatish borasida o‘zaro mashvaratga chorlaydi. http://www.portrayingpolitics.net 1.5.O‘zbekiston: mamlakat bo‘ylab gender baholar. Markaziy va G‘arbiy Osiyo/2014 (Гендерная оценка по стране. Гендер и развитие/ Центральная и Западная Азия/ 2014)  Osiyo Taraqqiyot Banki mutaxassislari tomonidan tayyorlangan hisobot mazmunidagi mazkur tahliliy sharhdan O‘zbekistonda oxirgi yillarda xotin-qizlarning iqtisodiy holatini yaxshilshga qaratilgan hukumat sa’y-harakatlari ijobiy natija berayotgan bo‘lsa-da, jamiyatda gender tengligini ta’minlash masalasi hamon dolzarb

bo‘lib qolayotganini tasvirlovchi statistika ma’lumotlari va kuzatuvlari o‘rin olgan. Mamlakatda boshqa davlatlardan farqli o‘laroq gender tengligiga erishish bo‘yicha tashabbuslar bunday deb atalmasa-da, aslida ular ayollarning asosiy zahiralarga, qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etishni, ona-bolalikni muhofaza qilishni kengaytirish hamda oiladagi zo‘ravonlik holatlarini bartaraf etish bo‘yicha dastur maqomiga ega bo‘lmoqda. Sharhda ayollarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha Bank ekspertlarining qiziqarli tavsiyalari bayon etilgan. Ular OAV uchun gender tengligiga doir material tayyorlashda jurnalistlarga amaliy ko‘makchi bo‘lishi mumkin. http://www.adb.org/sites/default/files/institutional-document/42878/files/uzbekistancountry-gender-assessment-ru.pdf

Mazkur o‘quv qo‘llanma tuzuvchilari Aidan White, Mindy Ran, Lena Calvert, Faranak Atif, Anna Noonan, Sarvesh, Judith Marloff, Oliver Money-Kyrle, Pamela Moriniere, Paco Audije va Ernest Sagagalarga “Oltin o‘rtalikni izlab” nomli qo‘llanmada keltirilgan material va ma’lumotlari uchun; shuningdek, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga, JQT Markaziga, O‘zMU jurnalistika fakulteti magistrantlari Sevara Alijonova, Tillanisa Eshboyeva, Ulug‘bek Usmonov, Aziza Kozimovalarga O‘zbekiston OAV faoliyatiga doir materiallari ucun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.